• Asosiy konstruksiyalar
  • Aylanma yo‘nalishli ishlab chiqarish oqimiga ega payvandlash sexi tuzilishi




    Download 1,25 Mb.
    bet10/18
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #266049
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
    Bog'liq
    Xalilov Elyorbek

    Aylanma yo‘nalishli ishlab chiqarish oqimiga ega payvandlash sexi tuzilishi. Bunday ko‘rinishga ega sexlarda bo‘limlar ixcham joy- lashtirilib, omborlar sex chetlarida tashkil etiladi. Aylanma yo‘nalishli oqimga ega sexlar asosan katta o‘lchamdagi baland konstruksiyalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.



    5.3-rasm. Aylanma yo‘nalishli ishlab chiqarish oqimiga ega sex tuzilishi


        1. Sanoat binolarini qurilish konstruksiyalari


    Sanoat binolari karkaslari asosiy va o‘rab turuvchi konstruktsiyalardan iborat bo‘ladi.
    Asosiy konstruksiyalar, bularga kolonnalar, stropila va stropila osti fermalar, kran osti balkalar, bino tomini boshqa konstruksiyalari kiradi.
    O‘rab turuvchi konstruktsiyalar, bularga ichki va tashqi devorlar, ajratib turuvchi devorlar, bino tomlari kiradi.


    5.4-rasm. Sanoat binosi karkasi
    5.4-rasmda bino karkasi asosiy elementlari va ko‘rsatkichlari keltirilgan. Kolonnalar bino karkasi, qorlar, ko‘prikli kranlar hosil bo‘ladigan yuklanishni o‘ziga qabul qiladi va uni fundament orqali yer- ga uzatib beradi. Kolonnalar o‘qlari orasidagi masofalar chegaralangan bo‘lib, sex imkoniyatlarini aniqlab beruvchi ko‘rsatkich sifatida qabul qilingan. Bir qatordagi kolonnalar o‘zaro stropila osti fermalar bilan bog‘lanadi, o‘z navbatida stropila fermalari bu fermalarga tayanadi. Kolonna o‘qlari orasidagi masofa sex prolyoti enini tashkil etib, 18, 24,
    30 va 36m bo‘ladi. Katta o‘lchamga ega prolyotlar sexning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirib, bino metall konstruksiyalari massani ko‘payishiga olib keladi. Bir qatordagi kolonnalar orasidagi masofa kolonna qadami deb qabul qilingan bo‘lib, 12 m yoki 6 m bo‘ladi. (5.5-rasm). Kolonnalarni bog‘lab turuvchi aloqalar kranni tormozlanishidan va shamol hosil bo‘luvchi yuklanishlarni qabul qilib, uni fundamentga uzatadi. Prolyot balandligi Hz bilan belgilanib, bino polidan stropila fermasi pastki nuqtasigacha bo‘lgan masofani tashkil etadi. Sex balandligini tanlashda tayyorlanadigan konstruksiya o‘lchamlari, o‘rnatiladigan ko‘tarish-tushirish jihozlari, konveyerlar o‘lchamlarini hisobga olish kerak (5.1-jadval).


    5.5-rasm. Prolyot balandligini aniqlash
    5.1-jadval

    Download 1,25 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aylanma yo‘nalishli ishlab chiqarish oqimiga ega payvandlash sexi tuzilishi

    Download 1,25 Mb.