Farg’ona Davlat Universiteti Tabiiy




Download 483,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana14.05.2024
Hajmi483,98 Kb.
#233780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
biokimyo referat

Ribosomal RNK (rRNK)
ribosomalarning katalitik qismidir. Eukaryotik 
ribosomalar to'rt turdagi rRNK molekulalarini o'z ichiga oladi: 18S, 5.8S, 28S va 
5S. To'rt turdagi rRNKdan uchtasi yadroda sintezlanadi. Sitoplazmada ribosoma 
RNKlari ribosoma oqsillari bilan birlashib, ribosoma deb nomlangan nukleoprotein 
hosil qiladi. Ribosoma mRNKga birikadi va oqsilni sintez qiladi. rRNK hujayralar 
sitoplazmasida topilgan RNKning 80% ni tashkil qiladi.
 


 
7-Rasm. Informatsion, transport va ribosomal RNKlarning tuzilishi. 
https://www.google.com/imgres?q=m%20rna%20structure&imgurl=https%3A%2
F%2Fmicrobenotes.com%2Fwp-content%2Fuploads%2F2021%2F10%2FRNA-
DefinitionPropertiesStructurCompositionTypesFunctions.jpeg&imgrefurl=https%3
A%2F%2Fmicrobenotes.com%2Frnaribonucleicacid%2F&docid=EaI7JYQx0ot9P
M&tbnid=PuvYWMDZPqwZxM&vet=12ahUKEwjCubiohq6FAxUwPxAIHQkQ
B6wQM3oECDUQAA..i&w=750&h=393&hcb=2&ved=2ahUKEwjCubiohq6FAx
UwPxAIHQkQB6wQM3oECDUQAA
 
Oqsillar tuzilishi va funksiyalari. 
Shved olimi I.Ya.Berselius 1938-yilda azot saqlovchi organik birikmalarni 
o‘simlik va hayvon to‘qimalaridan ajratib olib, uni proteinlar deb nomlagan (grekcha 
protos - birlamchi, muhim demakdir). Oqsil inson organizmi massasining 25% 
gacha, quritilgandan keyin esa 45-50% ni tashkil qiladi. Oqsillarning turli a’zo va 
to‘qimalardagi miqdori turlicha bo‘ladi. Oqsil inson va hayvon organizmlarida 
quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Strukturali funksiya - barcha to‘qimalar, hujayralar va organoidlar oqsildan tashkil 
topgan. Bu yerda fibrillar oqsillar (kollagen, keratin, elastin va boshqalar) muhim 
vazifani bajaradi. 


2.Katalitik funksiya - organizmdagi biokatalizatorlar - fermentlar oqsil tabiatiga ega 
va barcha biokimyoviy reaksiya sodir bo‘lishini boshqaradilar, ya’ni reaksiyalar 
tezligini ma’lum tartibda borishiga va boshqarilishiga imkon beradi. 
3.Energetik funksiya - oqsillar oshqozon ichak traktida parchalanib, oddiy 
aminokislotalar shaklida so‘riladi. Aminokislotalarning ma’lum qismi oksidlanib 
energiya hosil qiladi. 
4.Transport vazifasi. Oqsillar suvda, qonda yaxshi eriydigan xususiyatga ega va 
suvda, qonda erimaydigan moddalar bilan kompleks hosil qilib ularning 
eruvchanligini, tashilishini ta’minlaydi. Masalan: qon plazmasi oqsili albumin yog‘ 
kislotalar, lipidlar, boshqa oqsillar temir, mis, vitamin, gormonlarni nishon a’zolarga 
tashiydi.
5.Qisqaruv funksiyasi - mushak oqsillari tarkibiga kiruvchi aktin, miozin, 
troponinlar qisqaruv qobiliyatiga ega. Bu oqsillar muskullar tarkibiga kirib mexanik 
ish bajarishda qatnashadi. Qisqarish funksiyasi sitoskelet oqsillariga ham xosdir
ular hujayra hayot faoliyati jarayonlarini (mitoz jarayonida, xromosomalar 
ajralishida) ta’minlaydi. 
6.Himoya funksiyasi. Organizmga tushgan begona oqsillar, viruslar, bakteriyalar 
toksinlari antigenlar deb hisoblanadi va ularga qarshi himoya oqsillar-antitelolar 
hosil bo‘lib antigenlar bilan birikib zararsizlantiradi. Qon plazmasidagi fibrinogen 
va trombin oqsillari qon ivishida ishtirok etib, organizmni turli jarohatlanish sodir 
bo‘lganda, qon yo‘qotishdan saqlaydi. 
7.Tayanch vazifasini bajaradi. Teri, suyak, tirnoq, soch, pay, tog‘ay oqsillardan 
tashkil topgan bo‘lib, inson tanasida tayanch vazifasini bajaradi. 
8.Boshqaruv vazifasi. Ba’zi boshqaruv moddalar - gormonlar oqsil tabiatiga ega. 
Masalan, insulin gormoni, yuqori biologik aktiv modda bo‘lib, modda almashinuvini 
boshqaruvida ishtirok etadi. 
9.Irsiy vazifasi. Irsiy axborotni saqlovchi xromosomalar murakkab oqsillar 
nukleoproteidlardan iborat. 


8-Rasm. Oqsillar va ularning tuzilishi. 
https://www.google.com/imgres?imgurl=https%3A%2F%2Fcheminfo.uz%2Fwp-
content%2Fuploads%2F2023%2F01%2FIMG_20230104_191008_728.jpg&tbnid
=UjP1Nnp4ZHW4CM&vet=10CAIQxiAoAGoXChMI2P6qpYiuhQMVAAAAAB
0AAAAAEBI..i&imgrefurl=https%3A%2F%2Fcheminfo.uz%2Foqsillar-va-
ularningtuzilishi%2F&docid=GO9arviWJAGf1M&w=800&h=322&itg=1&q=oqsi
llar%20tuzilishi&ved=0CAIQxiAoAGoXChMI2P6qpYiuhQMVAAAAAB0AAA
AAEBI
 

Download 483,98 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Download 483,98 Kb.
Pdf ko'rish