• Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Elektr izolyatsiyasi deb nimaga aytiladi Javob
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Reja: 1. Gazsimon dielektriklar 2. Suyuq dielektriklar 3. Transformator moyini quritish va tozalash 1-reja
  • Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari




    Download 27,19 Mb.
    bet117/156
    Sana27.11.2023
    Hajmi27,19 Mb.
    #106725
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156
    Bog'liq
    namuna

    2-reja: Dielektrik materiallar qo‘llanilishi



    Material

    u B/(MK)

    Material

    u B/(MK)

    Havo (tirqishlardagi)

    0,05

    Chinni

    1,6

    Bitum

    0,07

    Steatit

    2,2

    Qog‘oz

    0,10

    Titan qo‘shoksidi

    6,5

    Loklangan mato

    0,13

    Kristalli kvars

    12,5

    Tekstolit

    0,35

    Alyuminiy oksidi

    30,0

    Suv

    0,58

    Magniy oksidi

    36,0

    Kvars

    1,25

    Berilliy oksidi

    218,0

    Material


    u 106, K-1

    Material

    u 106, K-1

    Polivinilxlorid

    235

    Polivinilformaldegid

    64,0

    Polivinilxlorid plastikasi

    160

    Epoksid katroni

    55,0

    Polietilen

    165

    Slyuda

    37,0

    Sellyuloza asetati

    120

    Silikatli shisha

    9,2

    Neylon

    115

    Sopol

    7,0

    Politetraftoretilen

    100

    Steatit

    6,6

    Polistirol

    68

    Chinni

    3,5

    Polimetilmetakrilat

    70

    Eritilgan kvars

    0,55



    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
    1. Elektr izolyatsiyasi deb nimaga aytiladi?
    Javob: Izolyatsiya materiallari majmuidan iborat elektr texnika tuzilmasi elektr izolyatsiyasi deb ataladi.
    2. Elektr izolyatsiya materiallari (dielektriklar) agregat holatiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi?
    Javob: Elektr izolyatsiya materiallari (dielektriklar) agregat holatiga ko‘ra gaz, suyuq va qattiq turlarga bo‘linadi
    3. Dielektriklar elektr tokini nima sababdan o‘tkazmaydi?
    Javob: Dielektriklarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgichlarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligiga nisbatan juda ham kichik bo‘lganligi sababli, ular elektr tokini o‘tkazmaydi
    4. Dielektr qanday xodisa yuz bersao‘zidan elektr tokini o‘tkazadi?
    Javob: Dielektr elektr maydoniga joylashtirilsa, yoki elektr maydoni ta’siri ostida bo‘lsa, u o‘zidan qandaydir kichik miqdorda elektr tokini o‘tkazadi


    Foydalanilgan adabiyotlar

    A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (114-115 bet).




    Internet sayitlari
    1. w.w.w.tsts.uz
    2. w.w.w. abt.uz
    3. w.w.w.scbist.orj
    4. w.w.w.Wikipedia.
    5. www.magistral.ru


    11-Mavzu: Gazsimon va suyuq dielektriklar
    Reja:
    1. Gazsimon dielektriklar
    2. Suyuq dielektriklar
    3. Transformator moyini quritish va tozalash
    1-reja: Gazsimon dielektriklar
    Gaz holatidagi dielektriklarning normal atmosfera bosimidagi elektr mustahkamligi suyuq va qattiq dielektriknikiga nisbatan ancha kichikdir. Bir xil sharoitda bo‘lgan azot va havoning elektr mustahkamligi MV/m, elegaz (‘elektr’ va ‘gaz’ so‘zlaridan olingan) niki 7,5 MV/m bo‘lgan bu qiymat qattiq dielektriklarda 20-500 MV/m atrofida bo‘ladi.
    Gazlarning asosiy xususiyatlaridan biri razryad sodir bo‘lgandan so‘ng, ular o‘zining elektr mustahkamligini qayta tiklay olishidir. Gaz bosimini oshirib, uning elektr mustahkamligini ancha ko‘tarish mumkin. Aksariyat elektr apparatlari va uskunalarida, elektr uzatkichlari va podstansiyalarida asosiy izolyatsiya vazifasini havo bajaradi. Gazlarning elektr mustahkamlikni qayta tiklash xususiyatidan
    havoli va elegazli uzgichlarda va boshqa yuqori kuchlanishli elektr apparatlarida foydalaniladi.
    Elektr texnikada qo‘llaniladigan gazlarning aksariyati qutbsiz bo‘ladi. Keng tarqalgan ayrim gazlarning asosiy xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
    Gaz juda yengil va shu bilan birga juda yaxshi dielektrik xususiyatlarga egadir. Gaz uzluksiz yuqori kuchlanish ta’sirida bo‘lganida ham eskirmaydi va o‘z xossalarini o‘zgartirmaydi. Tabiatda uchraydigan va maxsus ishlab chiqarilgan gazlarning bir qismigina elektr texnikada qo‘llaniladi. Tabiatda eng ko‘p tarqalgan gaz holatdagi dielektriklarga havo yaqqol misol bo‘la oladi. Barcha elektr uzatgich, uskuna va apparatlari asosan havo muhitida joylashadi. Bunda havo asosiy izolyatsiya vazifasini bajaradi. Azot gazining elektr mustahkamligi havoning elektr mustahkamligiga ega

    Ko‘rsatkich

    Havo

    Azot
    N2

    Elegaz
    SF6

    Vodorod
    H2

    Geliy
    He

    Neon
    Ne

    Argon
    Ar

    Molekulyar massasi

    28,961

    28,013

    146,05

    2,016

    4,003

    30,183

    3

    Qaynash
    harorati, K

    79,0

    77,4

    209,3

    20,4

    4,2

    27,2

    87,5

    Zichligi, kg/m3

    1,29

    1,25

    6,39

    0,09

    0,18

    0,9

    1,78

    Suyuqlik holatdagi zichligi, mg/m3

    0,92


    0,804


    1,91


    0,071


    0,125


    1,204


    1,4


    Issiqlik o‘tkazish koeffisienti
    mVt/(M∙K)

    24,0


    24,0


    -


    166,0


    142,0


    45,5


    16,3


    Dinamik
    qovushqoqligi, kPa-s

    10

    18

    15

    9,5

    19

    30

    21

    -

    1,91

    3,07

    1,85

    1,12

    -

    1,83

    Dielektrik
    singdiruvchanli gi

    1,0005
    9

    1,00058


    1,00191


    1,00027


    1,0007


    -


    1,0005



    Gazsimon dielektriklarning Volt-amper harakteristikasi
    Azot gazi muhitida joylashgan materiallar ish mobaynida oksidlanmaydi. Shu sababli gazli kondensatorlarda havo o‘rniga azot ishlatiladi Yuqori molekulali gazlar tarkibida galogen moddalar (ftor, xlor) bo‘lgan gazlarning elektr mustahkamligidan ancha ustundir. Masalan, elegaz (SF6) ning elektr mustahkamligi havonikiga nisbatan 2,5 barobar yuqoridir. Elegaz zaharli bo‘lmagan, kimyoviy barqaror gaz bo‘lib, yuqori haroratda (800 0C) ham parchalanmaydi. Yuqori bosim ostida bo‘lgan elegaz o‘z elektr mustahkamligini keskin oshiradi. Shu sababli, elegaz elektr energiyasining uzatish liniyalari, kabel, uzgich va kondensatorlarda keng qo‘llaniladi.
    2-reja: Suyuq dielektriklar
    Elektr texnikaga oid konstruksiya va uskunalarni ishlatish sharoitlardan kelib chiqib, suyuq dielektriklarga yuqori elektr musahkamlik va solishtirma hajmiy qarshilik, kichik miqdorli dielektrik singdiruvchanlik, elektr va issiqlik maydonlariga bo‘lgan bardoshlilik, ish mobaynida xossalarining barqarorligi, yong‘inga bardoshlilik kabi talablar qo‘yiladi. Neft mahsulotidan olinadigan transformator moyi elektr texnikada eng ko‘p ishlatiladigan suyuq dielektriklardan hisoblanib, u quvvatli transformatorlarda, asosan, elektr izolyatsiyasi va sovitkich vazifasini bajaradi. Transformatorga transformator moyi quyilganda simlarga qoplangan izolyatsiya qoglamasidagi havo bo‘shliqlari moy bilan to‘ladi. Natijada transformatorning elektr izolyatsiyasi mustahkamligi ortib, elektr kuchlanishi ta’siridagi chulg‘amlardan va po‘lat o‘zakdan ajralayotgan issiqlik tashqi muhitga moy orqali yaxshi tarqatiladi

    Elektr mustahkamlikning moy tarkibidagi suv miqdoriga
    bog‘liqlik grafigi
    Bunda transformatorning quvvati birmuncha ortadi.
    3-reja:Transformator moyini quritish va tozalash qurilmasi
    Neftdan olinadigan transformator moyi parafin, naftalin, aromatik uglevodorod kabi murakkab birikmalardan tashkil topgan bo‘lib, uning tarkibida oltingugurt, kislorod va azot kabi qo‘shimchalar ham bo‘ladi. Moydagi zararli qo‘shimchalar neftni qayta ishla orqali bartaraf etiladi
    Transformator moyi tarkibidagi juda kam (0,05%) miqdordagi suv ham uning elektr mustahkamligini keskin (5-10 barobar) tushirib yuboradi.

    Transformator moyini quritish va tozalash qurilmasi 1-kirish krani; 2-moy nasosi; 3-qizdirgich; 4-forsunka; 5-vakuumli bak; 6-moy tarkibidagi suv bug‘larini ushlab qolgich; 7- vakuumli nasos; 8-absorbsiya filtri; 9-aylanma yo‘lli klapan; 10-tozalovchi filtr; 11-chiqish nasosi; 12-rejimni qayta ulash krani.
    Bu asosan, suvning dielektrik singdiruvchanligi katta (er≈81) va solishtirma hajmiy qarshiligining kichikligi (p ≈103104 Om∙m) bilan tushuntiriladi. Moy tarkibidagi mexanik qo‘shimchalar (tola, zarracha va h.k.), ham suyuqlikning elektr mustahkamligini pasaytiradi. Transformator moyi mazkur qo‘shimchalardan tozalanib, so‘ngra quritilsa, u o‘zining asl elektr mustahkamligini qayta tiklaydi.

    Apparatdagi kuchlanish, kV

    Moyning elektr mustahkamligi, kV/mm (h = 2,5 mm )

    Quruq holatda

    Ekspluatatsiya sharoitida

    ≤.6

    25

    20

    35

    30

    25

    110,220

    40

    35

    ≥ 330

    50

    45

    Bu jarayon yorug‘lik, quvvatli nur va aktiv katalizatorlar ta’sirida tezlashadi. Eskirish jarayonida transfarmator moyining rangi to‘qarib, quyuqlashadi, tgδ qiymati kattalashadi. Filtrlash, regeneratsiya qilish va boshqa usullar orqali transformator moyi eskirishining oldi olinadi.



    Download 27,19 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   156




    Download 27,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari

    Download 27,19 Mb.