• Javob
  • Internet sayitlari 1. w.w.w.tsts.uz 2. w.w.w. abt.uz 3. w.w.w.scbist.orj 4. w.w.w.Wikipedia. 5. www.magistral.ru 12-Mavzu
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar




    Download 27,19 Mb.
    bet118/156
    Sana27.11.2023
    Hajmi27,19 Mb.
    #106725
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   156
    Bog'liq
    namuna

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
    1. Gaz holatidagi dielektriklarning elektr mustahkamligini aytib bering?
    Javob: Gaz holatidagi dielektriklarning normal atmosfera bosimidagi elektr mustahkamligi suyuq va qattiq dielektriknikiga nisbatan ancha kichikdir
    2. Azot gazi muhitida joylashgan materiallar ish mobaynida qanday o‘zgaradi?
    Javob: Azot gazi muhitida joylashgan materiallar ish mobaynida oksidlanmaydi
    3. Transformator moyi tarkibidagi suv transformatorning elektr mustahkamligini qanday ta’sir etadi?
    Javob: Transformator moyi tarkibidagi juda kam (0,05%) miqdordagi suv ham uning elektr mustahkamligini keskin (5-10 barobar) tushirib yuboradi
    4. Gaz uzluksiz yuqori kuchlanish ta’sirida bo‘lganida uning xossalari qanday o‘zgaradi?
    Javob: Gaz uzluksiz yuqori kuchlanish ta’sirida bo‘lganida ham eskirmaydi va o‘z xossalarini o‘zgartirmaydi
    Foydalanilgan adabiyotlar

    A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (115-121 bet).




    Internet sayitlari
    1. w.w.w.tsts.uz
    2. w.w.w. abt.uz
    3. w.w.w.scbist.orj
    4. w.w.w.Wikipedia.
    5. www.magistral.ru


    12-Mavzu: Organik dielektriklar
    Reja:
    1. Tabiiy qatron
    2. Sellyuloza
    3. Mumsimon dielektriklar
    4. Yog‘och va qog‘ozlar
    1-reja:Tabiiy qatron
    Elektr texnika, radiotexnika, elektronika va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida polimerlardan ko‘p sonli turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi.
    Yuqori molekulyar birikmalarning yuzta, mingta va undan ko‘p atomlarning o‘zaro kovalent bog‘lanishidan vujudga kelgan molekulasi makromolekula deyiladi. Aksariyat tabiiy va sintetik polimerlarning makromolekulalari takrorlanadigan bir xil atomlar guruh–elementar halqalardan tashkil topadi. Bunday makromolekulaga ega birikmalar polimerlar deb ataladi. Polimerlarni sintez qilishda ishlatiladigan quyi molekulyar birikmalar monomerlar deyiladi.
    Dielektriklar ichida yuqori molekulali organik materiallar alohida ahamiyatga egadir. Tarkibida uglerod moddasi bo‘lgan birikmalar organik moddalar deb ataladi. Uglerod molekulalarining tuzilishi turli-tumandir. Bu molekulalar ko‘p sonli kimyoviy birikmalar hosil qiladi: molekula tuzilishi bo‘yicha ular zanjirli, tarmoqlangan, doirasimon va boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. Yuqori molekulali materiallarga sellyuloza, shoyi, kauchuk va boshqalar kiradi.
    Sun’iy ravishda olinadigan yuqori molekulyar materiallar ikki turkumga ajratilishi mumkin. Birinchisiga tabiiy yuqori molekulyar moddalarga kimyoviy ishlov berish yo‘li bilan tayyorlanadigan sun’iy materiallarni keltirish mumkin. Masalan, sellyulozani qayta ishlash orqali sellyuloza efiri olinadi. Ikkinchi turkumga past molekulyar moddalardan tayyorlanadigan yuqori molekulyar sintetik materiallar kirib, ular elektr izolyatsiyasidan alohida ahamiyatga egadir.
    Reaksiya natijasida monomerlardan polimerlar hosil bo‘lishi polimerlash deyiladi. Polimerlash natijasida moddalarning molekulyar massasi, suyuqlanish va qaynash harorati ortadi; polimerlash jarayonida modda gaz yoki suyuq holatdan, quyuq yoki qattiq holatga o‘tadi.

    Chiziqli va fazoviy polimerlarning shartli tuzilishi
    Polimerlarning termoplastik va termoreaktiv turlari bo‘ladi. Termoplastik (plastik) polimerlar kuzatilganda yumshab, osongina deformatsiyalanadi; erituvchi ta’sirida esa ular oson eriydi, harorat ta’sirida elektr xossalarini deyarli o‘zgartirmaydi. Termoreaktiv (reaktoplast) polimerlar qizitilganda qattiq (mexanik mustahkam) holatga o‘tib, egiluvchanlik va eruvchanlik xususiyatlarini yo‘qotadi. Harorat ta’sirida ushbu materiallar fazoviy polimerlarga o‘xshash tuzilishga ega bo‘ladi. So‘nggi yillarda issiqlik ta’siriga chidamli termoplastik materiallar (poliimid, politetraftoretilen) ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular yuqori haroratda ishlay olish xususiyatiga egadirlar.

      1. 2-reja:.Sellyuloza

    Sellyuloza yuqori molekulali chiziqli polimer bo‘lib, yog‘ochga ishlov berish orqali olinadi. Sellyuloza yuqori molekulyar massaga ega. Sellyuloza tarkibida qutbli gidroksid guruh bo‘lganligi sababli, u qutbli polimer hisoblanadi. Mazkur polimerning dielektrik xossalari quyidagicha: r = 6,5-7,0; tgδ = 0,005-0,01.98
    Elektr texnikada izolyatsiya materiali sifatida ko‘pgina sellyuloza materiallaridan foydalaniladi. Ulardan elektr mashinasi va transformatorlar uchun turli xil izolyatsiya materiallari yoki konstruksiya detallari ishlab chiqariladi. Sellyuloza asosida olingan qog‘oz esa yuqori kuchlanishli kabel, telefon kabeli, transformator va kondensatorlar izolyatsiyasida ishlatiladi.
    Sellyuloza atsetati yaxshi tozalangan paxta sellyulozasidan olinadi. Bu materialning metilenxloriddagi eritmasidan tola va plyonka olinadi. Ularga egiluvchanlik xususiyatini berish maqsadida eritmaga plastifikator (dibutilftalat) qo‘shiladi.
    Triatsetat plyonkasi, odatda, elektr mashinasining paz izolyatsiyasida qo‘llaniladi.
    Nitrosellyuloza loki past kuchlanishli simlarning izolyatsiyasida ishlatiladi. Etilsellyuloza noyob xossalarga ega bo‘lganligi sababli, undan kabel sanoatida sim usti va tola yuzasiga qoplama berishda foydalaniladi.


      1. Download 27,19 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   156




    Download 27,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

    Download 27,19 Mb.