|
Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
|
bet | 122/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namuna1-reja: Shisha
Shisha murakkab tuzilishli birikmalardan tashkil topgan bo‘lib, uning tarkibiga turli metall oksidlari kiradi. Shisha tuzilishi jihatidan bir jinsli bo‘lmagan amorf moddalar qatoriga kiradi. Boshqa anorganik materiallardan farqli o‘laroq, shisha quyidagi xossalari bilan ajralib turadi, yupqa parda va tolalar olinishi; optikjihatdan tiniqligi; turli xil metallar bilan birikishi; yuzasining tekisligi; mo‘rtligi; namga chidamliligi.
Shisha tarkibiga shisha hosil qiluvchi oksidlar (SiO2, B2O3, P2O5) hamda uning erish haroratini pasaytiradigan ishqorli oksidlar (Li2O, Na2O, K2O) ishqorli yer metallarining oksidlari (CaO, MgO, BaO va ZnO, Al2O3, BeO) shuningdek, shisha tarkibini o‘zgartiradigan boshqa qo‘shimchalar kiradi. Shisha hosil qiluvchi oksidlar silikatli (SiO2), alyuminsilikatli (Al2O3-SiO2), borsilikatli (B2O3-SiO2), titansilikatli (SiO2-TiO2), sirkonatsilikatli va alyumin-borsilikatli (SiO2- ZnO2,Al2O3-B2O3-SiO2) turlarga bo‘linadi.
Texnik shisha quyidagi xillarga bo‘linadi:
Tarkibida og‘ir metall oksidi bo‘lmagan ishqorli shisha,
Tarkibida bir qancha og‘ir metall, oksidlari bo‘lgan ishqorli shisha;.
Tarkibida ishqor bo‘lmagan sof shisha (kvars)larga bo‘linadi. Silikatli va borli sof shishalar tarkibida SiO4, B-O3 elementlari bo‘ladi. Tarkibiga oksidlar kiritilgan shisha g‘ovaklashadi. Bir valentli metall ionlari shishaning dielektrik xossalarining, issiqqa va namlikka chidamliligini keskin kamaytiradi.
Yuqori kuchlanishlarda shishada elektr va issiqlikdan teshilish hodisasi sodir bo‘ladi. Bir jinsli maydonda, yupqa (50-100 mkm) shishada elektr teshilishi
ET=100-600 MV/m, qalin shishada esa, issiqlik teshilishi ET=15-30 MV/m sodir bo‘ladi.
Shishaning solishtirma og‘irligi 2000-8100 kg/m3, cho‘zilishdagi mexanik mustahkamligi 100-300 MPa, shishaning yumshash harorati 400-1600C oralig‘ida bo‘ladi. Texnik shishaning dielektrik xossalari: r=3,816,2; tgδ=0,0020,01;
=106-1015 Om∙m; ET=500 MV/m ga teng bo‘ladi.
Shisha elektr texnikada keng qo‘llaniladi. Undan, asosan, yuqori kuchlanishli izolyatorlar, turli izolyatsiya mahsulotlari, shuningdek, egiluvchan, o‘ta ingichka (4-16 mkm) uzun tolalar tayyorlanadi. Tola olish uchun shisha siniqlari maxsus teshik-filerlarda eritiladi, so‘ngra uni oqizib, o‘rab olinadi yoki kerakli uzunlikda kesiladi. Bir nechta shisha tolalarni o‘zaro birlashtirib, shisha ipi olinadi. Ulardan tasma, turli matolar ishlab chiqariladi. Shisha tolalarining organik tolalardan ustunligi ularning yuqori haroratga bardoshliligi, yuqori mexanik mustahkamlik va dielektrik xossalarga egaligi va kam miqdorda nam singdiruvchanligidadir. Shisha tolasidan yasalgan qalamchalarning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligi po‘latning mustahkamligidan qolishmaydi.113
Kvarsli shisha kondensatorlarda, induksion g‘altaklarda, vakuumli asboblar va hokazolarda qo‘llaniladi. Kam ishqorli va ishqorsiz shishalardan yuqori kuchlanishli va yuqori chastotali asboblarning kondensatorlarida, impulsli generatorlarda keng foydalaniladi.
|
| |