|
Robot qo‘lida o‘rnatiladigan uskunalar
|
bet | 7/18 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #266049 |
Bog'liq Xalilov Elyorbek Robot qo‘lida o‘rnatiladigan uskunalar
Yig‘ish-payvandlash ishlarini robotlar yordamida bajarishda uskuna manipulyatori buyum manipulyatori bilan birgalikda ishlab, payvand choklarni qulay fazoviy holatda bajarishni ta’minlaydi. Buyum manipu- lyatori robot harakatlanish darajasini to‘ldirib, u bilan bir xil tizim va programmada ishlaydi. Payvandlanayotgan buyum o‘lchamlari, massasi va konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq ravishda manipulyator yuk ko‘ta- ruvchanligi va harakatlanish darajasiga qo‘yiladigan talablar o‘zgaradi.
Bu talablardan kelib chiqib, manipulatorlar modul prinsipi bo‘yicha tayyorlanadi (4.7-rasm). Buyumni gorizontal yoki vertikal o‘qqa nisbatan aylanishi sodda ko‘rinishdagi modullar ta‘minlaydi. Modullarni aylanma stolga o‘rnatib, planshaybaga mahkamlangan buyumni bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chirish imkoni tug‘iladi. (4.7-rasm). Bajariladigan ishning turiga qarab, manipulyator planshaybasida yig‘ish konduktori yoki payvandlanadigan buyumni mahkamlash moslamasi
o‘rnatiladi.4.7-rasm. Modul prinsipi asosida har xil harakatlanish darajasiga ega manipulatorlar
BOB Payvandlash ishlab chiqarishda sex va bo‘limlarni loyihalash
2.1.Payvandlash ishlab chiqarishini loyihalash masalalari
Payvandlash ishlab chiqarishini loyihalash masalalari
Korxona ishlab chiqarish samaradorligi ishlab chiqarilayotgan mah- sulot hajmiga bog ‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish konsentrasiyasini yuqori darajasi ishlab chiqarish maydonlari va texnologik jihozlardan yuqori sa- maradorlik bilan foydalanish imkonini beradi. Payvandlash ishlab chiqarishi metallurgiya, quymakorlik, temirchilik-shtamplash, mexanik- yig ‘uv ishlab chiqarishlari bilan bog‘liq holda ish olib boradi. Bularni bir-biriga yaqin joylashuvi detallarni tashishga sarf etiladigan vaqtni kamaytiradi. Zamonaviy payvandlash ishlab chiqarish korxonalari ikki xil shaklda tashkil etilsa yaxshi natija beradi. Birinchi shakl bo‘yicha kuchli konstruktorlik, texnologik va tadqiqot bo‘limlariga ega payvand konstruksiyalar ishlab chiqarish korxonasi. Ikkinchi shakl bo‘yicha esa yirik hududlarni payvand konstruksiyalar bilan ta‘minlovchi payvandlash markazlari.
|
| |