|
Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari
|
bet | 99/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namuna3-reja: Dielektriklar
Izolyatsion materiallar yoki dielektriklar apparat uskunalarda elektr toki oqimini cheklash uchun ishlatilgani sababli, ular juda katta elektr qarshilikka ega bo‘lishi shart. Dielektrik sifatida juda ham ko‘p turdagi organik va anorganik materiallar qo‘llaniladi. Bu materiallar gaz, suyuq va qattiq agregat holatda bo‘lishi mumkin
Dielektriklar
Yarim o‘tkazgichlar o‘zining elektr o‘tkazuvchanligi jihatidan o‘tkazgich bilan dielektrikl orasida joylashgan bo‘lib, zamonaviy texnikada keng qo‘llaniladi. Materiallarda yarim o‘tkazuvchanlik xossalari, ko‘pincha, tayyor mahsulot olish paytida hosil bo‘ladi.
Yarim o‘tkazgichlar
Magnitli elektr texnika asbob-uskunalarida magnit oqimini hosil qilish yoki o‘tkazish maqsadida magnit materiallari qo‘llaniladi.Bu materiallardan ma’lum darajada magnit xossalari talab etiladi. Bu xususiyat temir yoki uning turli (nikelli, kobaltli va hokazo) qotishmalarida mavjuddir.
Magnit materiallari
Elektr texnikaning rivojlanishi elektr texnika materiallariga bog‘lig bo‘lib, u o‘z navbatida yangi xossali materiallar ishlab chiqish kerakligini taqozo etadi. Xossalari yaxshilangan, issiqqa chidamli izolyatsiya va magnit materiallari kichik hajmli, yengil va ixcham elektr mashina va apparatlarni yaratish imkonini beradi.
Yuqori ish haroratiga ega bo‘lgan yangi turdagi dielektriklar aviatsiya, raketa texnikasida va boshqa sohalarda ishlatilmoqda.
Elektrotexnika materiallari
O‘tkazgichlar Yarim o‘tkazgichlar Dielektriklar Magnit materiallar
So‘nggi paytda ko‘plab ishlab chiqarilayotgan yangidan-yangi sun’iy materiallar xalq xo‘jaligining turli sohalarida, jumladan, elektrotexnikada keng miqyosda qo‘llanilmoqda.
Hozirgi davrda o‘z ish faoliyatini yuqori darajada bajarib, xalq xo‘jaligini sifatli kabel mahsulotlari bilan ta’minlayotgan “O‘zkabel” AJ ishlab chiqarish korxonasida dielektrik va o‘tkazgich materiallar ko‘p ishlatiladi. Bulardan asosiysini polietelen va mis tashkil etadi. Bo‘lajak mutaxassislar uchun elektr texnika materiallarini chuqur o‘rganish katta amaliy ahamiyatga ega.
|
| |