• BOB Balkali konstruktsiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi
  • Qo‘shtavrli balkalarni tayyorlash texnologiyasi
  • Farg’ona Davlat Universiteti huzuridagi Oltiariq sanoat texnikumi “texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) ” yo’nalishi ii-bosqich




    Download 1,25 Mb.
    bet12/18
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #266049
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    Bog'liq
    Xalilov Elyorbek

    5.6-rasm. List to‘g‘rilash mashinasi jixozlarini joylashtirish tuzilishi

    Rasmda har xil turdagi asosiy va yordamchi jihozlarga ega kontakt payvandlash mashinasi joylashuvi ko‘rsatilgan. Nuqtali kontakt pay- vandlash mashinasi ish zonasini rejasi uch ko‘rinishda tasvirlangan. Bu tasvirda nuqtali payvandlash mashinasini unumli ishlashi uchun rol- ganglar (2), zagotovka va tayyor detallar uchun yashiklar (3) va (4), konsol kran (5), telfer (6) yoki osma konveyerlar ko‘rsatilgan (5.7- rasm).



    5.7-rasm. Kontakt payvandlash mashinasi ish zonasini tashkil etish
    .
    1. BOB

    Balkali konstruktsiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi


    3.1.Payvand balkalar haqida ma’lumot

    3.1.Payvand balkalar haqida ma’lumot


    Balka konstruksiyalar qurilishda bino va ko‘priklarning fermalarini, tayanchlar, elektr tokini uzatish liniyalari, issiqlik va gidroelektr stan- siyalari va boshqa inshootlarning konstruksiyalarini tayyorlashda, shu- ningdek ko‘tarish kranlari, vagonlar, teplovozlar, avtomobillar, qishloq xo‘jalik mashinalari, poydevor romlari va boshqa buyumlar tay- yorlashda, mashinasozlikda qo‘llaniladi.

    Qo‘shtavrli balkalarni tayyorlash texnologiyasi


    Devorlarining kesimi yaxlit balkalar list metaldan tayyorlanadi. Qo‘shtavr va qutisimon kesimdagi balkalar ham ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda egilgan list elementlardan iborat qutisimon payvand balkalar keng qo‘llanila boshlandi. Yakkalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish sharoitlarida balkalar reja bo‘yicha dastaki va yarim avtomatik payvandlab yig‘iladi. Ko‘plab va yirik seriyalar ishlab chiqarishda buyum konduktorlarda yig‘iladi va maxsus qurilmalarga o‘rnatib flus ostida hamda karbonat angidrid gazida dumalatgich (kantovatel) dan foydalanib, avtomatik payvandlanadi. 6.1,a-rasmda metal listdan yasalgan qo‘shtavr balkalarning uchma-uch tutashgan joylarini payvandlash usullari ko‘rsatilgan. Uchma-uch joyi balkaning eng ko‘p yuk tushadigan qismida bo‘lganidagina qo‘shimcha qoplamlardan foydalaniladi.
    Sidirg‘a devorli payvand balkalar va ustunlar, avvalo, bikrlik qo- birg‘asisiz yig‘iladi. 6.1,b-rasmda 1, 2, 3 va 4 raqamlari bilan balka choklarini payvandlash tartibi ko‘rsatilgan. I, II, III va IV holatlardan o‘tishda balka dumalatgich bilan 90° ga buriladi. Galdagi har qaysi chok avvalgisiga teskari yo‘nalishda payvandlanadi. Bikrlik qobirg‘alari yoy yordamida dastaki yoki yarim avtomatik usulda ikkita payvandchi bir yo‘la ikkala tomondan balkaning o‘rtasidan chetlari tomon pay- vandlaydi. Balkalarni montaj qilishda birinchi navbatda uchma-uch joylarini, shundan keyingina valikli choklarni payvandlash kerak. Prokat qilingan balkalarning montajda uchma-uch ulanadigan joylarini payvandlash tartibi 6.1,a-rasmda ko‘rsatilgan. Avvalo vertikal chok (1), so‘ngra chok (2) va (3) lar payvandlanadi.
    List chok (2) va (3) lari bir vertikal tekislikda (6.1,b-rasm) yoki bir-biriga nisbatan surilgan (6.1,b -rasm) bo‘lishi mumkin. Dastlab vertikal devor choki (1), so‘ngra list chok (2) va (3) lari payvand- lanadi. Bo‘ylama choklar odatda balka uchlariga 400-500 mm etka-
    zilmaydi va montaj joyida choklar (4) bilan tugallanadi. Bu choklar oxirgi navbatda payvandlanadi.



    Download 1,25 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg’ona Davlat Universiteti huzuridagi Oltiariq sanoat texnikumi “texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) ” yo’nalishi ii-bosqich

    Download 1,25 Mb.