Oqsilning birlamchistrukturasi.
Oqsillarning
birlamchi strukturasi deb, aminokislotalarni polipeptid zanjirida
ketma-ket
joylanish
tartibiga
aytiladi.
Oqsilning
birlamchi
strukturasi
aminokislotalarning sifat va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Birlamchi struktura asosini
peptid bog‘lari tashkil etadi.
Oqsillarning ikkilamchi strukturasi
.
Polipeptid zanjirining fazoviy konfiguratsiyasiga, а-spiral yoki βstrukturasini hosil
qilishi, oqsillarni ikkilamchi strukturasi deyiladi. Polipetid zanjirining hamma qismi
bir xilda spirallangan bo‘lmay oz qismi to‘g‘ri amorf holda bo‘lishi mumkin.
Oqsillarning
ikkilamchi
strukturasi
polipeptid
molekulasining
fazodagi
konfiguratsiyasini (joylashuvini) belgilaydi. Oqsil
molekulasining ikkilamchi
strukturasi hosil bo‘lishida karbonil va imid guruhlari o‘rtasida vodorod bog‘lari
hosil bo‘lishi ahamiyatlidir.
Oqsilning uchlamchi strukturasi
deb spiral ko‘rinishidagipolipeptid
zanjirning
ma’lum hamda globulyar (sharsimon) yoki fibrillyar (ipsimon) struktura hosil
qilishiga aytiladi. Polipeptid zanjirining uzunligi spiral hosil qilgandan so‘ng 4
marotaba qisqaradi. Oqsillarning uchlamchi strukturasi kuchli (kovalent) va kuchsiz
(qutbli, ion, van-der-vaals) bog‘lar yordamida mustahkam ushlab turiladi.
Kovalent
bog‘lariga disulfid (-S-S-), izopeptid yoki psevdopeptid bog‘lari kiradi. Ularga lizin,
arg aminogruppasi bilan yon radikallari orasidagi bog‘lar kiradi. Kovalent
bo‘lmagan bog‘larga vodorod va ion bog‘lari kiradi. Vodorod bog‘lari
aminogruppalar bilan aminokislotalar radikali orasida va karboksil gruppa bilan
boshqa aminokislota orasida vujudga keladi. Ionli yoki elektrostatik bog‘lanish esa
liz, arg, gis zaryadlangan
guruhi bilan yon radiakallari, val, asp, glutaminning -
COO- orasida hosil bo‘ladi. Polipeptid zanjirini
uchlamchi struktura
konformatsiyasini oqsilning xossasiga, aminokislota radikallarining
xossasiga va
atrof- muhit sharoitiga qarab aniqlanadi. Oqsillarning polipeptid bog‘larini
joylanishida energetik qulay shakliga o‘tishi qabul qilingan bo‘lib, oz miqdorda
erkin energiya hosil bo‘lishiga asoslangan. Shuning uchun qutbsiz radikallar suvdan
uzoqlashib oqsilning ichki uchlamchi struktura shaklini hosil qiladi.
Ular asosan
oqsil strukturasini ichiga joylashgan bo‘ladi.