|
Mavzu 14. BTR – 80 (BTR-82) qurol-aslaxasi (to‘p), o‘qotar qurollar va granatomyotlarni normal otish holatiga keltirish tartibi va qoidasi. (4 soat)
|
bet | 51/74 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #133527 |
Bog'liq Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o`t ochish Mavzu 14. BTR – 80 (BTR-82) qurol-aslaxasi (to‘p), o‘qotar qurollar va granatomyotlarni normal otish holatiga keltirish tartibi va qoidasi. (4 soat).
Mashg‘ulot 1 (2-soat, ma’ruza). BTR – 80 (BTR-82) qurol-aslaxasi (to‘p), o‘qotar qurollar va granatomyotlarni normal otish holatiga keltirish tartibi va usullari.
Nazorat - to‘g‘rilash va nazorat-otib ko‘rish nishonlari ularni mo‘ljallanishi, tuzish tartibi va ulardan foydalanish. Qurol-yarog‘lardan foydalanishni tashkil etishn va uning mohiyati. O‘qning yoyilish (jamlanish) gabariti, o‘rtacha tegish nuqtasini aniqlash usullari, o‘rtacha tegish nuqtasining nazorat nuqtasidan og‘ishi. Qurol-yarog‘lardan foydalanish bo‘yicha bo‘linma komandirlarining majburiyatlari. Bo‘linmalardagi qurol-yarog‘larni saqlanishi va texnik holatini baholash mezonlari.
Mashg‘ulot 2 (2-soat, amaliy). Jangovar mashinalar qurol-yarog‘lari kompleksini jangovar qo‘llashga tayyorlash.
Pulemet (to'p)larni normal otish holatiga keltirish tartibi va usullari. Pulemet (to'p)larni Nazorat - to‘g‘rilash va nazorat-otib ko‘rish nishonlari yordamida normal otish holatiga keltirish tartibi. Uzoq nuqtadagi nishon yordamida pulemet (to'p)larni normal otish holatiga keltirish. Qurolni (avtomat, pulemyot, to‘p) normal otish holatiga keltirish qoidasi va tartibi. Nazorat - to‘g‘rilash va nazorat-otib ko‘rish nishonlari ularni mo‘ljallanishi, tuzish tartibi va ulardan foydalanish. Xavfsizlik choralari.
Qurol-yarog‘larni saqlanishi. Rahbariy hujjatlar va umumiy qoidalar. Saqlash turlari, ularni qo‘llash sharoitlari. Uzoq va qisqa saqlashga qo‘yishda bajariladigan ishlar ro‘yxati va tartibi. Qurol-yarog‘larni saqlashdan yechish va ularni jangovar holatga keltirish.
BO’LINMA KOMANDIRLARINING QUROL-ASLAHADAN FOYDALANISHNI TASHKIL QILISH BO’YICHA MAJBURIYATLARI.
Pulemyotlar quyidagi hollarda normal jangovar holatga keltiriladi: har ikkala pulemyot yoki ulardan biri almashtirilganda, mo‘ljallga olish moslamasi (mo‘ljallagich) yoki uning elektr isitiladigan himoya oynasi moslashtirilganda, sovuq otish quvuri almash-tirilganda, nazorat tekshirish nishoni tuzilayotganda, o‘qlarning nishonga jamlanib tegashi va qurilma-ning merganlik sifati yaqqol buzilganida, shuningdek qurilma almashtirilganida yoki mexanizmlari ta’miridan so‘ng.
Nishonga urishini tekshirishga kirishishdan ol-din pulemyotlar batafsil ko‘rikdan o‘tkazilishi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmog‘i lozim.
Qurilmaning nishonga urishini tekshirish tadbirlari ob-havoning qulay sharoitlarida, har bir pulemyot uchun o‘q-dorilarning yagona partiyasi bilan amalga oshiriladi.
Qurilmani normal jangovar holatga keltirishdan oldin vaqt va o‘q-dorilar sarfini qisqartirish maqsadlarida pulemyotlar stvollarining kanallari o‘qlari va mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich)ning optik o‘qi o‘zaro mos kelishini tekshirish lozim. Bu tadbir quyidagi izchilliqda amalga oshiriladi: mashinani qattiq erli gorizontal maydonga, old qismi va pulemyotlarini o‘t ochish yo‘nalishiga qaratib, shinasidagi bosimni 2,8 kgsG’sm2 ga keltirib, dvigatellarni o‘chirib, uzatmalar qutisini birinchi uzatmaga qo‘shib, to‘xtab turish tormozini ishlatgan holda o‘rnating; KPVT va PKT pulemyotlarini o‘t ochishga hozirlab, ularni, lentalariga 5 donadan patron solib,o‘kdsht;
- elektr tepki uskunalarining tugmalarini bosib, KPVT va PKT dan, navbat bilan, o‘t ochish sektorida 5 tadan o‘q uzing;
- elektr tepki uskunasini o‘chirib, pulemyotlarda patronlar yo‘kligiga ishonch hosil qiling;
- KPVT pulemyotining uchki qismidan 100 m narida qalqon o‘rnating. Qalqonga, pulemyotlarning olov chizig‘i balandligida, to‘g‘rilikni tekshirish nishonini, ipga osilgan yuk (shoqul) bo‘yicha tiklab o‘rnating.
- Nishon yaxshi yoritilgan bo‘lib, ayni paytda, yorug‘lik manbai, pulemyotlarni va mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich)ni nishondagi xochlarga va mo‘ljallanish belgisiga yo‘naltirishga halaqit bermasligiga e’tibor bering.
- KPVT pulemyotining stvoli ichiga, kalibri 14,5 mm li sovuq otish quvu-rini (TXP), bo‘rtiqqa tirkalib qolgunga qadar shunday solingki, toki vertikal tola, nishondagi ipga osilgan yuk (sho-qul) chizig‘iga parallel bo‘lsin.
Bunda TXP bayroqchasi yuqoriga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim;
ko‘tarish va burish mexanizmlari yordamida TXP xochini, KPVT uchun belgilangan nishon xochining markaziga yo‘naltiring. Ushbu holatda qurilmaning buraluvchi va tebranuvchi qismlarini tormozlari bilan tutib qo‘ying. TXP dan foydalanish mobaynida, quvur orqali ko‘rinadigan tasvir, o‘ngdan chapga to‘g‘ri og‘dirilganligini nazarda tuting;
PKT pulemyotidan alanga so‘ndirgichni eching (rezbasi chap tomonga buralib ketgan) va stvol ichiga, kalibri 7,62 mm li sovuq otish quvurini, bo‘rtiqqa tirkalib qolgunga qadar shunday solingki, toki vertikal tola nishondagi ipga osilgan yuk (shoqul) chizig‘iga parallel bo‘lsin. Bunda TXP bayroqchasi yuqoriga yo‘naltirilgan bo‘lishi, uning xochi PKT uchun belgilangan nishon xochi bilan mos tushishi lozim;
agar xochlar mos tushmasa, PKT pulemyotining holatini, karetka asosidagi moslash mexanizmining quvurlari shpintlarini bo‘shatib olib, o‘zgartiring.
SHundan so‘ng karetka asosidagi moslash mexanizmi yordamida PKT pulemyotini, TXP xochi bilan, to‘g‘riligini tekshirish nishonidagi PKT uchun belgilangan xoch markaziga yo‘naltiring. TXP orqali pulemyotni yo‘naltirish, uch karra vizirlar bilan amalga oshiriladi;
pulemyotlar stvollari to‘g‘riligini tekshirish ni-shonidagi tegishli xochlarga yo‘naltirilganidan so‘ng, mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich) to‘rining vertikal va gorizontal o‘qparining kesishgan nuqtasi (burchak cho‘qqisi) to‘g‘riligani tekshirish nishonining «P» deb belgilangan mo‘ljallanish belgisining markazi bilan mos tushishi lozim. Mos tushmagan holda mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich) o‘rnatmalarini uning texnik yozuvida ko‘rsatilgan amallar bo‘yicha moslang;
- KPVT va PKT pulemyotlari stvollarining ka-nallaridan sovuq otish quvurlarini chiqarib, yashik-lariga joylang. YAshiklarni esa mashinada, ular uchun biriktirilgan joylarga mahkamlang. PKT stvoliga alanga so‘ndirgichni burab qotiring.
Pulemyotlar stvollari kanallarining o‘qlari va mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich)ning optik o‘qi o‘zaro moslashtirilgach o‘qlar jamlanib tushishi va pulemyotlarning merganlik sifati, otib ko‘rish nishoni bo‘yicha, o‘t ochilib, tekshiriladi.
O‘t ochish quyidagi patronlar bilan amalga oshiriladi: KPVT pulemyoti uchun B-32 o‘qi bilan, PKT pulemyoti uchun - po‘lat o‘zakli o‘q bilan.
O‘qlar jamlanib tushishi va pulemyotlarning merganlik sifatini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- to‘g‘riligini tekshirish nishonini otib ko‘rish nishoni bilan almashtiring;
- KPVT va PKT pulemyotlarini, lentalarga 10 donadan patron solib, o‘qlang va elektr tepki uskunasining o‘chirgichini yoqing;
- qurilmani ko‘tarish va burish mexanizmlari yordamida nishondagi mo‘ljallanish nuqtasiga yo‘naltiring (mo‘ljalga olish moslamasi (mo‘ljallagich) to‘ridagi burchak cho‘qqisini mo‘ljallanish nuqgasi bilan moslashtiring);
- elektr tepki uskunasining chap tugmasini bosib, KPVT va PKT pulemyotidan 10 donadan o‘q uzing.
O‘t ochishni har bir pulemyotdan alohida amalga oshirish darkor;
- Ut ochish yakunlangach, zatvorlarni ikki marotabadan jangovar holatga keltirib, undan xalos eting, pulemyotlarga maksimal ko‘tarilish burchaklarini bering, elektr tepki uskunalarining o‘chiring va quril-mani tormozlang.
Otib ko‘rish nishonida har bir pulemyotdan otilgan o‘qlarni tegish markaziy nuqgasini belgilang, buning uchun:
- gorizontal chiziq o‘tkazing (1-1) toki, ushbu chiziqning ikki tomonidagi o‘q izlari soni bilan, bu chiziqqa yaqin yotgan o‘q izlari orasidagi masofa bir xil bo‘lsin (B1 va B2);
- yana vertikal chiziq chizing (II-II) toki, ushbu chiziqning ikki tomonidagi o‘q izlari soni bilan bu chiziqqa yaqin yotgan o‘q izlari orasidagi masofa bir xil bo‘lsin (A1 va A2). Gorizontal (1-1) va vertical (P-P) chiziqlarning kesishgan nuqgasi o‘qlar tegishining markaziy nuqgasi deb qabul qilinadi;
o‘qlar tegishining markaziy nuqtasidan KPVT pulemyoti uchun 350 mm, PKT pulemyoti uchun 180 mm li radiuslar bilan doiralar chizing. Har bir doira chegarasida 8 tadan kam bo‘lmagan o‘q izlari bo‘lishi lozim. Agar o‘t ochish mobaynida o‘qlarning qoniqarsiz
jamlanib tushishi hosil bo‘lsa KPVT pulemyoti qurilmasini ishonchli-roq tormozlashtirish yoki pulemyot stvolini almashtirib, so‘ngra o‘t ochishni takrorlash darkor„
O‘qlarning tarqoq tushish radiusi dastlabki (350 mm li) radiusga nisbatan 2,5 karra ortgan holda yoki o‘q izlarining 50% dan ortig‘i ovalsimon
shaklda bo‘lsa, KPVT pulemyoti o‘qlarining jamlanib tushishi qoniqarsiz va stvoli-ning jangovar chidamligi yaroqsiz deb topiladi.
PKT pulemyotidan o‘t ochish mobaynida o‘qlarning qoniqarsiz jamlanib tushishi hosil bo‘lsa, pulemyotning to‘g‘ri tekshirilganligi va karetka asosidagi to‘g‘rilash mexanizmining quvurlari tortilganligi tekshirilib, o‘t ochish takrorlanadi.
— PKT uchun — 5 patronli bitta lenta va 10 tadan patronli uch-to‘rt lenta.
SHamolsiz havoda yoki shamoldan himoyalangan joy-da ish olib boriladi. Ishlash tartibi:
— mashina, bashnya qurilmasi, pulemyotlar va mo‘ljallagich ishlashga tayyorlanadi;
— KPVT olov o‘chirgichi kesimidan 100 m uzoqlikda nishon mahkamlangan shitni shunday o‘rnatish kerakki, nishondagi shoqul chizig‘i mo‘ljallagichdagi vertikal shtrixga parallel, nishondagi «P» belgisi esa mo‘ljallagichning kesishgan chizig‘i yaqinida joylashgan bo‘lsin. Nishon yaxshi yoritilgan bo‘lishi kerak;
— 5 ta patronli lentalar bilan o‘qpab, pulemyotlar otishga tayyorlanadi;
— pulemyotlar mo‘ljaldan yuqoriga to‘g‘rilanib, 5 tadan o‘q uziladi: oldin KPVT dan, keyin — PKT dan.
— pulemyotlar 10 ta patronli lentalar bilan o‘qlanadi;
mo‘ljallagichning ko‘rish maydonidagi gorizontal shtrix uzokliklar shkalasining nol nuqtasiga o‘rnatiladi;
mo‘ljallagichning kesishgan chizig‘i «P» belgisining markaziga to‘g‘rilanadi, shundan so‘ng pogon va ko‘tarish mexanizmi ohista, silkitmasdan tormozga qo‘yiladi. Mo‘ljallagichning kesishgan chizig‘i nishondagi «P» belgisining markaziga mos tushganiga ishonch hosil qilinadi;
Tekshirishda yaxshi natijalar olingan bo‘lsa, KPVTning urish anikligini tekshirish ishlarini da-vom ettirish kerak, buning uchun:
nishondagi teshiklar belgilab qo‘yiladi;
KPVT 10 patronli ikkinchi lenta bilan o‘qlanadi va ikkinchi marta nishon mo‘ljalga olinib o‘q uziladi;
ikkinchi sidirg‘aning o‘rtacha urish nuqtasi (UUN) aniqlanadi;
nishondagi teshiklar belgilab qo‘yiladi;
KPVT 10 patronli uchinchi lenta bilan o‘klanadi va uchinchi marta nishon mo‘ljalga olinib o‘q uziladi;
uchinchi sidirg‘aning o‘rtacha urish nuqgasi (O‘UN) aniqlanadi;
— uchala sidirg‘a o‘qning o‘rtacha urish nuqtasi (O‘UN)— ta’sirli O‘UN aniqlanadi. Ta’sirli O‘UNni aniqlash sxemasi 683- rasmda ko‘rsatilgan.
Agar ta’sirli O‘UN radiusi 135 mm bo‘lgan doira ichida joylashgan bo‘lsa, KPVTning urish aniqligi qoniqarli hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu 14. BTR – 80 (BTR-82) qurol-aslaxasi (to‘p), o‘qotar qurollar va granatomyotlarni normal otish holatiga keltirish tartibi va qoidasi. (4 soat)
|