|
QUROL-ASLAHADAN FOYDALANISH ASOSLARI. QUROL-ASLAHADAN FOYDALANISH TUSHUNCHASI, TARKIBIY TIZIMLARI STRUKTURASI VA MAZMUNI
|
bet | 48/74 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #133527 |
Bog'liq Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish QUROL-ASLAHADAN FOYDALANISH ASOSLARI. QUROL-ASLAHADAN FOYDALANISH TUSHUNCHASI, TARKIBIY TIZIMLARI STRUKTURASI VA MAZMUNI.
Pulemyotlar quyidagi hollarda normal jangovar holatga keltiriladi: har ikkala pulemyot yoki ulardan biri almashtirilganda, mo‘ljallga olish moslamasi (mo‘ljallagich) yoki uning elektr isitiladigan himoya oynasi moslashtirilganda, sovuq otish quvuri almash-tirilganda, nazorat tekshirish nishoni tuzilayotganda, o‘qlarning nishonga jamlanib tegashi va qurilmaning merganlik sifati yaqqol buzilganida, shuningdek qurilma almashtirilganida yoki mexanizmlari ta’miridan so‘ng. Nishonga urishini tekshirishga kirishishdan oldin pulemyotlar batafsil ko‘rikdan o‘tkazilishi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmog‘i lozim.
Qurilmaning nishonga urishini tekshirish tadbirlari ob-havoning qulay sharoitlarida, har bir pulemyot uchun o‘q-dorilarning yagona partiyasi bilan amalga oshiriladi.
Qurilmani normal jangovar holatga keltirishdan oldin vaqt va o‘q-dorilar sarfini qisqartirish maqsadlarida pulemyotlar stvollarining kanallari o‘qlari va mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich)ning optik o‘qi o‘zaro mos kelishini tekshirish lozim. Bu tadbir quyidagi izchilliqda amalga oshiriladi: mashinani qattiq erli gorizontal maydonga, old qismi va pulemyotlarini o‘t ochish yo‘nalishiga qaratib, shinasidagi bosimni 2,8 kgs/sm2 ga keltirib, dvigatellarni o‘chirib, uzatmalar qutisini birinchi uzatmaga qo‘shib, to‘xtab turish tormozini ishlatgan holda o‘rnating; KPVT va PKT pulemyotlarini o‘t ochishga hozirlab, ularni, lentalariga 5 donadan patron solib,o‘kdsht; - elektr tepki uskunalarining tugmalarini bosib, KPVT va PKT dan, navbat bilan, o‘t ochish sektorida 5 tadan o‘q uzing; - elektr tepki uskunasini o‘chirib, pulemyotlardapatronlar yo‘kligiga ishonch hosil qiling; - KPVT pulemyotining uchki qismidan 100 m narida qalqon o‘rnating. Qalqonga, pulemyotlarning olov chizig‘i balandligida, to‘g‘rilikni tekshirish nishonini, ipga osilgan yuk (shoqul) bo‘yicha tiklab o‘rnating. - Nishon yaxshi yoritilgan bo‘lib, ayni paytda, yorug‘lik manbai, pulemyotlarni va mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich)ni nishondagi xochlarga va mo‘ljallanish belgisiga yo‘naltirishga halaqit bermasligiga e’tibor bering.
- KPVT pulemyotining stvoli ichiga, kalibri 14,5 mm li sovuq otish quvurini (TXP), bo‘rtiqqa tirkalib qolgunga qadar shunday solingki, toki vertikal tola, nishondagi ipga osilgan yuk (shoqul) chizig‘iga parallel bo‘lsin.
Bunda TXP bayroqchasi yuqoriga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim;
ko‘tarish va burish mexanizmlari yordamida TXP xochini, KPVT uchun belgilangan nishon xochining markaziga yo‘naltiring. Ushbu holatda qurilmaning buraluvchi va tebranuvchi qismlarini tormozlari bilan tutib qo‘ying. TXP dan foydalanish mobaynida, quvur orqali ko‘rinadigan tasvir, o‘ngdan chapga to‘g‘ri og‘dirilganligini nazarda tuting;
PKT pulemyotidan alanga so‘ndirgichni eching (rezbasi chap tomonga buralib ketgan) va stvol ichiga, kalibri 7,62 mm li sovuq otish quvurini, bo‘rtiqqa tirkalib qolgunga qadar shunday solingki, toki vertikal tola nishondagi ipga osilgan yuk (shoqul) chizig‘iga parallel bo‘lsin. Bunda TXP bayroqchasi yuqoriga yo‘naltirilgan bo‘lishi, uning xochi PKT uchun belgilangan nishon xochi bilan mos tushishi lozim;
agar xochlar mos tushmasa, PKT pulemyotining holatini, karetka asosidagi moslash mexanizmining quvurlari shpintlarini bo‘shatib olib, o‘zgartiring. SHundan so‘ng karetka asosidagi moslash mexanizmi yordamida PKT pulemyotini, TXP xochi bilan, to‘g‘riligini tekshirish nishonidagi PKT uchun belgilangan xoch markaziga yo‘naltiring. TXP orqali pulemyotni yo‘naltirish, uch karra vizirlar bilan amalga oshiriladi;
pulemyotlar stvollari to‘g‘riligini tekshirish ni-shonidagi tegishli xochlarga yo‘naltirilganidan so‘ng, mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich) to‘rining vertikal va gorizontal o‘qparining kesishgan nuqtasi (burchak cho‘qqisi) to‘g‘riligani tekshirish nishonining «P» deb belgilangan mo‘ljallanish belgisining markazi bilan mos tushishi lozim. Mos tushmagan holda
mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich) o‘rnatmalarini uning texnik yozuvida ko‘rsatilgan amallar bo‘yicha moslang;
- KPVT va PKT pulemyotlari stvollarining ka-nallaridan sovuq otish quvurlarini chiqarib, yashik-lariga joylang. YAshiklarni esa mashinada, ular uchun biriktirilgan joylarga mahkamlang. PKT stvoliga alanga so‘ndirgichni burab qotiring.
Pulemyotlar stvollari kanallarining o‘qlari va mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich)ning optik o‘qi o‘zaro moslashtirilgach o‘qlar jamlanib tushishi va pulemyotlarning merganlik sifati, otib ko‘rish nishoni bo‘yicha, o‘t ochilib, tekshiriladi.
O‘t ochish quyidagi patronlar bilan amalga oshiriladi: KPVT pulemyoti uchun B-32 o‘qi bilan, PKT pulemyoti uchun - po‘lat o‘zakli o‘q bilan.
O‘qlar jamlanib tushishi va pulemyotlarning merganlik sifatini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- to‘g‘riligini tekshirish nishonini otib ko‘rish nishoni bilan almashtiring;
- KPVT va PKT pulemyotlarini, lentalarga 10 donadan patron solib, o‘qpang va elektr tepki uskunasining o‘chirgichini yoqing;
- qurilmani ko‘tarish va burish mexanizmlari yor damida nishondagi mo‘ljallanish nuqtasiga yo‘naltiring (mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich) to‘ridagi burchak cho‘qqisini mo‘ljallanish nuqtasi bilan moslashtiring);
- elektr tepki uskunasining chap tugmasini bosib, KPVT va PKT pulemyotidan 10 donadan o‘q uzing.O‘t ochishni har bir pulemyotdan alohida amalga oshirish darkor;
- Ut ochish yakunlangach, zatvorlarni ikki marota badan jangovar holatga keltirib, undan xalos eting, pulemyotlarga maksimal ko‘tarilish burchaklarini bering, elektr tepki uskunalarining o‘chiring va qurilmani tormozlang.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
QUROL-ASLAHADAN FOYDALANISH ASOSLARI. QUROL-ASLAHADAN FOYDALANISH TUSHUNCHASI, TARKIBIY TIZIMLARI STRUKTURASI VA MAZMUNI
|