|
Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
|
bet | 96/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaYakuniy nazorat
1-variant
1. Maqnit materiallar turlari va xossalarini yozing?
2. Gazsimon va suyuq dielektriklar haqida ma’lumot yozing?
3. Yog‘och va qog‘ozlarning xossalarini yozing?
2-variant
1. O‘tkazgich materiallarining turlari va xossalarini yozing?
2. Mumsimon dielektriklarni xossalarini yozing?
3. Dielekrtik materiallar turlari, xossalari va qo‘llanilishini yozing?
MUNDARIJA
1-Mavzu: Kirish, fanning maqsad va vazifalari
2-Mavzu: Elektrotexnika materiallarining rivojlanish tendensiyasi
3-Mavzu: Qattiq jisimlar fizikasining asosiy tushunchalari
4-Mavzu: Metallar haqida umumiy ma’lumotlar
5-Mavzu: Rangli metallar ishlab chiqarish
6-Mavzu: Dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligini
7-Mavzu: Dielektriklarning elektr teshilishi
8-Mavzu: Dielektriklarning fizik, kimyoviy va mexanik xususiyatlari
9-Mavzu: Dielektrikning mexanik va fizik xossalari
10-Mavzu: Dielektrik materiallar
11-Mavzu: Gazsimon va suyuq dielektriklar
12-Mavzu: Organik dielektriklar
13-Mavzu: Anorganik dielektriklar
14-Mavzu: O‘tkazgich materiallarning klasifatsiyasi
15-Mavzu: O‘tkazgich materiallarning asosiy xossalari
16-Mavzu: O‘tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo‘lgan materiallar
17-Mavzu: Nometal o‘tkazgichlar
18-Mavzu: Yarim o‘tkazgichlar haqida umumiy ma’lumotlar
19-Mavzu: Yarim o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi
20-Mavzu: Yarim o‘tkazgichlarning xususiyatlari
21-Mavzu: Yarim o‘tkazgichli diodlar
22-Mavzu: Magnit materiallar haqida umumiy ma’lumotlar
23-Mavzu: Yumshoq magnit materiallar
24-Mavzu: Qattiq magnit materiallar
KIRISH
Mavzular to‘plamida “Elektrotexnika materiallari” fanining barcha qismlariga oid nazariy ma’lumotlar, ya’ni elektr texnika materiallarining tarkibi, ishlab chiqarilishi, elektrik, fizik va mexanik xossalari keltirilgan. Dielektriklar, o‘tkazgich, yarimo‘tkazgich va magnit materiallar to‘g‘risida hamda bu materiallarning elektr texnikadagi ahamiyati va amalda qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar berilgan.
Mavzular to‘plami energetika sohalariga oid ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tasdiqlangan namunaviy dasturga mos holda tayyorlangan. Ushbu darslikdan ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, magistrantlar va ilmiy-texnik xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
Fanning maqsadi, vazifasi va “Temir yo‘l transport elektr ta’minoti” yo‘nalishi mutaxassisligini tayyorlashdagi ahamiyati. Kurs o‘zlashtirilishi quyidagi yo‘nalishlarga asoslanadi. Temir yo‘l transport elektr ta’minoti tizimlarida elektrotexnika materiallarining ahamiyati, ularning turlari va qo‘llanilish sohalari bilan o‘quvchilarni tanishtirish va o‘quvchilarda Elektrotexnik materiallarning xususiyatlarining bilishi, elektr o‘tkazuvchanliklarini bilishini taminlaydi.
Elektr texnikada vujudga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish uchun yangidan-yangi materiallarni ishlab chiqarish, shu bilan birga mavjud materiallar xossalarini uzluksiz takomillashtirib borish va ularning sifatini yaxshilash kerak bo‘ladi. Bu esa yangi texnologiya asosidagi yuqori sifatli elektr texnika materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni juda tez rivojlantirishni taqozo etadi.
Qo‘yilgan maqsadga amaliy ravishda yondoshish uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan materiallarning kimyoviy, fizik va mexanik xossalarini chuqur talqin eta bilish kerak. Bunda fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlar, olingan ma’lumotlarni talabalarga atroflicha yoritib berish zarur. Zamonaviy elektr texnikada qollaniladigan materiallarni tadqiq etish va yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish uchun ”Elektr texnika materiallari” kursi o‘qitiladi. Elektrotexnika materiallari - fani keng ma’noda elektr va magnit hodisalardan amaliy maqsadlarda foydalanish usullarini о‘rganadigan fandir. Xozirgi paytda elektrlashtirish asosida ishlab chiqarish protsesslarini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kengroq joriy qilinmoqda.
Elektrotexnologiya, ya’ni metallar olish va ularga ishlov berishning elektrotermik va elektrolitik usullari jadal rivojlanmoqda. Yildan-yilga mashinalarning yangi-yangi avtomatik liniyalari, sexlar va zavod avtomatlar ishga tushirilmoqda. Elektronika bu fanning bir necha о‘n yil oldin tashkil topgan yangi sohasidir.
Elektronika zaryadlangan zarrachalarning vakuumda, gaz muhitida yoki qattiq jismdagi harakatini hamda elektr kattaliklarni har xil о‘zgartirish yoki bir tur energiyani ikkinchi tur energiyaga aylantirish maqsadida shu harakatlarni boshqarish masalasini kо‘rib chiqadi.
|
| |