|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 109/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaMavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Dielektrikka berilgan kuchlanish qiymati oshira borilsa nima bo‘ladi?
Javob: Dielektrikka berilgan kuchlanish qiymati oshira borilganda tok oqimi yuksalib, elektr energiyasining isrofi ko‘payadi
2. Dielektrikda teshilish sodir bo‘lsa nima yuz beradi?
Javob: Teshilish sodir bo‘lgan joyda chaqnash yoki elektr yoyi yuzaga kelib, dielektrikning teshilgan qismida erish, kuyish, yorilish va hokazolarni kuzatish mumkin
3. Elekrotexnika konstruksiyalarida havo qanday vazifani bajaradi?
Javob: Elekrotexnika konstruksiyalarining kattagina qismi–transformator, kondensator, uzgich (uzib-ulagich), elektr havo liniyalari va hokazolarda tashqi izolyatsiya vazifasini havo bajaradi
4. Normal sharoitda havoning elektr mustahkamligi qaysi dielektriklarning elektr mustahkamligidan ancha kichikdir?
Javob: Normal sharoitda havoning elektr mustahkamligi suyuq va qattiq dielektriklarning elektr mustahkamligidan ancha kichikdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (86-97 bet).
Internet sayitlari
1. w.w.w.tsts.uz
2. w.w.w. abt.uz
3. w.w.w.scbist.orj
4. w.w.w.Wikipedia.
5. www.magistral.ru
8-Mavzu: Dielektriklarning fizik, kimyoviy va mexanik xususiyatlari
Reja:
1. Dielektrikning fizik xossalari
2. Dielektrikning kimyoviy xossalari
3. Dielektrikning mexanik xossalari
1-reja: Dielektrikning fizik xossalari
Dielektrikning namlanishi. Elektr izolyatsiya materiallari oz yoki ko‘p darajada gigroskopik xususiyatga, ya’ni atrof-muhitdan o‘ziga namlik tortib olish xususiyatiga yoki nam singdirish, ya’ni o‘zidan suv bug‘larini o‘tkazish xususiyatiga ega.
Dielektikdan oqib o‘tuvchi tokning vaqtga bog‘liqligi
Atmosfera havosida ma’lum miqdordagi suv bug‘lari doimo bo‘ladi. Havoning mutloq namligi uning hajm birligidagi suv bug‘i massasi bilan ifodalanadi. Haroratning har bir qiymatiga to‘yinishdagi mutloq namlikning aniq qiymati to‘g‘ri keladi. Absolyut namlikning havoni to‘yintirish uchun zarur qiymati harorat oshishi bilan keskin ortadi, ya’ni suv bug‘ning bosimi ham ortadi.
Shu sababli, suv qattiq dielektrikning bo‘shliqlariga kirish natijasida uning elektr xususiyatlarini keskin o‘zgartirib yuboradi. Bunday holat, ayniqsa, issiq iqlim sharoitida (n=98-100% va t =+30+400 C) vujudga keladi.
Nisbiy namlikning yuqori bo‘lishi elektr apparati va mashinalarning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
Nisbiy namlik va dielektiklarning solishtirma sirt qarshiligi orasidagi bog‘liqlik: 1- qutbsiz; 2-qutbli; 3-qisman qutbli dielektrik
Dielektrikning suv (yoki boshqa biror suyuqlik) bilan qo‘llanish xususiyati ho‘llanish burchagi v bilan ifodalanadi. Bu burchak suv tomchisi chekkasiga o‘tkazilgan urinma va tekshirilayotgan tekis yuza orasida joylashgan.
|
| |