|
Balka va sterjenlarni tutashtirish
|
bet | 14/18 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #266049 |
Bog'liq Xalilov Elyorbek
Konstruksiyalarni o‘rnatishda, montaj qilishda ko‘p hollarda ularni tutashtirishga to‘g‘ri keladi. 6.4-rasmda qo‘shtavrli balkalarni tutashtirish turlari ko‘rsatilgan. Montaj ishlarini bajarishda asosan qo‘shma tutashtirish turidan foydalaniladi va uni dastaki yoyli yoki himoya gaz muhitida yarimavtomat usulda payvandlanadi (6.4,a-rasm). Ikki tomonga surilgan tutashtirish turi texnologik tutashtirishda foydalaniladi.
6.4-rasm. Qo‘shtavrli balkalarni tutashtirish.
Poyas va stenka payvand choklarini bajarish ketma-ketligini tayin- lashda quyidagilarni hisobga olish kerak. Ikki balkani bir-biriga tutash- tirishda birinchi navbatda poyaslarni uchma-uch choklari bajarilsa, stenkalarni uchma-uch choklarini bajarish qattiq mahkamlanish sharoi- tida amalga oshirishga to‘g‘ri keladi, bu esa payvand choklarda darzlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Agar birinchi navbatda stenka choklari uchma-uch payvandlansa, keyin payvandlanadigan poyas choklarida katta miqdorda cho‘zilgan qoldiq kuchlanishlar hosil bo‘ladi, bu esa bal- ka egilishga ishlaganda toliqish mustahkamligini pasaytiradi. Payvand- lash sharoitlarini yaxshilash maqsadida L uzunlikdagi poyasni stenka bilan choklari payvandlanmay qoldirilib, avval stenka uchma-uch chok- lari bajarilgandan so‘ng tugatib qo‘yiladi. Oxirgi navbatda pay- vandlangan chokni ko‘ndalang cho‘kishi L uzunlikdagi elementga ta’sir etib, qoldiq kuchlanishlar qiymati qattiq mahkamlanishga qaraganda kam bo‘ladi. Ammo birinchi navbatda payvandlanadigan elementlarda erkin L qismni paydo bo‘lishi bu elementlarda siqilish kuchlanishi ta’sirida turg‘unlikni yo‘qolishiga olib keladi. Ko‘rsatib o‘tilganlarni hisobga olib har bir holatda payvandlash texnologiyasi har xil bo‘lishi mumkin. 6.4,c-rasmda ko‘rsatilgan tutashtirish turi texnologiya bo‘yicha dastaki payvandlash ko‘zda tutilmaganda qo‘llaniladi. Rasmda 1-6 raqamlar bilan choklarni bajarish tartibi ko‘rsatilgan.
Profil elementlarni to‘liq eritib uchma-uch birikma bilan yoyli pay- vandlash payvandchidan yuqori malaka va nazoratni talab etadi. Statik yuklanishda ishlaydigan konstruksiyalarni tayyorlashda balkalarni tutashtirish uchun burchak choklar yordamida ustqo‘ymalardan foy-
dalaniladi. Bunday birikmalar texnologik jihatdan oson bo‘lishi bilan birga, ortiqcha metall sarfini keltirib chiqaradi. Vibrasion yuklanishlarda ishlaydigan konstruksiyalarda esa bunday birikmalarni qo‘llash to‘g‘ri kelmaydi.
|
| |