• Ko‘rish maydoni, shkala va bo‘linmalarining qiymatlari
  • BI—8 durbinining tashqi ko‘rinishi.
  • Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish tayyorgarligi fanidan konspekt




    Download 1,23 Mb.
    bet29/74
    Sana09.01.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #133527
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
    Bog'liq
    Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish

    Durbinning vazifalari va turlari.
    Durbin barcha qo‘shin turlari uchun asosiy optik kuzatish moslamasi bo‘lib, jang maydonini kuzatish, nishonlarni izlab topish va o‘rganish, gorizontal va vertikal burchaklarni o‘lchash, hamda o‘t ochishni yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan.
    Ko‘rish maydoni, shkala va bo‘linmalarining qiymatlari
    BI—8 durbini tungi ko‘rish (mo‘ljalga olish) moslamalari bilan hamkorlikda qo‘llaniladigan infraqizil projektorlarni, hamda avtomobillarni (tanklarni) tungi yoritkichlarini kuzatish va razvedka qilish uchun mo‘ljallangan.
    BI—8 durbini B—8 durbiniga o‘xshash, faqat unga, qo‘shimcha, maxsus yorug‘lik sezuvchi, yarim ravshan ekran o‘rnatilgan bo‘lib, tungi vaqtlarda infraqizil yorug‘lik manbalarini kuzatish imkonini beradi.
    Kunduz kuni BI—8 durbini B—8 durbini amalga oshiradigan ishlarni bajarish uchun qo‘llanilishi mumkin.
    BI—8 durbinining tashqi ko‘rinishi.
    BI—8 Durbini tashqi ko‘rinishi bilan 8 karra kattalashtiruvchi B—8 durbinidan kam farq qiladi.
    BI—8 durbini ikkita o‘zaro sharnir (oshiq-moshiq) bilan bog‘langan ko‘rish quvurlaridan (monokulyarlardan) iborat. Monokulyar shunday bog‘langanki, sharnir, o‘qi atrofida aylantirilganida, sharnir o‘qi va optik o‘qlar doimo parallel holatda bo‘ladi.
    BI—8 durbinining o‘ng monokulyari yuqori qopqog‘ining tashqi ko‘rinishi, B—8 durbinining monokulyaridan hech farq qilmaydi.
    Ung monokulyar, okulyardan, to‘r bilan birgalikda, yuqori va quyi qopqoqlarga ega korpusdan va ob’ektivdan iborat.
    O‘ng monokulyardan farkliroq BI—8 durbinining chap monokulyari infraqizil projektorlarni kuzatuvini ta’minlovchi uskunaga ega; bundan tashqari unda to‘r bo‘lmaydi.
    Qopqokda VO’KL (o‘chirish) va VKL (yoqish) yozuvlari mavjud. Ekran qayta ulagichining dastasini VO’KL yozuvi tomoniga buralsa, ekran, okulyarning ko‘rish maydonidan o‘chadi yorug‘lik filtri ostiga o‘tadi, ya’ni zaryadlanish holatida bo‘ladi. Qayta ulagich dastasi VKL yozuvi tomoniga buralsa, ekran, okulyarning ko‘rish maydonida paydo bo‘ladi, bundan chiqdi infraqizil projektorlarni kuzatish mumkin bo‘ladi.
    Burchaklarning o‘lchash to‘riga yassi parallel plastina yuritilgan bo‘lib, u o‘ng monokulyarning fakal bo‘shlig‘iga joylashtirilgan.
    To‘rning yirik bo‘limi qiymati (uzun qo‘shni chiziklar orasi yoki qo‘shni xochlar orasi, yoxud xoch va qisqa chiziqcha orasi) 0—05 burchak o‘lchamiga teng.
    To‘rning kichik bo‘limi, ko‘z bilan chamalanib, ikki qismga bo‘linsa, burchakni, burchak o‘lchamini ikki-uch bo‘lak aniqligida o‘lchash mumkin.
    Durbindan kuzatish mobaynida ko‘rish maydonidan yaxlit foydalanish uchun ko‘zlar, okulyarlarning oxirgi linzasi tashqi yuzasidan ma’lum bir masofada bo‘lishi kerak. Ushbu masofa chiqish qorachig‘ining uzoqligi deb ataladi. BN—8 durbini chiqish qorachig‘ining uzoqligi 10,8 mm ga teyag.

    Download 1,23 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




    Download 1,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish tayyorgarligi fanidan konspekt

    Download 1,23 Mb.