|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 116/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaMavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Materialdan tayyorlanadigan namunalarning shakli nimalarga bog‘liq ?
Javob: Materialdan tayyorlanadigan namunalarning shakli ularga qo‘yiladigan kuch yo‘nalishini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
2. Mo‘rtlik plastik nimalarga bog‘liq.
Javob: Mo‘rtlik plastik deformatsiyasiz yemirilish turiga kirib, u material strukturasi va tekshirish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
3. Siqish usuli tushuntirib bering ?
Javob: Siqish usuli yordamida mahsulot yuzasi qalinligi 1-2 mm bo‘lgan plastmassa qoplamasi bilan qoplanadi.
4. Izolyatsiya materialining harorat ta’siriga chidamliligi qanday usuli orqali aniqlanadi ?
Javob: Izolyatsiya materialining harorat ta’siriga chidamliligi Martens usuli orqali ham aniqlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (103-113 bet).
Internet sayitlari
1. w.w.w.tsts.uz
2. w.w.w. abt.uz
3. w.w.w.scbist.orj
4. w.w.w.Wikipedia.
5. www.magistral.ru
10-Mavzu: Dielekrtik materiallar
Reja:
1. Dielekrtik materiallar turlari
2. Dielektrik materiallar izolyatsiyasi
3. Dielektrik materiallar qo‘llanilishi
1-reja: Dielektrik materiallar izolyatsiyasi
Izolyatsiya materiallari majmuidan iborat elektr texnika tuzilmasi elektr izolyatsiyasi deb ataladi. Elektr texnikaga oid biror-bir uskuna, asbob va tuzilmalarni izolyatsiya materiallarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Eng oddiy hisoblangan elektr zanjirini ham elektr o‘tkazgich va izolyatsiya materiallarisiz yig‘ib bo‘lmaydi. Elektr izolyatsiyasi tok oqimining kerakli yo‘nalishi bo‘yicha o‘tishini ta’minlaydi.
Elektr izolyatsiya materiallari (dielektriklar) agregat holatiga ko‘ra gaz, suyuq va qattiq turlarga bo‘linadi. Ularning ichida qattiq holatdagi materiallar eng ko‘p uchraydi. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra izolyatsiya materiallari organik va anorganik turlarga bo‘linadi.
Dielektriklarning fizik va kimyoviy xossalariga baho berishda ularni qutbli va qutbsiz turlarga ajratiladi. Qutbli dielektriklarda molekulaning doimiy elektr momenti noldan farqli, qutbsiz dielektriklarda esa nolga tengdir.
Odatda, dielektriklarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgichlarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligiga nisbatan juda ham kichik bo‘lganligi sababli, ular elektr tokini o‘tkazmaydi deb hisoblanadi.
Vaholanki, dielektr elektr maydoniga joylashtirilsa, yoki elektr maydoni ta’siri ostida bo‘lsa, u o‘zidan qandaydir kichik miqdorda elektr tokini o‘tkazadi. Bu tok qiymati, asosan, elektrikning solishtirma qarshiligi va kuchlanish qiymatlariga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, dielektriklarning solishtirma qarshiligi 107 Omm dan yuqori bo‘lib, yaxshi dielektriklarda bu qiymat 108 Omm gacha yetadi.
Elektr izolyatsiya materiallari sim va kabel izolyatsiyasida, elektr mashina va apparatlarida, izolyator, shuningdek elektr texnikasiga oid boshqa asbob-uskunalar ishlab chiqarishda keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Dielektriklardan xalq xo‘jaligida tobora ko‘proq foydalanilmoqda. So‘nggi paytlarda ular chastota kuchaytirgich xotira tuzilmasi, datchiklar ishlab chiqarishda qo‘llanilmoqda.
|
| |