• Bo‘ylama yo‘nalishli ishlab chiqarish oqimiga ega payvandlash sexi tuzilishi.
  • Murakkab konstruksiyalarni ishlab chiqarish payvandlash sexi tuzilishi.
  • Sexlarda jihozlarni joylashtirish turlari




    Download 1,25 Mb.
    bet9/18
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #266049
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
    Bog'liq
    Xalilov Elyorbek

    2.2.Sexlarda jihozlarni joylashtirish turlari


    Ishlab chiqarish sexlarini loyihasini tayyorlashda ishlab chiqarish maydonlarini ishlatish samaradorligi, ehtiyot qismlari, zagotovkalar, konstruksiyalarni tashish qulayligi sifat mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
    Payvandlash sexlarini loyihalash tajribasidan kelib chiqib bir qator namunaviy tuzilmalarni keltirish mumkin.
    Bo‘ylama yo‘nalishli ishlab chiqarish oqimiga ega payvandlash sexi tuzilishi. Nisbatan sodda metall konstruktsiyalarini mayda seriyali va seriyali ishlab chiqarishda bo‘ylama yo‘nalishli ishlab chiqarish oqi- miga ega sexlar tuzilishi qo‘llaniladi.


    5.1-rasm. Bo‘ylama yo‘nalishli ishlab chiqarish oqimiga ega payvandlash sexi tuzilishi
    Bunday ko‘rinishdagi sexlarda proletlar metall sortamentiga ko‘ra alohida tashkil etiladi. Tayyorlov bo‘limidan o‘tgan zagotovkalar yig‘ish–payvandlash bo‘limiga uzatiladi. Payvandlash sexini bunday ko‘rinishda tashkil etishda yuk oqimi texnologik oqim bilan to‘g‘ri keladi, yuklarni orqaga qaytishi ro‘y bermaydi. Oraliq omborda zagotovkalarni saqlash, hisobga olish, tashish va bir proletdan ikkinchi proletga o‘tqazish amalga oshirish imkoniyati uning afzalligi hisoblanadi. Bunday ko‘rinishga ega sexlar tuzilishi temir yo‘l vagonlarini ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilishi mumkin.
    Murakkab konstruksiyalarni ishlab chiqarish payvandlash sexi tuzilishi. Murakkab payvand konstruksiyalarni yirik seriyali ishlab chiqarishda quyidagi namunaviy tuzilmani keltirish mumkin (5.2-rasm).



    5.2-rasm. Murakkab konstruksiyalarni ishlab chiqarish payvandlash sexi tuzilishi

    Bu ko‘rinishdagi payvandlash sexi tuzilishini oldingisiga qaraganda farqi shundaki, bunda umumiy yig‘ish-payvandlash ishlari tayyorlov va qismlarni yig‘ish-payvandlash bo‘limlariga nisbatan ko‘ndalang joylashib, payvand konstruksiyani tashkil etuvchi qismlar to‘g‘ri ketma- ketlikda umumiy payvandlashga kelib turadi. Payvand sexini bunday tuzilishi yirik seriyali va ko ‘plab ishlab chiqarishda, oqimli, avtomat- lashtirilgan va robotli texnologik liniyalarda transport muammosini hal qilishga yordam beradi. Umumiy yig‘ish bo‘limida asosiy yig‘ish konveyerini joylashtirish imkoni mavjud bo‘lib, bunday ko‘rinishdagi joylashtirishni avtomobilsozlik korxonalarida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.



    Download 1,25 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sexlarda jihozlarni joylashtirish turlari

    Download 1,25 Mb.