Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari




Download 27,19 Mb.
bet115/156
Sana27.11.2023
Hajmi27,19 Mb.
#106725
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   156
Bog'liq
namuna

Dielektriklarning issiqlik xossalari. Dielektrikning issiq va sovuqqa chidamliligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va issiqdan kengayishi uning issiqlik xossalariga kiradi (4-rasm).

4-rasm. Turli qutblanishlarda nisbiy dielektrik singdiruvchanlikni haroratga bog‘liqligi: 1-elektronli; 2-ionli; 3-dipol-relaksasionli; 4-o‘z-o‘zidan yuzaga keluvchi.
Anorganik dielektriklarning issiqqa chidamliligi ularning elektr xossalari (tg,) qiymatlarining o‘zgarishiga qarab baholanadi. Organik dielektriklarning issiqqa chidamliligi ularning cho‘zilishi va egilishi orqali yoki qizitilgan dielektrikka igna botirib ko‘rish orqali aniqlanadi.
Izolyatsiya materialining harorat ta’siriga chidamliligi Martens usuli orqali ham aniqlanadi. Bu usulda jismning qisqa muddatli issiqlikka bardoshliligi uning mexanik xossalari o‘zgarishiga qarab aniqlanadi. Dielektrikning issiqlikdan yumshash harorati qizdirilgan namunaga shar yoki doirani ma’lum kuch bilan ta’sir ettirib aniqlanadi.
Suyuqlikning chaqnash harorati uning haroratini ko‘tara borib, cho‘g‘ yaqinlashtirilganda suyuqlikning havodagi bug‘i yonib ketishi bilan aniqlanadi.
Suyuqlikning alangalanish harorati tekshirilayotgan suyuqlikka alangani yaqinlashtirganda uning yonib ketishi bilan aniqlanadi. Suyuqlikning alangalanish harorati uning chaqnash haroratidan birmuncha yuqoridir.
Bunday harakteristikalar transformator moyi va erituvchi suyuqliklar sifatini aniqlashda keng qo‘llaniladi (5-rasm).

5-rasm. Qattiq jismlarning issiqlik xossalari
Izolyatsiyaning joiz ish harorati jismning qisqa yoki uzoq muddatli qizishga chidamliligini tekshirish orqali aniqlanadi. Dielektrikning qizishi mobaynida unda kimyoviy o‘zgarish sodir bo‘ladi. Bu holat izolyatsiya materialining issiqlik ta’sirida eskirishi deyiladi. Bunday eskirish sellyuloza va loklangan jismning qattiqligi va mo‘rtligi ortishi yoki jism yuzasida yoriqlar paydo bo‘lishi bilan belgilanadi. Dielektrikning issiqlik ta’sirida eskirishi uning ilk bor tayyorlangan holatiga nisbatan o‘zgarishiga qarab aniqlanadi. Jismning eskirish muddati () harorat bilan quyidagicha bog‘langan.



Download 27,19 Mb.
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   156




Download 27,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari

Download 27,19 Mb.