|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 104/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaMavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Kristallarni tushuntirib bering?
Javob: Metallar qattiq holatda kristall tuzilishga ega. Zarralar kristallarda muayyan tartibda joylashib, fazoviy panjara hosil qiladi. Kristallning kо‘rinishi va shakli kristall panjaraga bog‘liq
2. Kristall jism deb nimaga aytiladi?
Javob: Kristall jism deb zarrachalarning jismda fazoviy joylashishining ma’lum bir geometrik tartibiga aytiladi
3. Fik qonunlari deb nimaga ataladi?
Javob: Jismning gaz, suyuk hamda qattik hollarida qо‘llaniladigan diffuziya qonunlari Fik qonunlari deb ataladi. Birinchi qonun gazlardagi zarrachalarning tartibsiz harakatiga asoslanadi, ya’ni bu qonun asosida diffuziya yо‘nalishini aniqlash qiyin.
4. Agar vintsimon dislokatsiya kristallning yuzasiga nima hosil bо‘ladi?
Javob: Agar vintsimon dislokatsiya kristallning yuzasiga chiksa, zinapoya hosil bо‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (22-30 bet).
Internet sayitlari
1. w.w.w.tsts.uz
2. w.w.w. abt.uz
3. w.w.w.scbist.orj
4. w.w.w.Wikipedia.
5. www.magistral.ru
5-Mavzu: Rangli metallar ishlab chiqarish
Reja:
1. Alyuminiy ishlab chiqarish
2. Mis ishlab chiqarish
3. Titan ishlab chiqarish.
1-reja: Alyuminiy ishlab chiqarish
Rangli metallardan va ularning qotishmalaridan mashinasozlik sanoatida, elektrotexnikada va boshqa soxalarda keng qо‘lamda foydalaniladi. Rangli metallarga mis, qо‘rg‘oshin, alyuminiy, qalay, nikel’, magniy, xrom, volfram, titan, va hokazolarni misol qilishimiz mumkin. Eng kо‘p tarqalgan rangli metall bu alyuminiydir. Alyuminiy samalyotsozlikda, mashinasozlikda yengil metall bо‘lganligi uchun qullansa, elektrotexnikada elektr tokini yaxshi о‘tkazish hususiyati uchun qо‘llanmoqda. Korroziyaga ham ancha chidamli, chunki uning yuzasida hosil bо‘ladigan oksid parda (Al2O3) uz ostidagi qatlamni oksidalnishdan saqlaydi. Alyuminiy juda aktivligi sababli tabiatda sof holda uchramaydi.
|
| |