• Javob
  • Foydalanilgan adabiyotlar A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (31-57 bet). Internet sayitlari
  • 6-Mavzu
  • Mashgulot maqsadi
  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar




    Download 27,19 Mb.
    bet106/156
    Sana27.11.2023
    Hajmi27,19 Mb.
    #106725
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   156
    Bog'liq
    namuna

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
    1. Rangli metallardan va ularning qotishmalaridan qaysi soxalarda keng kо‘lamda foydalaniladi?
    Javob: Rangli metallardan va ularning qotishmalaridan mashinasozlik sanoatida, elektrotexnikada va boshqa soxalarda keng kо‘lamda foydalaniladi.
    2. Eng kо‘p tarqalgan rangli metall qaysi va xususiyati qanday?
    Javob: Eng kо‘p tarqalgan rangli metall bu alyuminiydir. Alyuminiy samalyotsozlikda, mashinasozlikda yengil metall bо‘lganligi uchun qullansa, elektrotexnikada elektr tokini yaxshi о‘tkazish xususiyati uchun qо‘llanmoqda.
    3. Mislarni texnikada ishlatish uchun qanday usulda tozalanadi?
    Javob: a) termik usul, b) elektrolez yo‘li bilan
    4. Titan qanday material va aytlarda keng ishlatilmoqda?
    Javob: Titan hozirgi kunda sanoatning turli sohalarida, samolyotsozlikda, mashinasozlikda, metallurgiyada, raketasozlikda, kemasozlikda foydalanilmoqda. Chunki u aktiv muxitda xam korroziyaga chidamli materialdir.


    Foydalanilgan adabiyotlar

    A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (31-57 bet).




    Internet sayitlari
    1. w.w.w.tsts.uz
    2. w.w.w. abt.uz
    3. w.w.w.scbist.orj
    4. w.w.w.Wikipedia.
    5. www.magistral.ru
    6-Mavzu: Dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi
    Reja:
    1. Gazlarning elektr o‘tkazuvchanligi.
    2. Suyuq dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi
    3. Qattiq dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi
    Mashg'ulot maqsadi: Dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi o‘rganish.
    1-reja: Gazlarda elektr o‘kazuvchanlik
    Elektr tokining gazlar orqali o‘tishiga gaz razryadi deyiladi. .Metallarda, yarim o‘kazgichlarda elektriklarda tok tashuvchilar tok o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lgan protseslardan qatiy nazar doim mavjuddir; elektr maydoni mavjud zaryadlarni doim tartibga soladi.
    Gazlar normal holda izolyator hisoblanib, ularda tok tashuvchilar bo‘lmaydi. Faqat maxsus sharoitlarni hosil qilib gazlarda tok tashuvchilar (ionlar elektronlar) paydo bo‘lib elektr razryadi vujudga keladi. Gazlarda tok tashuvchilar elektr maydonining mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lmagan tashqi tasirlar natijasida hosil bo‘lishi mumkin. Bunday holda gazlarning mustaqil
    bo‘lmagan o‘tkazuvchanligi haqida gap boradi. Mustaqil bo‘lmagan razryad gazlarni yuqori tempreraturagacha qizdirish yo‘li bilan (termik ionizatsiya), ultrabinafsha yoki rentgen nurlari tasiri bilan shuningdek radioktiv modda nurlarining tasiri ostida yuzaga kelshi mumkin. Yassi kondensatorning disklariga ulangan elektrometr olib uni zaryadlaymiz. Agar havo yetarlicha qruq bo‘lsa uy haroratida kondensator zaryadsizlanmaydi. Bu esa disklar orasidagi potensiallar farqi tufayli havoda hosil bo‘ladigan elektr toki juda oz ekanligini bildiradi. Binobarin uy haroratida havoning elektr o‘tkazuvchanligi juda kichik. Havoni dielektrik deb hisoblasa bo‘ladi.
    Disklar orasidagi havoni qizdirsak elektrometr strelkasi tez nolga elektrodlarning shakli va o‘lchami va o‘zaro joylashishiga kuchlanishga tokning zichligi va quvvatiga va shunga o‘xshashlar. Shuning uchun gaz razryadi juda turli –tuman shakllarni qabul qilishi mumkin. Xususan nurlanish va tovush effektlari- shivillash, shovqin va chirsillashlar bilan kuzatilishi mumkin. Odatdagi sharoitlarda gazlar butunlay neytral atom yoki molekulalardan iborat bo‘ladi qism. Isitish yoki nurlantirish tasiri natijasida bir qism atomlar ionlanadi, yani musbat zaryadli ionlarga va elektronlarga ajraladi.
    Gazda manfiy ionlar ham hosil bo‘lishi mumkin: bu ionlar elektronnnig neytral atomlariga qo‘shilishidan hosil bo‘lishi mumkin. Isitilganda gazlar oson ionlanishning sababi shundaki gaz qizigan sari molekulalar tezroq harakatlanadi. Bunda bazi molekulalar shunchalik tez harakatlanidiki ulardan bazilari boshqalariga to‘qnashganida parchalanib ionlarga aylanadi. Harorat qanchalik yuqori bo‘lsa ionlar shunchalik ko‘p hosil bo‘ladi
    2-reja: Suyuqliklarning elektr o‘tkazuvchanligi
    Qattiq jismlar kabi suyuqliklarning ham dielektrigi, o‘tkazgichi va yarim o‘tkazgichi bo‘ladi.Dielektriklar jumlasiga distillangan suv, o‘tkazgichlar jumlasiga elektrolitlarning yani kislota, ishqor va tuzlarning eritmalari kiradi. Suyuq yarim o‘tkazgichlar jumlasiga, masalan eritilgan selen, eritilgan sulfidlar kiradi. Tokning metallar va elektron yarim o‘tkazgichlar orqali o‘tishi hech qanday ximiyaviy o‘zgarishlarsiz sodir bo‘ladi.
    Bunday moddalar virinchi tur o‘tkazgichlar deb ataladi. Tok o‘tishida ximiyaviy o‘zgarish yuz beradigan moddalar ikkinchi tur o‘tkazgichlar yoki elektrolitlar deb ataladi. Ular qatoriga tuz, ishqor yoki kislotalarning suvdagi va boshqa suyuqlikdagi eritmalari, shuningdek, qattiq holatda ion kristall hisoblangantuz eritmalari kiradi.Elektrolitlarda tok tashuvchilar bo‘lib molekulalari eritilgan modda eritmalarida dissotsiyalanadigan (parchalanadigan) ionlar xizmat qiladi. Qanday qilib dissotsiya sodir bo‘lishini aniqlash uchun qutubli molekulani, masalan, NaCl ni qarab chiqamiz. Na va Cl atomlari molekulaga birlashganda elektronlarning qayta taqsimlanishi yuz beradi-Na ning valent elektroni to‘lishi bittagina elektron yetishmayotgan Cl atomining qobig‘iga go‘yoki qo‘shilgandek bo‘ladi. Natijada Na atomi musbat ionga, Cl atomi esa manfiy ionga aylanib qoladi. Har ikkala ion molekulada elektrostatik (kulon) o‘zaro tasir kuchi bilan tutib turiladi. Shunga o‘xshash istalgan boshqa qutubli molekula ikki yoki undan ortiq sondagi ionlardan tashkil topgan Eritmada erigan moddaning har bir molekulasi, erituvchi molekulalarning qurshovida bo‘ladi. Agar erutuvchining molekulalarning qurshovida bo‘ladi.
    Agar erituvchining molekulalari ham qutubli bo‘lsa u holda ular erigan modda molekulalari yaqinida uning hosil qilgan elektr maydonida orientatsiyalanuvchi kuch tasirida bo‘ladi. Shuning uchun erituvchi molekulasi erigan modda molekulasining musbat zaryadlangan qismiga manfiy uchi bilan manfiy zaryadlangan qismiga esa – musbat uchi bilan o‘girilib qoladi
    Turli moddalarning molekulari turlicha dissotsiyalanadi va ikki yoki undan ko‘p sondagi ionlarga ajralishi mumkin. Dissotsiya xarakteri moddaning ximiyaviy xossalari bilan chambarchas bog‘liq. Barcha kislotalar suvdagi eritmasida vodorodning Hmusbat ionlarni berishi bilan xarakterlanadi. Vodorod ionlari va gidroksil ionlari konsentratsiyasi birday bo‘lgan eritmalar neytral deb ataladi. Ximiyaviy sof suv neytral bo‘lib u vodorodning H+ musbat ionlari va manfiy OHgidroksil ionlariga dissotsiyalanadi.Biroq unda ionlar konsentratsiyasi haddan tashqari kuchsiz: xona temperaturasida 4mg dissotsiyalangan Dissotsatsiya koeffitsienti:Molekulalarning dissotsiyalanish protsesini shunday tasavur qilish mumkin .Qutubli molekulalarga ega bo‘lgan (yani ionlardan tuzilgan molekulali masalan NaCl) qandaydir modda suvda eritilgan deb tasavur qilaylik.Dipol momentlari katta bo‘lgan suv molekulalari erigan molekulaning elektr maydonida shunday tarzda orientatsiyalanadiki ularning musbat tomonlari (Hionlar) asosan Clionga qarab manfiy tomonlari (Oion) Na+ ionga qarab qoladi.Elektrolitlardagi elektr tokning metallardagi tok bilan ko‘plab o‘xshash tomonlari bor. Gazlardan farqli ravishda elektrolitlarda ham, metallarda ham zaryad tashuvchilar elektr tokka bog‘liq bo‘lmagan holda hosil bo‘ladi. So‘ngra elektrolitning har bir hajm birligidagi manfiy va musbat ionlarning zaryadi teng bo‘ladi va shuning uchun elektrolitlarda shuningdek metallarda hajmiy za tdaryad nolga teng bo‘ladi.
    Nihoyat elektrodlardan uzoqda ionlarning (manfiy musbat ionlarning) konsetratsiyasi odatda elektrolitning turli nuqtalarda tengi bo‘ladi. Shu tufayli ionlarning elektrolit ichidagi konsentratsiyasi odatda elektrolitning turli nuqtalalarda birday bo‘ladi.
    3-reja: Qattiq dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi
    Qattiq dielektriklarning solishtirma sirt va hajm elektr o‘tkazuvchanliklarini aniqlashga doir masalalar echish Qisqacha nazariy ma'lumotlar: texnika sohasida qo‘llaniladigan barcha dielektrik materiallar qandaydir elektr o‘tkazuvchanlikka ega. Doimiy kuchlanishda dielektriklarning elektr o‘tkazuvchanligi o‘tkazuvchanlik toki bilan aniqlanadi.
    Qattiq dielektrik materiallarning elektr o‘tkazuvchanligi ikki turga bo‘linadi:
    a) hajmiy elektr o‘tkazuvchanlik;
    b) sirt elektr o‘tkazuvchanlik.
    Turli materiallarni solishtirishda solishtirma sirt va hajm qarshiliklardan foydalaniladi.
    Solishtirma hajmiy qarshilik ning sonli qiymati qirrasi 1 sm ga teng bo‘lgan kub shaklidagi materialning qarshiligiga teng.
    Solishtirma sirt qarshilik ning sonli qiymati material kvadrat sirti qarshiligiga teng.
    Sirt va hajm qarshiliklarni quyidagi formulalar yordamida o‘rtacha arifmetik qiymatlari aniqlanadi:
    bu yerda-o‘lchovlar soni,
    Empirik standart va lar quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
    Variatsiya koeffitsiyenti va lar quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
    Solishtirma sirt va hajmiy qarshiliklar quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
    Solishtirma sirt va hajmiy elektr o‘tkazuvchanliklar quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
    Yupqa kondensatorning plastinalari orasida qalinligi mmli dielektrik-getinaks joylashgan. Kondensatorga kuchlanish yuklatilgan. Kondensator plastinalarida va dielektrikdagi zaryadning yuzaviy zichligi -ni hamda dielektrikning polarizatsiyalanganligini P-ni aniqlang. Getinaksning nisbiy dielektrik singdiruvchanligi .


    Download 27,19 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   156




    Download 27,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

    Download 27,19 Mb.