9-Rasm. Oqsil tuzilishi.
https://www.google.com/imgres?imgurl=https%3A%2F%2Fwww.hielscher.com%
2Fwp-content%2Fuploads%2FScheme-Merrifield-solid-phase-peptide-
synthesisSPPSConejosSanchezetal.2014.jpg&tbnid=ktwnc53kly7DM&vet=12ahU
KEwjbqq2nzv6EAxUVJhAIHemmB88QMygQegQIARBx..i
&imgrefurl=https%3A%2F%2Fwww.hielscher.com%2Fuz%2Fpeptide-
synthesismadeefficientusingsonication.htm&docid=WOFkU_G6_R8xFM&w=640
&h=489&q=peptid%20bog%27&hl=en&ved=2ahUKEwjbqq2nzv6EAxUVJhAIH
emmB88QMygQegQIARB
Tripeptidga yana bir molekula aminokislota birikib tetrapeptid,
beshinchi
aminokislota birikib pentapeptid hosil bo‘ladi. Shu yo‘l bilan geksapeptid va
polipeptidlar hosil bo‘lishi mumkin. Oqsil molekulasining tuzilishi to‘g‘risida juda
ko‘p gipotezalar taklif qilingan. Bulardan ko‘pchilik biokimyog‘arlar
polipeptid
nazariyasini qabul qilganlar. Polipeptid nazariyasi birinchi bo‘lib, 1902-yilda rus
olimi A.YA. Danilevskiy va nemis olimi E. Fisher tomonidan yaratilgan. Bu
nazariyaga binoan oqsil molekulasida aminokislotalarni o‘zaro peptid bog‘i
yordamida birikib polipeptid zanjirni tashkil qiladi. Bu nazariyani isbotlash uchun
E.Fisher va E.Abdergalden sintetik polipeptidlar tayyorlab ularni fizik-kimyoviy
xossalarini o‘rgangan va sintetik polipeptidlar va oqsillar o‘rtasida o‘xshashlik
borligini aniqlashgan. Aminokislota
qoldiqlarida erkin holda amin, karboksil,
gidrooksil, fenol, amid va boshqa guruhlari mavjuddir.
Shu sababli bu guruhlar
polipeptid zanjirlarining fazoviy konfiguratsiyasiga (shakllanishiga) juda katta ta’sir
ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda oqsillarning to‘rt xil struktura darajasi borligi aniqlangan:
1. Birlamchi strukturasi.
2-Ikkilamchi strukturasi.
3. Uchlamchi strukturasi.
4. To‘rtlamchi strukturasi.