BOB Pavandlab ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan sanoat robotlari. Pavandlab ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan sanoat robotlari




Download 1,25 Mb.
bet4/18
Sana28.06.2024
Hajmi1,25 Mb.
#266049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Xalilov Elyorbek

BOB


Pavandlab ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan sanoat robotlari.


    1. Pavandlab ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan sanoat robotlari


Ishlab chiqarishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirishda oqimli va avtomatik liniyalar, shuningdek har xil maxsus qurilma va moslamalar qo‘llanilib, bular asosan ko‘p seriyali ishlab chiqarishda ishlatiladi. Le- kin payvandlanadigan buyumlar asosiy qismi seriyali miqdorda ishlab chiqariladi. Bunday sharoitda an’anaviy usullar bilan kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirish qiyinchilik tug‘diradi, buning natijasida esa ish unumdorligi pasayadi, qo‘l mehnati esa ko‘payadi.
Yig‘ish-payvandlash ishlarida robot texnikasini qo‘llash bilan qo‘l mehnatini qisqartirishga erishish mumkin. Olti darajali harakatlanishga esa universal robotlar yordamida har xil operasiyalarni avtomatlash- tirishga erishish mumkin, texnologik jarayonni qayta qurish tezligi esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotni tez o‘zgartirish imkonini beradi.


4.1-rasm. Inson qo‘li olti darajali harakatlanishga ega
Payvandlashda qo‘llaniladigan sanoat robotlari universal hisoblanib, har xil turdagi konstruksiyalarni tayyorlashda yig‘ish, payvandlash va transport operatsiyalarini bajarishga moslashgan bo‘ladi. Bu robotlarni texnologik qobiliyati quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: kinema- tik sxema, harakatlanish darajasi soni va yuk ko‘taruvchanligi, ish zona- si shakli va o‘lchamlari, holat aniqligi, yuritma tavsifi va boshqarish tizi- mi turi. Sanoat robotlari uch harakatlanish darajasiga ega bo‘lib, to‘g‘ri chiziqli, silindrik, sferik va sharnirli koordinata sistemasi asosida hara- katlanadi. (4.2-rasm). Bu uch kinematik sxemaga qo‘shimcha ravishda asbob uskunani fazoda joylashishini ta‘minlovchi harakatlanish darajalari ko‘zda tutiladi (4.3-rasm).


4.2-rasm. Sanoat robotlarini kinematik tuzilishi: A - aylanma; I - ilgarilanma harakat



4.3-rasm. Payvandlashda qo‘llaniladigan sanoat robotlari kinematik
tuzilishi:
a-to‘g‘ri chiziqli; b,d-silindrik; c-sharnirli
To‘g‘ri chiziqli kinematik sxema bo‘yicha uch asosiy ilgarilama va ikki qo‘shimcha aylanma harakat amalga oshiriladi. Silindrik sxema bo‘yicha bir aylanma va ikki ilgarilama harakatlanish asosiy va qo‘shim- cha bir aylanma harakat amalga oshiriladi. 4.3-rasmdagi boshqa bir si- lindrik sxema bo‘yicha ikki aylanma va bir ilgarilama harakat asosiy va ikki aylanma harakat qo‘shimcha hisoblanadi. Sharnirli kinematik sxema bo‘yicha uch asosiy va ikki yoki uch qo‘shimcha aylanma harakat amal- ga oshiriladi. Rasmdagi raqamlar robotning harakatlanish darajasini bil- diradi.
Yig‘ish va transport operasiyalarini bajarishda harakatlanish darajasi kichik bo‘lgan robotlardan foydalansa bo‘ladi. Bu esa nisbatan sodda ki- nematik sxemalarni qo‘llash imkonini beradi.
Yoyli payvandlashda qo‘llaniladigan sanoat robotlari konstruksiyasi yuqori darajada bikrlik, luftsiz ishlash, tinch ishqalanish va notekis hara- katlanish qiymatlari minimal darajada bo‘lishi talab etiladi. Bu talab- larga sharnirli kinematik sxemaga ega kichik sanoat robotlari javob be- radi.
Kontaktli payvandlshda ham sharnirli kinematik sxemaga ega sanoat robotlari qo‘llaniladi, lekin bu holda robot konsruksiyasi katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Sanoat robotlarida pnevmatik, gid- ravlik va elektromexanik yuritmalar qo‘llaniladi. Elektrmexanik yurit- malar murakkab luftsiz reduktorlarni qo‘llashni talab etadi, lekin ular tez harakatlanish va aniqlikni ta’minlaydi, xizmat ko‘rsatish esa sodda hi- soblanadi.

    1. Download 1,25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BOB Pavandlab ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan sanoat robotlari. Pavandlab ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan sanoat robotlari

Download 1,25 Mb.