|
Payvand konstruksiya ishlab chiqarish korxonasi tuzilishi
|
bet | 8/18 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #266049 |
Bog'liq Xalilov Elyorbek Payvand konstruksiya ishlab chiqarish korxonasi tuzilishi
Payvand konstruksiya ishlab chiqarish korxonasi quyidagi sex yoki bo‘limlardan tashkil topadi:
metall ombori
tayyorlash ishlab chiqarishi (komplektlash ombori)
zagotovkalar oraliq ombori (komplektlash ombori)
konstruksiya qismlarini yig ‘ish va payvandlash bo‘limi
konstruksiyani umumiy yig ‘ish va payvandlash bo‘limi
tayyor mahsulot ombori
Bu bo‘limlar har bir ishlab chiqarish sharoitlaridan kelib chiqib, mustaqil bo‘lim ko‘rinishida yoki bir sexning ichida joylashgan bo‘lishi mumkin.
Metall omborida korxonaga keltirilgan metall alohida prokat turlari bo‘yicha saqlanadi. Ko‘tarish va tushirish ishlarida ko‘prikli krandan foydalaniladi. Shuningdek metallni tozalash, tekislash ishlari ham bajarish ko‘zda tutiladi.
Tayyorlov ishlab chiqarishida listli va profilli prokatni mexanik va termik kesish, payvandlash uchun chetlariga ishlov berish, bukish, jo‘valash, shtamplash, teshiklarni ochish ishlari bajariladi. Bu ishlarni bajarishda maxsus transport, avtomatik va oqimli liniyalardan keng foydalaniladi. Ishlov beriladigan metall sortamentiga qarab bo‘limlar tashkil etiladi. Ko‘p miqdorda payvand konstruksiyalar ishlab chiqa- radigan korxonada zagotovkalar miqdori 10000 donadan ortiq bo‘ladi. Shuni hisobga olib zagotovkalar tranzit yoki oraliq omborlar orqali payvandlashga uzatiladi. Tranzit uzatishni avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, asbobsozlik ishlab chiqarishlarida qo‘llash mumkin. Komplektlash ombori (oraliq ombor)da zagotovkalarni saqlash, yig‘ish-payvandlash sexiga uzatishga tayyorlash amalga oshiriladi. Bunday bo‘limning mavjudligi zagotovkalarni bir maromda uzatishni ta‘minlaydi. Komplektlash ombori universal yoki maxsus ko‘tarish-tushirish jihozlari bilan qurollangan maxsus bo‘limlar tashkil etiladi.
listli yoki profil prokatdan tayyorlangan mayda detallar bo‘limi
ko‘p qavatli stellajlar joylashtirilgan uzun detallar bo‘limi
katta o‘lchamli uzun zagotovkalar bo‘limi
Konstruksiya qismlarini yig‘ish va payvandlash bo‘limi ish joylari maxsus yoki universal yuk ko‘tarish qurilmalari, yig‘ish-payvandlash moslamalari bilan jihozlanadi. Bunday bo‘limlarda avtomatik payvand- lash qurilmalari, robototexnik majmualar, har xil konveyerlarni qo‘llash yaxshi natija beradi. Payvand konstruktsiyalarni umumiy yig‘ish- payvandlash bo‘limi ishlab chiqarishni o‘ziga xos jihatlarini, payvand konstruksiyani murakkabligini, payvandlash usulini, ish unumdorligini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Bundan tashqari nazorat qilish, bo‘yash, tashishga tayyorlash ishlari ham bajariladi.
|
| |