• Elastomerlar
  • Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari




    Download 27,19 Mb.
    bet120/156
    Sana27.11.2023
    Hajmi27,19 Mb.
    #106725
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   156
    Bog'liq
    namuna

    Lokli matolar

    Elektr izolyatsiya loki shimdirilgan, egiluvchan ip-gazlama yoki shoyi matolar lokli matolar deyiladi. To‘qilgan mato, asosan, mexanik mustahkamlikni ta’minlasa, undagi lok pardasi esa materialning elektr mustahkamligini ta’minlaydi. Lokli matolar elektr mashinasi va asboblar izolyatsiyasida, chulg‘am, o‘rama, qistirma va hokazo ko‘rinishdagi kabel mahsulotlarida keng qo‘llaniladi. Loklangan shoyi loklangan ip-gazlama matoga nisbatan yupqa, nafis bo‘lib, kichik hajmli elektr asboblari ishlab chiqarishga imkon yaratish bilan birga, yuqori elektr mustahkamlikni ham ta’minlaydi. Mazkur loklangan matolarning yuqori ish harorati 105C ga tengdir. So‘nggi paytlarda kapron va shisha tolalari asosidagi lokli matolar ham elektr izolyatsiyasida keng qo‘llanilmoqda.
    Ochiq rangli lokli matolarning ip-gazlama asosidagisining elektr mustahkamligi 35-50 MV/m, shoyi asosidagisiniki 55-90 MV/m. zichligi mos ravishda birinchisida 1100 kg/m3, ikkinchisida 900-1000 kg/m3 ga teng. Ochiq rangli loklangan matolar organik erituvchilar ta’siriga chidamli, lekin issiqlik ta’sirida eskirishi mumkin. Qora rangli loklangan matoning gigroskopikligi kichik bo‘lib, organik erituvchilar ta’siriga chidamsizdir.
    Loklangan matolar eni 700-1050 mm bo‘lgan o‘ramlar holida ishlab chiqarilib, ularning qalinligi: ip-gazlama matolarda 0,15-0,30 mm, shoyi matolarda 0,04-0,15 mm, kapronda 0,10-0,15 mm atrofida boladi.

      1. Elastomerlar

    Kauchuk asosidagi materiallar va xossalari jihatidan unga yaqin bo‘lgan moddalar elastomerlar deb ataladi. Texnikaning turli sohalarida va kundalik hayotda elastomerlardan keng foydalaniladi. Tabiiy kauchuk (TK) tropik iqlim sharoitida o‘sadigan kauchuk daraxtining sharbati (lateks)dan, ajratib olinadi. Kauchuk +50C da yumshaydi va yopishqoq bo‘ladi, past haroratda esa mo‘rt holatga o‘tadi. Kauchukning benzindagi eritmasidan rezina yelimi olinadi. Kauchuk tarkibiga oltingugurt kiritib, vulkanizatsiya qilinsa, kauchukning harorat chidamliligi ortib, mexanik mustahkamligi ko‘tariladi. Kauchuk tarkibidagi oltingugurtning miqdori 1-3% bo‘lsa, yumshoq rezina (qayishqoq va cho‘ziluvchan), oltingugurt miqdori 30-35% bo‘lganida esa qattiq rezina ebonit) olinadi.


      1. Download 27,19 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   156




    Download 27,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari

    Download 27,19 Mb.