Farg’ona Davlat
Universiteti Tabiiy
Fanlar Fakulteti
Biologiya yo’nalishi
22.59-guruh talabasi
Alijonova Marjonaning
Biokimyo va
molekulyar biologiya
fanidan tayyorlagan
mustaqil ishi
MAVZU: HAYOTNING
MOLEKULYAR ASOSLARI
Reja:
1.Hayotning molekulyar asoslari.
2.Nuklein kislotalar.
3.Oqsillar vazifasi va xossalari.
4.Nuklein kislotalar va Oqsil biosintezi.
Molekulyar biologiya -bu hayotning asosiy xususiyatlari namoyon bo’lishini
molekulyar darajada o’rganadigan fan. Molekulyar biologiyaning muhim
yo’nalishlariga irsiy axborotni amalga oshirish mexanizmlari va hujayraning genetik
apparati strukturasi hamda funksional tuzilishini tekshirish viruslarning hujayra
bilan o’zaro ta’siri mexanizmlarini o’rganish, organizmning immun reaksiyalari
qununiyatlarini aniqlash, energiyaning hosil bo’lishi va o’zgarishining molekulyar
asoslari va hokazolar kiradi. Molekulyar biologiya fani umumiy biologiya, organik
kimyo va fizika fanlarining g‘oyalariga asoslanib, ularning uslubiyoti asosida va
xalq xo‘jaligining umumbiologik muammolari va tibbiyotning ayrim sohalariga
tegishli masalalarni yechishda ilmiy izlanish yо‘llarini o‘rgatadi. Hayotni paydo
bо‘lishini molekulyar darajada о‘rganadi, ya’ni tirik organizmlarning asosiy
xossalari, о‘sishi va rivojlanishi, kо‘payish va differensiyalanish, irsiyat va
immunitet, harakatlanish va tashqi muhitga moslashish va boshqa juda kо‘p biologik
makromolekulalarning molekulyar asosini о‘rganishga va tushuntirishga qaratilgan
fan. Bu
fan
eng
avvalo
nuklein
kislotalarning,
oqsillar
va
boshqa
makromolekulalarning strukturasini, shuningdek eng muhim hujayra komponentlari
yadro, plazmatik membrana, mitoxondriyalar, golji kompleksi, lizosomalar,
ribosomalarning strukturaviy tuzilishi bilan ularning bajaradigan funksiyasi
orasidagi bog‘lanishni о‘rganadi. Molekulyar biologiya hayotiy hodisalarni
makromolekulyar, yani oqsil va nuklein kislotalar yoki juda sodda tuzilishga ega
bo‘lgan hayotiy obyektlar – hujayra komponentlari, ya’ni mitoxondriy, xloroplast,
ribosoma, yadro, hujayra membranalari, viruslar va prionlar darajasida tekshiradi.
Shu bilan birga hozirgi zamon molekulyar biologiya fanining yutuqlarini tushuntirib
berish va metadalogik aspektlarni yoritishdan iborat. Ushbu fanni chuqur
о‘zlashtirishda nazariy bilimlar bilan amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unlashtirilgan holda
amalga oshiriladi.
1-rasm. Molekulyar biologiya.
https://www.google.com/imgres?q=molekulyar%20biologiya&imgurl=https%3A%
2F%2Fbiologiya.az%2Fimages%2Fmolekulyarbiologiya.jpg&imgrefurl=https%3
A%2F%2Fbiologiya.az%2Fpost%2F134%2Fmolekulyarbiologiya&docid=93EJk8
c2_PfEIM&tbnid=QW91EPKzsBh31M&vet=12ahUKEwijx72Wua2FAxXlDxAI
HZ8kCpMQM3oECGkQAA..i&w=500&h=300&hcb=2&ved=2ahUKEwijx72Wu
a2FAxXlDxAIHZ8kCpMQM3oECGkQAA
Molekulyar biologiya 20-asrning 50-yillarida biokimyo fanidan ajralib chiqdi va
mustaqil fan sifatida shakllandi. Molekulyar biologiya terminini birinchi marta
ingliz olimi U.Astberi qoʻllagan. Molekulyar biologiyaning vujudga kelishi
koʻpincha F.Krik va J.Uotson tomonidan 1953-yilda DNK molekulasi gipotetik
modelining kashf etilishi bilan bogʻlanadi. Bu modelda DNK ning biologik
funksiyasi uning kimyoviy tuzilishi bilan bogʻliq ekanligi koʻrsatilgan. Shuni
taʼkidlash kerakki, DNK molekulasi oʻzida irsiy axborotni saqlashi haqidagi
dastlabki maʼlumot 1944-yilda O.Everi va uning xodimlari tomonidan aniqlangan.
Molekulyar biologiyaning shakllanishida genetika, mikrobiologiya, virusologiya
sohasidagi tadqiqotlar katta ahamiyatga ega boʻldi. Shu bilan birga aniq fanlar fizika,
kimyo, matematika, kristallografiya va ayniqsa, rentgen struktura taxlili boʻyicha
erishilgan yutuqlar molekulyar biologiyaning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
Molekulyar biologiya sohasidagi kashfiyotlarga ayrim oqsillarning strukturaviy
tuzilishi va ular bajaradigan funksiyasi bilan strukturasi oʻrtasidagi bogʻlanishning
aniqlanishi (M.Peruts, J.Kendryu, F.Senger, K.Anifensen, Y.Ovchinnikov va
boshqalar), nuklein kislotalar va ribosomalarning tuzilishi hamda biologik
funksiyalari
mexanizmlarning
oʻrganilishi
(J.Uotson,
F.Krik,
R.Xolli,
N.A.Belozerskiy, A.Bayev), qaytar transkriptaza fermentining kashf etilishi
(X.Temin, D.Baltimor), genetik kodning maʼnosi ochib berilishi (M.Nirenberg,
S.Ochoa), oqsil biosintezining asosiy bosqichlari (F.Krik, F.Jakob, J.Mono,
A.Spirin) va nuklein kislotalarning hosil boʻlish mexanizmlari aniqlanishi
(A.Korenberg, S.Ochoa), viruslarning strukturaviy tuzilishi va ular replikatsiyasi
mexanizmlari hamda genetik muhandislik metodlarining ishlab chiqilishi (P.Berg,
V.Arber, G.O.Smit, D.Natane), genning sintezlanishi (X.Korana), prionlarning
strukturaviy va funksional xususiyatlari aniqlanishi (S.Prusner), odam genomining
toʻliq oʻrganilishi va embrional oʻq hujayralarining kashf etilishi (M.Evene,
J.Tompson, J.Bekker) misol boʻla oladi.
Oʻzbekistonda molekulyar biologiyaning rivojlanishi oʻtgan asirning 60- yillariga
toʻgʻri keladi. Uning rivojlanishi biokimyo sohasidagi tadqiqotlar bilan
chambarchas bogʻliq. Molekulyar biologiya fan sifatida dastlab hozirgi OʻzMU ning
biokimyo kafedrasida 1966-yildan oʻqitila boshlandi. Molekulyar biologiya
soxasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo instituti
faoliyati bilan bogʻliq. Bu sohada erishilgan yutuqlarga olimlarimizdan
Y.Toʻraqulov, A.Ibragimov, T.Soashov, B.Toshmuhamedov, A.Abdukarimov,
M.Raximov, Sh.Solihov, Sh.Azimova, T.Yusupov, O.Odilova va boshqa katta hissa
qoʻshgan. Molekulyar biologiya qishloq xoʻjaligida (koʻp mahsulot beradigan zotlar
va hosildor navlar olish maqsadida hayvon va oʻsimliklarning irsiy apparatni
boshqarish va yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar hosil qilishda), mikrobiologiya sanoati
(biologik faol polipeptidlar, oqsillar va aminokislotalarni bakteriyalar yordamida
sintezlash)da, tibbiyot turli sohalari (virusologiya, immunologiya) ning nazariy asosi
sifatida katta amaliy ahamiyatga ega. Hozirgi davrda molekulyar biologiya oldida
xavfli oʻsmalar va irsiy kasalliklarning molekulyar muammolarini oʻrganish,
ularning oldini olish, katalitik reaksiyalar, gormonlar, zaharli va dorivor moddalar
taʼsirining molekulyar mexanizmlarini aniqlash, xotira mexanizmi va nerv
jarayonlari tabiatini aniqlash kabi muammolarni hal qilish vazifalari turibdi.
Molekulyar biologiya biokimyo, biofizika, bioorganik kimyo va biotexnologiya
bilan birga biologiyaning bitta umumiy yoʻnalishi boʻlgan fizik-kimyoviy
biologiyaga kiradi.
Molekulyar biologiyaning asosiy maqsadi hayotiy jarayonlarning asosini tashkil
qiluvchi – irsiyat, о‘z-о‘zini yaratish, oqsillarning biosintezi, qо‘zg‘aluvchanlik,
о‘sish va rivojlanish, axborotni saqlash va uzatish, energiya almashinuvi,
harakatlanish va boshqalarning asosida biopolimerlardan oqsil va nuklein
kislotalarning faoliyati asosida namoyon bо‘ladi. Molekulyar biologiyaning boshqa
sohalaridan farqi makromolekulalarning biologik vazifasini uning strukturasi va
fazoviy konfiguratsiyasiga bog‘liq ekanligi asosida tadqiq-izlanishlariga olib boradi.
Demak, biror biologik funksiyaning namoyon bо‘lishi molekulalarning fizikaviy-
kimyoviy о‘zgarishga bog‘liqligi asosida kelib chiqadi. Hayotiy jarayonlar
fizikaviy-kimyoviy qonuniyatlardan ustun bо‘lsa ham biologik hodisalarni tadqiq
qilishda molekulyar biologiyani asosiy metodologiyasi fizikaviy-kimyoviy
g‘oyalarga asoslanadi.
|