|
Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
|
bet | 103/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namuna3-reja: Kristall panjaradagi chetki moddalar diffuziyasi
Kristall jism atomlari diffuziyasi. Yuqorida kristall jismning tuzilishida vakansiya, dislokatsion atomlar haroratning kо‘tarilishi bilan о‘z о‘rinlarini almashtirishlarini kо‘rsatib о‘tgan edik. Kristall jismdagi bu harakat diffuziyaning asosini tashkil qiladi. Texnikada qо‘llanilayotgan muxim jarayonlar, kо‘pgina tabiiy, sun’iy kimyoviy reaksiyalarning asosini diffuziya tashkil qiladi. Jismning gaz, suyuk hamda qattik hollarida qо‘llaniladigan diffuziya qonunlari Fik qonunlari deb ataladi. Birinchi qonun gazlardagi zarrachalarning tartibsiz harakatiga asoslanadi, ya’ni bu qonun asosida diffuziya yо‘nalishini aniqlash qiyin.Agar aralashmaning ma’lum bir yо‘nalishga tarkibi, ya’ni konsentratsiyasi bir xil bо‘lmasa diffuziya ega bо‘ladi.
Kristall jism atomlari diffuziyasi
Agar massa bir komponentli bо‘lib, ikki qismdan iborat bо‘lsa, birinchi qismning zichligi ikkinchi qismga qaraganda kattarok deb qarash kerak.Bu holda modda zichlik katta qismdan zichlik kichik kismga diffuziyalanadi. Agar shartli ravishda jismni ikki komponentli sistema deb qaralsa, minus ishora dt vaqt davomida ds fazoviy yuzadan dx yо‘nalishga perpendikulyar bо‘lgan yо‘nalishda birinchi komponentning yuqori konsentratsiyali qismdan kichik konsentratsiyali qismga diffuziyalanishini ifodalaydi.
Bu tenglamada dφ/dx zichlik gradiyenti: D-diffuziya koeffitsenti
Real kristall jismlar nuqsonlarning notekis joylashishi bilan harakterlanadi
Real kristallarning tuzilishi diffuziya mexanizmiga katta ta’sir qiladi. Eng muximi diffuzion jarayonlar kristall jismlarda rо‘y beradigan faza о‘zgarishining sababilaridir.
4-reja: Kristall panjaradagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari
Kristal panjaradagi nuqsonlar
Kristall panjaradagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari. Ideal hamda real jismlar degan tushunchalar mavjuddir. Biz shu paytgacha kristallardagi atomlarning aniq va yuqori tartibda joylashishini kо‘rib о‘tdik, ya’ni ideal kristall panjara xaqida fikr yuritdik
Vakansiya tо‘plangan joydagi normal yо‘nalish bо‘yicha siljish natijasida hosil bо‘lgan dislokatsiya vintsimon dislokatsiya deb ataladi.
Agar vintsimon dislokatsiya kristallning yuzasiga chiksa, zinapoya hosil bо‘ladi. Kristallar kristallanish jarayonida shu zinapoya shaklida о‘sadi. Dislokatsiyaning vujudga kelishidagi siljish vektori Byurgers vektori deb ataladi, u dislokatsiya kiymatini belgilaydi.
Kristallarning ichki tuzilishi
Muvozanatdagi polikristallarning dislokatsiya zichligi 106-107 sm-2 ga yetadi. Juda katta plastik deformatsiya natijasida dislokatsiya zichligi 108-1012 sm-2 ga yetishi mumkin. Sirtki nuksonlarga dislokatsiyaning yeyilib, tо‘planib qolgan joyi (dislokatsiya davri) ham kiradi.
|
| |