|
Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
|
bet | 108/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namuna2-ilova: Gazlarning elektr teshilishi.
Elekrotexnika konstruksiyalarining kattagina qismi–transformator, kondensator, uzgich (uzib-ulagich), elektr havo liniyalari va hokazolarda tashqi izolyatsiya vazifasini havo bajaradi. Normal sharoitda havoning elektr mustahkamligi suyuq va qattiq dielektriklarning elektr mustahkamligidan ancha kichikdir.
Gaz tarkibida ion va elektronlar issiqlik ta’sirida siniq chiziqli betartib harakatda bo‘ladi. Agar gazga elektr maydoni ta’sir ettirilsa, elektron yoki ionlar aniq yo‘nalish olib, qo‘shimcha tezlik bilan harakatlanadi. Bunda gazning zaryadlangan zarrachalari qo‘shimcha energiya oladi;
W = q U
bu erda: q- zaryad; U - erkin harakat uzunligi () dagi kuchlanish farqi.70
Elektron yadrodan uzoqroq qobiqqa o‘tib, molekula ionlanadi, natijada u manfiy elektron va musbat ionlarga ajraladi. Ion va elektron o‘z yo‘lida uchragan gaz molekulalarini ionlantiradi. Ionlanish sodir bo‘lishi uchun zarur sharoit W Wi bo‘lib, tekis maydonda W = Eq bo‘ladi. Bunda - erkin o‘tish uzunligi.
Gazlarning teshilishi
Gazlarda razryadlarning yuzaga kelishi
Elektronning siljishi ion siljuvchanligiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Ionlanish paytida ajralib chiqqan elektron molekulalarining ionlanishini ta’minlaydi, ular zaryadlarga yoritiladi. Elektrodlar orasidagi gazda razryad bo‘lganida musbat ionlar katod yuzasini bombardimon qilib elektroddan elektronlarni ozod etadi.
Ayrim hollarda elektr maydonida tezlanish olgan elektron molekulalarning ionlanishini ta’minlamay, ularni uyg‘ongan holatga olib keladi, xolos. Bunday molekulalar ortiqcha energiyani nurlatish hisobiga, o‘zidan foton ajratadi. Foton o‘z navbatida boshqa molekulaga yutilib, uni ionlantiradi. Gazlarda sodir bo‘ladigan ichki foton ionlanishi nurlanish orqali katta tezlikda o‘z yo‘li elektrod oraligida yuqori elektr o‘tkazuvchan gaz kanali hosil qiladi. Chizmada elektron ko‘chka shtrixlangan konus shaklida keltirilgan. Elektron molekulalariga urilishi natijasida gazda ionlanish sodir bo‘ladi. Natijada anod tomon siljiyotgan elektronlar soni keskin ortib, ular o‘z yo‘lida katod tomon yo‘nalgan musbat ionlar sonini oshirib boradi. Elektron urilishi natijasida atomlardan to‘lqinli nurlar
fotonlar ajratadi. Foton tezligi yorug‘lik tezligiga teng bo‘lganligi sababli, ko‘chkidan ancha ilgarilab ketib, yo‘lida duch kelgan zarrachalarning ionlanishini ta’minlaydi. Anod tomon siljiyotgan elektron birinchi sodir bo‘lgan ko‘chkini ancha ilgarilab, yangi ko‘chki hosil qiladi.
Shunday qilib, birinchi kuchni AV uzunlikka o‘sib yetguncha, strimer SD oraliqda yuqori o‘tkazuvchanlikka ega yo‘l hosil qiladi. Keyingi bosqichda manfiy strimerdagi alohida ko‘chkilar bir-birini quvib, birlashib, umumiy ionlangan kanal hosil qiladi. Keyingi bosqichda strimerdagi alohida ko‘chkilar bir–birini quvib, birlashib umumiy ionlangan kanal hosil qiladi.
3-reja: Suyuq dielektriklarning elektr teshilishi
Suyuq dielektriklarining elektr mustahkamligi normal sharoitda gazlarnikiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. Suyuqlikda qiymati gazlardagiga nisbatan ancha kichikdir. Shu sababli, toza suyuqlikda Et katta qiymatga (50-70MV/m) erishadi.
Odatda suyuqlik tarkibida doimiy qo‘shimchalar sifatida gaz, suv va qattiq jism zarralari ishtirok etadi. Bunday qo‘shimchalar suyuqlikning elektr mustahkamligiga (teshilish qonuniyatlariga ham) salbiy ta’sir etib, Et qiymatini keskin pasaytiradi. Elektr maydonida suyuqlikdagi begona zarralar maydon chiziqlari bo‘ylab elektrodlar orasida zanjir ko‘rinishidagi “bo‘sh joylar” ni shakllantiradi. Agar suyuqlik tarkibida gaz pufakchalari bo‘lsa, teshilish ana shu pufakchalardan boshlanib, suyuqlikda tugaydi. Suyuq dielektrik–neft mahsuloti bo‘lgan transformator moyining tarkibidagi oz miqdordagi suv uning elektr mustahkamligini keskin pasaytiradi. Moydagi suv shar shakliga ega bo‘ladi, kuchli maydon ta’sirida dipolli ushbu suv tomchilari qutblanish natijasida ellips shakliga o‘tadi.
. Suyuq dielektriklarda teshilish: 1-quritilgan transformator moyi; 2- suv zarrachalari mavjud bo‘lgan transformator moyi
Agar tarkibida bir oz suv bo‘lgan moyning harorati oshirilsa, undagi suv impulsiya holatidan molekulyar eritma holatiga o‘tishi natijasida Et qiymati ko‘tariladi.74
Past haroratlarda suyuqlikning elektr mustahkamligi ortishi uning quyuqlashishi va tarkibidagi suvning muzga aylanishi natijasida r qiymatining kamayishi (r=2,85) bilan bog‘liqdir. Moy tarkibidagi mexanik qo‘shimchalar jumladan tola, kukun zarrasi va hokazolar ham suyuq dielektrikning elektr mustahkamligi pasayishiga olib keladi. Shuning uchun elektr texnikada ishlatiladigan suyuq dielektriklar mexanik tozalagich, bosqichli filtr, markazdan qochma moslama, vakuum quritgich va gazsizlantiradigan uskunalarda begonaqo‘shimchalardan tozalanadi. Suyuq dielektrik qo‘shimchalardan tozalanganda uning Er qiymati sezilarli darajada ortadi. Masalan, tozalanmagan transformator moyida E=4 MV/m bo‘lsa, tozalanganida Et=25-45 MV/m. Elektr apparat (transformator, kabel, kondensator (o‘chirgich)lariga moy tozalangandan keyingina quyiladi.
|
| |