|
Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasiBog'liq biokimyo referat Nuklein kislotalarning birlamchi strukturasi
.
DNK tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun birinchi marotaba
E. Chargaff tomonidan aniqlangan va keyinchalik «Chargaff qoidalari», deb
nomlangan azot asoslari miqdoriy saqlanishi haqidagi qonuniyatlar muhim
ahamiyatga egadir. Turli manba’lardan ajratilib, tozalangan DNK tarkibi
tekshirilganda quyidagilar aniqlandi:
1.Purin va pirimidinlar molyar qismi tengdir: A+G=S+T yoki A+G\S+T=1
2.Adenin va sitozinning miqdori guanin va timinning miqdoriga tengdir:
A+S=G+T yoki A+S\G+T=1
3.Adenin miqdori timin miqdoriga teng, guanin miqdori esa sitozin miqdoriga
teng: A=T va G=S; A\T=1; G\S=1
4.Bundan tashqari spetsifiklik koeffitsiyenti o‘ziga xos bo‘lib, u G+S\A+T nisbati
bilan belgilanadi. Hayvonlar va ko‘pchilik o‘simliklar uchun koeffitsiyent 1 dan
past (0,54-0,94), mikroorganizmlar uchun esa 0,45-2,57 oralig‘idadir.
DNKning ikkilamchi strukturasi.
1953-yilda J. Uotson va F. Krik taklif etgan model, qator analitik ma’lumotlar va
rentgen strukturali tekshiruvlar asosida DNK molekulasini 2 zanjirdan iborat
ekanligi aniqlandi. Quyida shu modelning asosiy xususiyatlari ta’riflab o‘tilgan.
DNK molekulasi antiparallel ravishda yo‘nalgan va boshidan oxirigacha vodorod
bog‘lari bilan bir-biriga bog‘langan ikkita polinukleotid zanjirlaridan tuzilgandir
(mononukleotidlarning har biri vodorod bog‘lari hosil qilishda qatnashadi).
2.Zanjirlar orasidagi vodorod bog‘lari bir zanjir adenin qoldig‘ining ikkinchi zanjir
timin qoldig‘i bilan (A.. .T jufti bilan) va bir zanjirning guanin qoldig‘i bilan
ikkinchi zanjirning sitozin qoldig‘i (G::: S jufti) ning o‘ziga xos tarzda o‘zaro ta’sir
qilishi hisobiga hosil bo‘ladi. Juftni hosil qiluvchi asoslar shu ma’noda bir-biriga
komplementar bo‘ladiki, bularning o‘rtasida vodorod bog‘lari boshqa
kombinatsiyalardagiga qaraganda (masalan, A va G, A va S va hokazoga
qaraganda) osonroq vujudga keladi. Bu - asoslar juftlari orasida vodorod bog‘lari
hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi guruhlarning joylashish geometriyasi bilan
umuman DNK molekulasi geometriyasiga bog‘liqdir.
3.DNK molekulasi bir zanjirining birlamchi strukturasi ikkinchi zanjir birlamchi
strukturasiga komplementardir. Ushbu jarayon quyidagi sxemada berilgan:
(51^31) A - T - T - S - T - S - G - T - S - G - G
(31^51) T - A - A - G - A - G - S - A - G - S - S
4.Ikkala zanjir umumiy o‘qqa ega bo‘lgan spiral holida o‘ralgan zanjirlarni yechib
yozish yo‘li bilangina bir-biridan ajratish mumkin (bunday spirallar plektonemik
spirallar deb ataladi). Purin va pirimidin asoslari spiral ichiga qaragan va ularning
tekisliklari spiral o‘qiga tik va bir-biriga paralleldir. Shunga ko‘ra asoslar dasta
bo‘lib turadi. Shu dastadagi asoslar o‘rtasida gidrofob o‘zaro ta’sirlar yuzaga
chiqib, bular qo‘shaloq spiralning turg‘un holatda bo‘lishiga zanjirlar orasidagi
vodorod bog‘lari asosiy hissani qo‘shadi. Riboza fosfat qismlari chetki tomonlari
joylashib, spiralning kovalent o‘zagini hosil qiladi.
|
| |