|
Bosma plata uchun bazis materiallar
|
bet | 121/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaBosma plata uchun bazis materiallar
Bazis materiallardan past kuchlanishli asboblarda va radiotexnika apparatlarida, hisoblash texnikasida, elektronika, telefoniya va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan bosma plata ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ilgarilari bosma plata uchun bazis materiallar sifatida zarlangan (folgalangan) materiallar qo‘llanilib, ular (qatlamli plastmassa yoki sintetik pardadan tayyorlanib, varaqning bir yoki ikkala yuzasi qalinligi 35 mkm dan ortiq metall zarqog‘ozi bilan qoplanardi. Keyingi paytda metall qoplama qalinligi 5 mkm gacha kamaytirilib, material yuzasiga qoplama subtraktiv (metall qoplama selektiv ravishda yupqalashtiriladi) uslubning yarim additiv va additiv (mis qatlam galvanik usulda yotqiziladi) usullari qo‘llanilmoqda.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Makromolekula deb nimaga aytiladi?
Javob: Yuqori molekulyar birikmalarning yuzta, mingta va undan ko‘p atomlarning o‘zaro kovalent bog‘lanishidan vujudga kelgan molekulasi makromolekula deyiladi
2. Sellyuloza atsetati nimadan olinadi?
Javob: Sellyuloza atsetati yaxshi tozalangan paxta sellyulozasidan olinadi
3. Olevaks moddasi nimadan olinadi?
Javob: Olevaks-kanakunjut moyini gidrogeneratsiya qilish usuli orqali olinadigan yaxshi dielektrik xossali moddadir
4. Organik moddalar deb nimaga aytiladi?
Javob: Tarkibida uglerod moddasi bo‘lgan birikmalar organik moddalar deb ataladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (121-150 bet).
Internet sayitlari
1. w.w.w.tsts.uz
2. w.w.w. abt.uz
3. w.w.w.scbist.orj
4. w.w.w.Wikipedia.
5. www.magistral.ru
13-Mavzu: Anorganik dielektriklar
Reja:
1. Shisha
2. Sopol materiallar
3. Slyuda va slyudali materiallar
|
| |