|
-rasm. Arava ramasini tayyorlashda yig‘ish-payvandlash ishlari ketma-
ketligi
7.4-rasm
|
bet | 17/18 | Sana | 28.06.2024 | Hajmi | 1,25 Mb. | | #266049 |
Bog'liq Xalilov Elyorbek7.3-rasm. Arava ramasini tayyorlashda yig‘ish-payvandlash ishlari ketma-
ketligi
7.4-rasm. Yarim vagon tugunlari:
a-shkvornya balkasini xrebet balkasi bilan biriktirish, b-oraliq balkani xrebet
balka bilan biriktirish
Yuqoridagi balkalarni umumiy yig‘ish bilan rama tayyor holga kel- tiriladi. Rama konstruksiyalarini uzluksiz liniyalarda seriyali ishlab chiqarishni mexanizasiyalash maxsus yig‘ish-payvandlash uskunasi yor- damida amalga oshiriladi. Teplovoz ramasi karkasini yig‘ish-payvand- lash uchun xizmat qiladigan konduktor-kantovatel shunday uskunaga misol bo‘ladi (7.5-rasm). Yig‘ish konduktorini asosini buriluvchi rama
(1) hosil qiladi va u pnevmoprijim, tirgak va fiksatorlarga ega. Konduktorni burilishi asos (2) ga sharnirli mahkamlangan gidrodomkratlar (3) vositasida amalga oshiriladi. Buriluvchi o‘qlar (4) gidrosilindrlar yordamida harakatga keltiriladi.
7.5-rasm. Gidrodomkratli konduktor-kantovatel
Xulosa:
O`rta Osiyo xalq amaliy san’ati juda qadim zamonlardan beri mis, tilla va kumush kabi rangdor metallardan ishlangan nafis buyumlari bilan mashhurdir. Hozirgi kunda ham metallga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligining bir qancha turlari inavjud. Ulardan: inisgarlik, kandakorlik, chilangarlik, tunukasozlik, zargarlik, pichoqchilik, ignasozlik kabilarni ko`rsatish mumkin. Hunarmandlar qadimdan bir-birlari bilan birikib bir mahallada yashaganlar. Shuning uchun mahallarning nomi o`sha hunar nomi bilan yuritilgan.
Metallga ishlov berish uchun avvalo kerakli asboblarni tanlab olmoq zarur. Buning uchun tayanch asboblari, chekanka bolg`alari, qaychi va ombirlar, turli shakldagi keskichlar, pichoq, pardozlovchi asboblar, iskana, sandon kabilar kerak bo`ladi. Metallga ishlov berishda ishlatiladigan asbob-uskunalar uchli, kesuvchi va o`tkir tig`li asboblar bo`lib, ular bilan ishlaganda ehtiyot bo`lish, XTQ ga qat’iy rioya qilish zarur. O`qituvchining ruxsatisiz asbob-uskunalarga tegmaslik, ish o`nini ruxsatsiz tashlab ketmaslik lozim. Ishni tugatgach, ish o`rnini qirindilardan tozalashda maxsus tozalagichlardan foydalanish kerak. Metallarga badiiy ishlov berish texnologiyasini o`rganish, uning uslublarini tushunib olish uchun hunarmandlar tomonidan tayyorlanadigan buyumlarning asosiy turlari bilan tanish zarur. Bularga ko`zalar, qumg`on, choynak, choydish, obdasta, isiriqdon, nosqovoq, chilim, turli laganlarni kiritish mumkin.
Pichoqchilik. Pichoqchilik deganda biz pichoq yasash kasbini tushunamiz. Pichoq bobolarimiz uchun qadimdan tirikchilik vositasi bo`lib xizmat qilgan. Hozirgi vaqtda pichoq yasash san’ati xalq amaliy san’ati qatorida ye’zozlanib kelinayotir. Nodir pichoqlar yasashda o`zbek pichoqsoz ustalarining oldiga tushadigan usta kam topilgan. Pichoqchilikning o`ziga xos maktablari mavjud. Farg`ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Qashqadaiyo, Surxondaryo qadimdan pichoqchilik markazlari bo`lib, bo`larda ishlangan pichoqlar o`zining ishlash texnologiyasi, shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan farq qilgan.
Kandakorlik Kandakorlik o`zbek xalq amaliy bezak san’atining eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Kandakorlik deganda metalldan yasalgan buyumlarga o`yib yoki bo`rtma qilib naqsh ishlash tushuniladi. Savdo-sotiqda qadimdan kandakorlik buyumlariga talab katta bo`lgan. Bu asarlar ramziy ifodalarning yangi uslublari hamda g`oyalarini tarqatish manbai bo`lib xizmat qilgan.
Mis buyumlaming turlari. Metalldan yasalgan idishlarning umumiy shakli ma’lum proporsiya hamda seluyetga ega. Jumladan mis laganlar ko`pincha doirasimon, ovalsimon, to`rtburchak shaklda bo`ladi. Mis laganlarining lavxo`ri, dulava kabi turlari bor. Lavxo`ri - ovalsimon yoki to`rtburchak mis lagan bo`lib, ularning lablari yon tomonga qayrilgan bo`ladi. Dulava - tuxumsimon yoki to`rtburchak shakldagi mis laganlar bo`lib, ular yon tomonga qayrilib yana davom etib pastga qayrilgan bo`ladi.
Zargarlik buyumlari. Ular turli-tuman bo`lib. o`ziga xos notnlanadi. Peshonaga taqiladigan tillaqosh, bargak, quloqqa - zirak, boshga - takdo`zi, sanchoq, oltin tumor, ko`krak bezagi murg`ak, zebigardon, tumorcha soch bezaklari, zulfi tilla, osma bezak. gajak, butun tirnoq, yarim tirnoq, qo` sh duo, burun bezagi, yuz bezagi, bel bezagi kamar, bo`yintumor, bilakuzuk, uzuk va boshqalar. Bo`larning barchasi kelin-kuyovlar libosini to`ldirib, xonadonda to`y, bayram va boshqalarda taqiladi.
|
| |