Nuklein kislotalar.
Nuklein kislotalar yuqori molekulali biopolimerlar bо‘lib, molekulyar massasi 250
dan 1,2.10 kDa atrofida bо‘ladi. Ular tirik organizmda irsiy belgilarni saqlab, ularni
avloddan-avlodga о‘tkazishda bevosita ishtirok etib, kibernetik vazifani bajaradilar.
1869-yilda Shvetsariyalik olim F.Misher tomonidan hujayra yadrosida nuklein
kislotalar aniqlanganligi uchun nukleus (lotincha nucleys-yadro) deb atalgan.
Tarkibidagi uglevodga qarab ular dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK)
kislotalariga bо‘linadi.
2-rasm. Fredrix Misher. Nuklein kislotalarni 1-marta aniqlagan olim.
https://encryptedtbn1.gstatic.com/images?q=tbn:ANd9GcQP7z48F9i4X_b_JnIvjL
pIqwwASnNhcZDqPDGGtYrbdfsvHejz
Nuklein kislotalar organizmlarda hujayralarning deyarli hamma organoidlar
tarkibida uchraydi. Yadroda DNK oqsil bilan birgalikda dezoksinukleoprotoeid
(DNP) shaklida (umumiy massaning-1% ni tashkil qiladi). Ularning
mitoxondriyalarda, xloroplastlarda ham borligi aniqlangan. Yadroviy DNKda
organizmning tur spets ifikligini belgilovchi genlarning asosini tashkil qilib, hujayra
suyuqligida esa irsiy belgilarni kо‘chiruvchi RNKlarni uchratish mumkin. Biologiya
tarixida nuklein kislotalarning tadqiq qilinishi mazkur fanni tavsifiy sohadan
eksperimental yо‘nalishga aylantirishida benihoya katta xizmat qildi. Nuklein
kislotalarni tuzilishi va vazifalarini aniqlashda katta xizmat qilgan Nobel mukofotiga
sazovor bо‘lgan olimlardan D.J.Uotson, F.Krik va M.Uilkins, hujayra tashqarisida
DNK sintezini aniqlagan A.Kornberg, S.Ochao va genetik kodni ochgan
M.Nirenberg, R.Xoli va X.Koranalarni kо‘rsatish mumkin. Informatsiya RNKni va
oqsil sintezini ribosomada aniqlashda xizmat qilgan rus olimlaridan akademiklar
A.N.Belozerskiy va A.S.Spirinlardir. Nuklein kislotalarining jahon miqyosida
muntazam ravishda ilmiy jihatdan tadqiq qilinishi natijasida hozirgi kunda biologiya
fanida molekulyar biologiya, gen muhandisligi va biotexnologiya sohalari
shakllanib, bu yо‘nalishlar asosida daktiloskopiya, transgen о‘simlik, hayvonlar va
klonlash usullari paydo bо‘ldi. Mazkur yо‘nalishlar faqat nazariy bо‘lmasdan, balki
tibbiyotda, qishloq hо‘jaligida insonni ajablantiruvchi ilmiy ishlar qilinmoqda.
|