|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 125/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaMavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Texnik shisha qanday turlarga bo‘linadi?
Javob: a) Tarkibida og‘ir metall oksidi bo‘lmagan ishqorli shisha,
b) Tarkibida bir qancha og‘ir metall, oksidlari bo‘lgan ishqorli shisha
2. Qo‘llanilishi bo‘yicha sopol qanday turlarga bo‘linadi?
Javob: a) bo‘linadi: o‘rnatiluvchi buyumlarda
b) ishlatiladigan sopollar; kondensatorda
c) ishlatiladigan sopollar;
d) signet sopoli; pyezosopollar.
3. Slyuda qanday turlarga bo‘linadi?
Javob: Slyuda tabiiy va sintetik turlarga bo‘linadi
4. Slyudaning qutblanishi asosan qanday bo‘ladi?
Javob: Slyudaning qutblanishi, asosan, ionli bo‘ladi
Foydalanilgan adabiyotlar
A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (151-166 bet).
Internet sayitlari
1. w.w.w.tsts.uz
2. w.w.w. abt.uz
3. w.w.w.scbist.orj
4. w.w.w.Wikipedia.
5. www.magistral.ru
14-Mavzu: O‘tkazgich materiallarining klassifikasiyasi va asosiy xossalari
Reja:
1. O‘tkazgich materiallarining
2. O‘tkazgich materiallarining asosiy xossalari
1-reja: O‘tkazgich materiallarining
Elektr toki o‘tkazgichlari sifatida qattiq jismlar, suyuqliklar va ma’lum sharoitlarda esa gaz ham qo‘llanilishi mumkin. Elektr texnikada qo‘llaniladigan aksariyat qattiq o‘tkazuvchi materiallarga metall va uning qotishmalari kiradi
Yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan o‘tkazgich materiallar
Yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan o‘tkazgich materiallarga normal harorat sharoitida solishtirma qarshiligi 0,05 mkOm*m bo‘lgan metallar kiradi. Normal haroratda solishtirma qarshiligi kamida 0,3 mkOmm bo‘lgan qotishmalar yuqori qarshilikka ega qotishmalar deyiladi.120 Yuqori o‘tkazuvchanlikka ega metallar sim, tok o‘tkazuvchi kabellarda, elektr mashinasi va transformatorlarning chulg‘amlarida va boshqa asbob-uskunalarda ishlatiladi. Yuqori qarshilikka ega metall va qotishmalar rezistorlar, elektr isitkich asboblari, cho‘g‘lanma lampalarning tolalarini tayyorlashda foydalaniladi
Yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan o‘tkazgich materiallar
O‘ta past (kriogen) haroratlarda solishtirma qarshiligi o‘ta kichik bo‘lgan materiallar–o‘ta o‘tkazgichlar va krio-o‘tkazgichlar alohida ahamiyatga ega.
Suyuq o‘tkazgichlarga erigan metallar hamda turli elektrolitlar kiradi.Bunga misol tariqasida suyuqlanish harorati - 39C bo‘lgan simobni keltirish mumkin.
Suyuq o‘tkazgichlar
Qattiq va suyuq holatdagi metallardan elektr toki o‘tish jarayoni elektr maydoni ta’sirida ozod elektronlarning tartibli haroratiga asoslanadi. Shu sababli, metallar elektronli elektr o‘tkazgich yoki birinchi darajali elektr o‘tkazgich yoki elektrolitlarga kislota, ishqor va tuzli eritmalar kiradi.
Qattiq o‘tkazgich materiallar
Mazkur moddalardan tok o‘tishi, Faradey qonuniga asosan, elektr zaryadlari bilan birgalikda ionlarning siljishi bilan tushuntiriladi. Tok uzluksiz o‘tishi jarayonida bunday elektrolit tarkibi asta-sekin o‘zgara boradi va elektrodlarda elektroliz mahsulotlari to‘plana boradi. Erigan holatdagi ion kristallari ham ikkinchi darajali o‘tkazgichlarga kiradi.
Gaz yoki metall bug‘i kuchsiz elektr maydonida o‘zidan elektr tokini o‘tkazmaydi. Agar elektr maydon kuchlanganligi o‘zining urilish va fotoionlashish sodir qiladigan keskin qiymatidan o‘tsa, gazlar elektronli va ionli elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi.
Qattiq o‘tkazgich ion panjarali kristall sistema ko‘rinishi
Qattiq o‘tkazgich ion panjarali kristall sistema ko‘rinishida bo‘lib, ichki qismida ozod elektronlar joylashgan deb faraz qilinadi. Odatda, bu elektronlar issiqlik ta’sirida betartib, elektr maydoni ta’sirida esa aniq yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi. Elektronlar harakat davomida kristall panjara tugunlari bilan to‘qnashishi natijasida ajralib chiqadigan energiya o‘tkazgichning metall asosiga Joul-Lens qonuni keltirib chiqarilgan, ya’ni metallarda elektr o‘tkazuvchanlik va elektr energiya isrofi tushuntirib berilgan. Bundan tashqari, mazkur qonun metallarning elektr va issiqlik o‘tkazuvchanliklari orasidagi bog‘lanishni ham izohlaydi.
2-reja: O‘tkazgich materiallarining asosiy xossalari
Metallarning asosiy xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan. O‘tkazgich materiallarning xossalarini ifodalaydigan asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
solishtirma qarshilik () yoki solishtirma o‘tkazuvchanlik (=1/);
solishtirma qarshilikning harorat koeffitsienti (TK)yoki ;
issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti (T);
kontakt potentsiallar farqi va termoelektr yurituvchi kuch (TEYK);
elektronlarning metalldan chiqish ishi;
cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi (r) va uzilish oldidagi nisbiy cho‘zilish (l/l).
O‘tkazgichdagi tok zichligi va elektr maydon kuchlanganligi o‘zaro quyidagicha bog‘lanishga ega:
J=E
O‘tkazgich materiallarning solishtirma qarshiligini aniqlash Metallarning klassik qonuniyatiga asosan metall o‘tkazgichlarning solishtirma Metallar (masalan, mis) qattiq holatdan suyuq holga o‘tganida ularning solishtirma qarshiliklari ortadi. Metall qotishmalari tarkibiga qo‘shimcha kiritilishi oqibatida ularning tarkibi buziladi va solishtirma qarshiligi ortadi. Ikki metallni birgalikda eritib, so‘ng sovitilsa, ular kristallanadi va bir metall atomlari ikkinchisining kristalli panjarasiga kiradi.
Turli xil metallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi
Videman-Frans-Lorens qonuni
Kontakt yuza harorati va kontakt qarshilik orasidagi o‘zgarish
grafigi
Ikki turli xil metall o‘tkazgichlar bir-biriga tekkizilganda, ular orasida kontakt potensiallar farqi sodir bo‘ladi.
O‘tkazgichlarning elektr qarshiligining harorat koeffitsientini hisoblashda ham mazkur koeffitsientdan foydalaniladi:
TKR=R=-l.
|
| |