• Javob
  • 4-Mavzu
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar




    Download 27,19 Mb.
    bet101/156
    Sana27.11.2023
    Hajmi27,19 Mb.
    #106725
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   156
    Bog'liq
    namuna

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
    1. Yarim о‘tkazgichlar va dielektriklarda elektronlarning kо‘zg‘algan holatida eksiton nazariyasini kim tomonidan ishlab chiqilgan?
    Javob: Y.I. Frenkel 1930 yili
    2. Qattiq jismlar-atom va molekulalarning joylashishiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
    Javob: Qattiq jismlar-atom va molekulalarning joylashishiga qarab amorf, kristall jismlarga bо‘linadi.
    3. Tabiatda uchraydigan kristallar har xil nuqsonlardan ham bо‘lmagani uchun ulardan qanday asbob tayyorlashda foydalanish mumkin emas?
    Javob: bevosita biror fizikaviy asbob tayyorlashda foydalanish mumkin emas
    4. Xozirgi zamon texnikasining asosiy vazifalaridan birini aytib bering?
    Javob: Sof kristallarni olish va ulardan amalda foydalanish
    Foydalanilgan adabiyotlar

    A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (18-21 bet).




    Internet sayitlari
    1. w.w.w.tsts.uz
    2. w.w.w. abt.uz
    3. w.w.w.scbist.orj
    4. w.w.w.Wikipedia.
    5. www.magistral.ru

    4-Mavzu: Metallar haqida umumiy ma’lumot
    Reja:
    1. Metall ktistalining tuzilishi
    2. Metallarni kristall tuzilishi va uning xossalari
    3.Kristall panjaradagi chetki moddalar diffuziyasi
    4. Kristall panjaradagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari
    1-reja: Metall ktistalining tuzilishi
    Ma’lumki metallar qattiq holatda kristall tuzilishga ega. Zarralar kristallarda muayyan tartibda joylashib, fazoviy panjara hosil qiladi. Kristallning kо‘rinishi va shakli kristall panjaraga bog‘liq. Metallning kristall panjarasi tugunlarida musbat zaryadli ionlar joylashadi , ular orasidagi fazoda esa erkin, ya’ni о‘z atomlarining yadrolari bilan bog‘lanmagan elektronlar harakatlanadi.

    Metall ktistalining tuzilishi
    Hamma erkin elektronlarning manfiy zaryadi absolyut qiymati jihatidan panjaraning hamma ionlari musbat zaryadi yigindisiga teng. Shu sababli odatdagi sharoitda metall elektr jihatdan neytral bо‘ladi.Unda erkin elektronlar tartibsiz harakat qiladi.
    Ammo metallda elektr maydon hosil qilinsa, hamma erkin elektronlar elektr kuchlarning ta’siri yо‘nalishida harakat qila boshlaydi, metallda elektr toki vujudga keladi.Bunda xam elektronlarning tartibsiz harakati, xuddi shamol bir tomonga uchirib ketayotgan chivinlar galasidagi chivinlarning tartibsiz harakati singari albatta saqlanadi.
    Shunday qilib, metallardagi elektr toki erkin elektronlarning tartibli harakatidan iboratdir

    Metallardagi elektr toki erkin elektronlarining harakati
    О‘tkazgichda elektr maydon ta’siri ostidagi elektronlarning harakat tezligi uncha katta emas – atigi sekundiga bir necha millimetr, ba’zan undan xam kichik bо‘ladi. Ammo о‘tkazgichda elektr maydon vujudga kelishi bilan bu maydon yorug‘likning vakuumdagi tezligi (300000km/s) ga yaqin juda katta tezlik bilan butun о‘tkazgich bо‘ylab tarqaladi.
    Elektr maydonning tarqalishi bilan bir vaqtda butun о‘tkazgich bо‘ylab elektronlar bir yо‘nalishda harakatga keladi. Masalan: elektr lampa zanjiri ulansa, lampa spiralidagi elektronlar xam tartibli harakatga keladi.

    Turli xil o‘tkazish muhitlarida elektr maydonning tarqalishi
    Buni tushinib olish uchun elektr tokini suv quvuridagi suv oqimi bilan, elektr maydonning tarqalishini esa, suv bosimining tarqalishi bilan solishtirish lozim bo‘ladi.
    Suv quvur minorasiga kо‘tarilayotganda uning bosimi butun suv quvuri bо‘ylab juda tez tarqaladi.
    О‘tkazgichda elektr tokining tarkalish tezligi tо‘g‘risida sо‘z borganda shu о‘tkazgichda elektr maydonning tarkalish tezligi kuzda tutiladi.

    Download 27,19 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   156




    Download 27,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

    Download 27,19 Mb.