|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 107/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaMavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Gaz razryadi deb nimaga aytiladi?
Javob: Elektr tokining gazlar orqali o‘tishiga gaz razryadi deyiladi.
2. Agar havo yetarlicha qruq bo‘lsa uy haroratida kondensator qanday o‘zgarish sodir bo‘ladi?
Javob: Zaryadsizlanmaydi.
3. Qattiq dielektrik materiallarning elektr o‘tkazuvchanligi nechta turga bo‘linadi?
Javob: Qattiq dielektrik materiallarning elektr o‘tkazuvchanligi ikki turga bo‘linadi:
4. Turli moddalarning molekulari turlicha dissotsiyalanadi va nechta ionlarga ajralishi mumkin?
Javob: Turli moddalarning molekulari turlicha dissotsiyalanadi va ikki yoki undan ko‘p sondagi ionlarga ajralishi mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar
A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (58-85 bet).
Internet sayitlari
1. w.w.w.tsts.uz
2. w.w.w. abt.uz
3. w.w.w.scbist.orj
4. w.w.w.Wikipedia.
5. www.magistral.ru
7-Mavzu: Dielektriklarning elektr teshilishi tekshirish
Reja:
1. Dielektriklarning elektr teshilishi umumiy ma’lumot
2. Gazlarning elektr teshilishi
3. Suyuq dielektriklarning elektr teshilishi
Mashg'ulot maqsadi: Dielektriklarning elektr teshilishini o‘rganish.
1-reja: Dielektriklarning elektr teshilishi umumiy ma’lumot
Dielektrikka berilgan kuchlanish qiymati oshira borilganda tok oqimi yuksalib, elektr energiyasining isrofi ko‘payadi. Elektr izolyatsiyasi cheklanmagan qiymatdagi o‘ta yuqori elektr kuchlanishiga bardosh bera olmaydi. Kuchlanish qiymati ko‘tarila borishi natijasida dielektrikda teshilish sodir bo‘ladi. Bunda dielektrikda tok oqimi keskin ortadi. Teshilish paytida dielektrikda sodir bo‘ladigan o‘ta o‘tkazuvchan kanal elektrodlarning qisqa tutashuviga olib keladi.
Teshilish sodir bo‘lgan joyda chaqnash yoki elektr yoyi yuzaga kelib, dielektrikning teshilgan qismida erish, kuyish, yorilish va hokazolarni kuzatish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, elektr maydonida joylashgan dielektrik o‘z izolyatsion xususiyatini elektr maydoni kuchlanganligining ma’lum qiymatida yo‘qotadi. Dielektrik hajmining aniq bir qismida keskin o‘zgarish ro‘y berishi oqibatida elektrodlar orasida dielektrik orqali katta tok o‘tib, qisqa tutashuv hodisasi ro‘y beradi.
Elektr teshilishning vaqtga bog‘liqligi Dielektrikning teshilish lahzasidagi kuchlanish teshilish kuchlanishi (Ut)
deyiladi. Elektr maydonning shu lahzaga mos keluvchi qiymati esa dielektrikning elektr mustahkamligi deyiladi. Dielektrikning elektr mustahkamligi teshilish kuchlanishining dielektrikning teshilish joyidagi qalinligi (h) ga nisbati bilan aniqlanadi
Dielektrikning elektr mustahkamligi SN ga asosan MV/m larda o‘lchanadi.
1 MV/m = 103 kV/mm =106 V/m69
Agar dielektrikda , r, tg qiymatlari qanoatli darajada bo‘lmasa, materialni ishlatsa bo‘ladi, lekin E qiymati qanoatli darajada bo‘lmasa, bunday dielektriklarni umuman ishlatib bo‘lmaydi. Teshilish natijasida dielektrikdan katta tok o‘tib, elektr texnika uskunasi ishdan chiqadi. Quvvatli generator, transformator va kabellarda izolyatsiya teshilish energetik tizim uchun jiddiy falokat hisoblanadi. Shuning uchun ham, teshilish nima sababdan kelib chiqishi, izolyatsiya kuchlanishning qanday qiymatini ushlay olishini bilish juda zarurdir
|
| |