• O‘simlik moylari
  • Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari




    Download 27,19 Mb.
    bet119/156
    Sana27.11.2023
    Hajmi27,19 Mb.
    #106725
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   156
    Bog'liq
    namuna

    To‘qimachilik materiallari

    To‘qimachilik materiallari tarkibi tolalardan iborat xom- ashyoga maxsus ishlov berish orqali olinadi. Elektr izolyatsiyada tola sim va shnur yuzasiga o‘rab yoki to‘qib chiqiladi. Elektr mashina va apparatlarning asosiy izolyatsiyasini tashqi mexanik ta’siridan himoya qilishda ham tasma va gazlama matolar ishlatiladi.

      1. O‘simlik moylari

    O‘simlik moylari turli o‘simlik urug‘laridan olinadi. Elektr texnikada yorug‘lik, issiqlik, kislorod va boshqa ta’sirlar ostida qotadigan o‘simlik moylari katta ahamiyatga egadir. Biror-bir mato yoki qattiq jism yuzasiga yupqa surtilgan moyning qurishi natijasida qattiq yaltiroq va jismga yaxshi birikkan qoplama hosil bo‘ladi.

      1. Bitumlar

    Bitum–murakkab uglevodorod birikmalaridan iborat bo‘lgan, qora yoki to‘q qo‘ng‘ir rangli termoplastik amorf gigroskopik bo‘lmagan va o‘ziga suv singdirmaydigan materialdir. U benzol va toluolda oson eriydi, spirt va suvda esa mutlaqo erimaydi. Tabiiy (qazib olinadigan) bitum asfalt deb ham ataladi.

      1. 3-reja: Mumsimon dielektriklar

    Mumsimon dielektriklar kristall tuzilishi jihatidan qatron va bitumlardan farq qilib, qattiq holatdan suyuq holatga o‘tishda o‘zining aniq haroratiga egadir. Bu materiallardan elektr izolyatsiyasida shimiluvchi va quyiluvchi moddalar sifatida foydalaniladi. Ulardan foydalanilganda kondensator va boshqa elektr asboblarining konstruksiyalarini soddalashtirish imkoni yaratiladi.
    Mumsimon dielektriklar namga chidamli bo‘lgani sababli, ular qo‘llanilgan konstruksiyalarni zichlash (germetizatsiyalash) talab etilmaydi. Mazkur dielektriklarning asosiy kamchiligi qotishda ular hajmiy kirishishining nisbatan yuqoriligidir (15-20%).
    Qutblilik darajasi bo‘yicha mumsimon dielektriklar uch guruhga bo‘linadi: 1) qutbsiz (parafin, serezin); 2) qisman qutbli (polietilen, poliizobutilen); 3) qutbli (olevaks).
    Polietilen va poliizobutilen mumi yuqori kuchlanishli kabelning qog‘oz izolyatsiyasini shimdirishda qo‘llaniladi. Ular oq yoki kul rang, solishtirma hajmiy qarshiligi yuqori (= 1014 Om∙m) dielektriklardir. Polietilen mumi shimiluvchi kabel moylari (MN-3, MN-5) tarkibida kanifol bilan birgalikda, poliizobutilen mumi esa MN-4 navli shimiluvchi moy tarkibida qo‘llaniladi.
    Parafin rangsiz, hidsiz, kristall strukturali mumsimon modda bo‘lib, benzol, neft moylari, benzin va efirda yaxshi eriydi. Parafin parafinli neft distillatini qayta ishlash orqali olinadi. Parafinning bir nechta turi bo‘lib, ular bir-biridan erish harorati bilan farq qiladi. Parafinning erish harorati qancha yuqori bo‘lsa, uning sifati shuncha yaxshi hisoblanadi. Parafinning zichligi 850-900 kg/m3, erish harorati 50-62C, dielektrik xossalari: r = 2,1-2,2; tgδ = 0,0003-0,0007; =1013- 1015 Om∙m; s =1015-1016 Om∙m; Em=20-30MV/m. Sifatli tozalangan parafin navi B1-B4 o‘rtacha tozalikdagisi T, C va tozalanmagani Hc, Hb harflari orqali belgilanadi. Parafin kondensator izolyatsiyasini shimdirishda, uning serezin bilan aralashmasi esa sim va kabel o‘ramlarida ishlatiladi.101
    Serezin neft mahsulotlaridan olinib, dielektrik xususiyatlari jihatidan parafindan ustun turadi. Serezinning erish harorati 65-85C, undan qayishqoq yupqa qoplama olish mumkin. Serezin kabel sanoatida rezina mahsulotlari tayyorlashda (rezinaning yorug‘lik nuriga chidamliligini oshiradi) ishlatiladi.
    Vazelin - qattiq va suyuq uglevodorodlar aralashmasidan tashkil topgan quyuq moddadir. Uning dielektrik xossalari quyidagicha: r = 0,0002;  = 5∙1012 Om∙m; Em =20 MV/m. Vazelin kondensatorlarni to‘latishda yoki ularning qog‘ozli izolyatsiya tasmalarini shimdirishda ishlatiladi.
    Olevaks-kanakunjut moyini gidrogeneratsiya qilish usuli orqali olinadigan yaxshi dielektrik xossali moddadir. Olevaksning dielektrik singdiruvchanligi yuqori bo‘lganligi sababli, undan kondensatorlar sig‘imini oshirishda foydalaniladi.
    4-reja:Yog‘och va qog‘ozlar
    Bu materiallarning asosini o‘simliklar tarkibidagi organik moddalar tashkil etadi. Elektr texnikada dastlabki elektr izolyatsiya materiallaridan foydalanilgan. Yog‘ochning tola yo‘nalishi bo‘yicha elektr mustahkamligi uning ko‘ndalang kesim yo‘nalishiga nisbatan 3-4 barobar, qarshiliklari esa 10 barobar kichikdir. Quruq holatdagi yog‘ochning zichligi 400-800 kg/m3 oralig‘ida bo‘ladi. Yog‘ochning zichligi qancha yuqori bo‘lsa, uning mexanik mustahkamligi tola yo‘nalishiga qarab turlicha bo‘ladi. Uning tola yo‘nalishi bo‘yicha mexanik mustahkamligi shu tolaga ko‘ndalang yo‘nalishdagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Yog‘ochning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat: yuqori darajada gigroskopiklik; issiqlik yoki alanga ta’siriga chidamsizlik; o‘z xossalarini tashqi ta’sir natijasida keskin o‘zgartirishi va hokazo.
    Yog‘ochning dielektrik va mexanik xossalari unga moy, qatron kabi shimiluvchi suyuqliklar shimdirish orqali yaxshilanadi. Quritib shimdirilgan yog‘och o‘zining elektrik va mexanik mustahkamligini oshiradi. Uning izolyatsion xossalari shimdiriluvchi modda turi (parafin, alif, neft moyi, sintetik qatron)ga bevosita bog‘liq bo‘ladi. 107 Yog‘ochning gigroskopikligini kamaytirish uchun
    unga moy shimdirishning o‘zigina yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun moy shimdirilgandan so‘ng material yuzasi qo‘shimcha ravishda loklanadi. Transformatorlarda elementlarni biriktirish maqsadida oq qayin, qayin va butadan tayyorlangan yog‘och materiallar ishlatiladi. Aloqa va elektr energiyasini uzatish liniyalarida yog‘ochdan tayyorlangan tayanchlar ishlatiladi. Yog‘ochlardan, shuningdek o‘chirgich, uzgich, transformator va boshqa elektr apparatlarida, elektrtexnikada texnika xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarda foydalaniladi.
    Tarkibi, asosan, sellyulozadan iborat, qisqa tolali varaqsimon yoki o‘ramli materiallarga qog‘oz va karton kiradi. Qog‘oz ishlab chiqarish uchun yog‘och sellyulozasidan foydalaniladi. Elektr izolyatsiyasida qo‘llaniladigan qog‘oz tayyorlashda sulfat va natron sellyulozasi ham ishlatiladi.
    Kabel qog‘ozlari K, KM, KV, KVMU navlarda ishlab chiqariladi, bunda K- kabel, M-ko‘p qatlamli, V-yuqori kuchlanishli, U-kuchaytirilgan ma’nolarini ifodalaydi. K va KM navli qog‘ozlar kuchlanishi 35 kV gacha bo‘lgan kabellarda, KV va KVU navlilari kuchlanishi 35 kV dan yuqori hamda KVM va KVMU navlilari kuchlanishi 100 kV dan yuqori bo‘lgan kabellarda qo‘llaniladi. Kabel qog‘ozlarining qalinligi 70-170 mkm, zichligi 760-1000 kg/m3.


      1. Download 27,19 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   156




    Download 27,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari

    Download 27,19 Mb.