• Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag’lar hisobiga ta`minlanadi
  • Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan taminlash




    Download 49.63 Kb.
    bet7/14
    Sana04.04.2023
    Hajmi49.63 Kb.
    #48544
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    1-v.ingliz tili, Turli yoshdagi bolalarda predmetlar shakli va ularning qismlarini tashkil qilish mashq qildirish mashğulot ishlanmasini tuzish., Sulaymonov Umar. Xalqaro moliya, JOIN⇨@BritishCouncilOfficial, 06, 1534871623 72268, AMALIYOT HISOBOTI, Tinish belgilarining turlari va vazifalari, Ta’limni tashkil etish turlari va shakllari. Dars - ta’lim tizimini tashkil etishning asosiy shakli sifatida., Microsoft Word Document (5), Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda tejamkorlikdan foydalanish usullari, WINDOWS, 1 лекция, 2top
    4. Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan taminlash
    Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni korxona ma`muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik, besh yillik yoki ko`p yillik rejalardan tashkil topadi. Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda korxonaning rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi.
    Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik yo`llari bo`yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa korxona tsexlari, bo`limlari, bo`linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag’ni va moddiy ta`minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili korxona rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan tuzadi. Jamoa shartnomasiga kiritilgan mehnat muhofazasiga dior tadbirlarning bajarilishiga ajratilgan mablag’lar ishlatib bo`linganligi haqida maxsus dalolatnoma tuzilib, unga korxona kasaba uyushmasi qo`mitasi raisi va korxonaning bosh muhandisi imzo chekadilar.


    Mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag’lar hisobiga ta`minlanadi:

    -davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag’lar, shu jumladan ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi, ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi jamg’armasi hamda korxona jamg’armasi;

    -agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan bo`lsa-amortizatsiya jamg’armasi;

    -agar xarajatlar kapital xarajatlar bo`lsa-asosiy faoliyat, tsex va umumxarajat mablag’lari;

    -yangi texnikani joriy etish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun bank tomonidan beriladigan qarzlar.
    O`ta zararli ishlab chiqarishida band bo`lgan xodimlar kasallanishining oldini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish ko`zda tutilib, issiq nonushta yoki tushlik tarzida beriladi. Bundan maqsad kasb kasalliklarining oldini olish va mehnatkashlar sog’ligini mustahkamlashdan iborat bo`ladi. Bevosita zararli sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki uning o`rnini bosuvchi boshqa mahsulot beriladi.


    Download 49.63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 49.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni rejalashtirish va mablag’ bilan taminlash

    Download 49.63 Kb.