|
Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
|
bet | 105/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaAlyuminiy ishlab chiqarish. Asosiy alyuminiy rudalariga boksid, kaolin, alunit, nefelin va boshqa minerallar kiradi
Alyuminiydan tayyorlangan maxsulotlar Alyuminiy rudalaridan alyuminiy olish texnalogiyasini ikki turga bо‘lishi mumkin.
Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksid (gil tuprok) olish.
Alyuminiy oksiddan alyuminiy ajratib olish.
Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksid omilda rudaning tarkibidagi qushimchalarning xiliga va miqdoriga qarab, ishqoriy, kislotaviy va elektrotermik usullardan foydalaniladi.
Bunda tubandagi reaksiya boradi
Al2O3+Na2CO3=Na2O·Al2O3+CO2natriyalyuminat
Fe2O3+ Na2CO3=Na2O·Fe2O3+CO2natriyferrit
SiO2+2CaCO3=2CaO·SiO2+2CO2kalsiyslekat
Alyuminiy rudalari
Olingan massa sharaviy tegirmonda kukun qilib yaniladi, sungra metall baklarda 60oS chamasidagi temperaturali suv bilan ishlanadi (1.31-rasm). Bunda natriy alyuminat va natriy ferrit suvda eriydi. Kalsiy slekat va boshqa qushimchalar esa erimay chukadi. Olingan eritmani yana suv bilan ishlab natriy ferrit temir (ΙΙΙ)- gidroksid tarzida chuktirib ajratiladi
Na2O·Fe2O3+4H2O=2Fe(OH)3+2NaOH temir (III) gidroksid
Elektrolezir futerovkasining tubiga mis katod plitali о‘rnatilgan. Shunday qilib, vannaning korpusi elektrolizerning katod qо‘rilmasi bо‘lib, xizmat qiladi. Anod qurilmasi esa vertikal urnatilgan kumir elektroliklardan iborat bо‘lib, uning ostki qismi elektroletlar kriolit – AlF3·3NaF larga botirilgan. Anod va katod lit 930-950oS ga qiziydi. Elektrolez davrida anodning asta-syokin yonishida shtirlar uni pastga tomon surib turadi. Elektrolet chala suyuk anod massasi bilan tо‘ldirib turiladi. Elektrolez о‘zgarmas tokda olib boriladi, bunda kuchlanish 5-10V va tok kuchi 50,000-150,000A bо‘ladi
Alyuminiy rudasidan alyuminiy olish texnologiyasi
2-reja: Mis ishlab chiqarish.
Homaki misni mahsus konvertorlarda suyuq shteyndan havo haydash yuli bilan olish usuli mavjud. Konvertorga shteynni quyishdan avval konvertor shunday holga keltiriladiki, uning ogzidan shteyn quyilganda u havo
Mis rudalari
Shteynning zichligi misnikidan kichik bulganligi uchun ish davomida bir necha bor tuldirilib turish bilan konvertor sigimidan tо‘la foydalaniladi.
Konvertorda о‘tadigan jarayonni 2 ta bosqichga bо‘lish mumkin
Bu bosqichda temir (II)-sulfid oksidlanadi va hosil bulgan temir (II)-oksid qumtuprok bilan birikib shlak hosil qiladi.
2FeS+3O2=2FeO+2SO2↑+Q
Bu davrda konvertorda qolgan Cu2S havo kislorodi bilan reaksiyaga kirishishi uchun qulay sharoit tugiladi.
2Cu2S+3O2=2Cu2O+2SO2↑+Q kkal (kj)
Hosil bо‘lgan Cu2O qolgan Cu2S bilan reaksiyaga kirishib misni qaytaradi. Cu2S+2Cu2O =6Cu+2SO2↑-Q kkal (kj)
Misdan tayyorlangan maxsulotlar
Bu jarayon 15-20 soat davom etadi va maxsulot konvertorning og‘zidan chiqariladi. Homaki misning 98,5-99,5 foizi mis, qolgani qо‘shimcha metallar (Fe, Ni, Pb, va boshqalardan iborat bо‘ladi)
Xomaki misdan quyma plitalar olinadi. Undan texnika maqsadlari uchun foydalanib bо‘lmaydi, chunki uning tarkibida 0,05-1,5% gacha qо‘shimchalar bо‘lganligi uchun bunday misning mexanikaviy va fizikaviy hossalari yomon bо‘ladi. Bunday mislarni texnikada ishlatish uchun, qо‘yidagi 2 usulda tozalanadi. a) termik usul: b) elektrolez yuli bilan
Homaki misni termik usulda tozalash:
Cu2O+C→2Cu+CO; Cu2O+CO→2Cu+CO2; Cu2O+H2→2Cu+H2O
homaki misni elektrolez yо‘li bilan tozalash.
3-reja: Titan ishlab chiqarish.
Titan hozirgi kunda sanoatning turli sohalarida, samolyotsozlikda, mashinasozlikda, metallurgiyada, raketasozlikda, kemasozlikda foydalanilmoqda. Chunki u aktiv muxitda xam korroziyaga chidamli materialdir.
Titan tabiatda birikmalar va menerallar tarkibida uchraydi. Titan ishlab chikarishda foydalaniladigan menerallarga rutil, ilmenit, titanit, perovskatlar kiradi. Titan rо‘dalardan titan konsentratini olish uchun rо‘da avvalo boyitiladi, keyin bu konsentrat devori grafitdan yasalgan yoy pechlarida suyuqlantiriladi.Bu jarayonda konsentratdagi temir oksidlari qaytarilib, pech tubiga yigiladi, TiO2 esa shlakka о‘tadi. Sovitilgan shlak kukun qilinadi va uglerodli boglovchi moddalar qо‘shib koriladida, keyin zichlanadi. Qizdirish (pishirish) yо‘li bilan ulardan briketlar olinadi. Titanni bu briket tarzidagi birikmadan ajratish jarayonini umumiy holda tubandagi ikki bosqichga bо‘lish mumkin: 1-bosqich: Titan briketlarini xlor bilan ishlab titan titroxlorid (TiCl4) olish; 2-bosqich: Titan titroxloriddan titanni ajratib olish;
Briketlarni xlorlash uchun germetik pechlarda ularga argon muxitida xlor bilan ishlov beriladi. Pech silindr shaklida, devorning tashqi qismi temir listdan bо‘lib ,uning ichiga dinas gishti terilgan. Pech pastki qismiga joylashtirilgan
grafitdan yasalgan qarshilik elementlari vositasida qizdiriladi. Rutil briketlari pechga maxsus yuklash bunkeri orkali vaqti-vaqti bilan kiritib turiladi. Elektrodlar orqali tok berilganda qarshilik elementlari vositasida pech tempraturasi 800-850oS ga kо‘tariladi va tubandagi reaksiyalar borishi natijasida titan titroxlorid bug‘ tarzida ajraladi.
TiO2+2Cl2+C=TiCl4+CO2: TiO2+4Cl2+2C=TiCl4+2CO+2Cl2: TiO2+2Cl2+2C=TiCl4+2CO:
Bu protsessda titan bilan birga boshqa elementlar va oksidlar ham xlorlanadi va qaynash temperaturasi past bо‘lganlari esa gaz holatiga о‘tadi.
Pech stakaniga juda toza magniy bо‘lakchalaridan ma’lum miqdorda solinib, sо‘ngra reaktor kopkogi zich biriktiriladida, undagi havo sо‘rib olinib, о‘rniga argon, keyin maxsus turi orqali suyuq titroxlorid kiritiladi. Natijada titan qaytariladi.
TiCl4+2Mg→Ti+MgCl4+Q kkal (kj)
Bu titan maxsus pechlarda 900-950oC temperaturada vakuumda tozalanadi. Titanni vakuumli pechda tozalash uchun konteyner titan bilan tо‘ldiriladi-da, pechning kopkogi berkitiladi, sо‘ngra tо‘nkarilib о‘z joyiga kо‘yiladi. Bunday ishlov berishda magniy xlorid va magniy metalli suyuqlanib bug‘lanib ketadi. Natijada toza titan qoladi.
|
| |