3.3. “Zilol” xududida GPON tarmog‘i loyixasi va qurilishi.
GPON tarmog‘ini qurishda passiv optik tarmoqlarni qurishda ko‘plab qurilmalar va komponentlar qo‘llaniladi. Ammo bunda asosan ATS binosida va abonent xonadonida joylashgan qurilmalar (OLT va ONT) aktiv bo‘lib ularni elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash kerak.
Hozirda FTTH tamoili bo‘yicha GPON tarmog‘ini qurishda qo‘llanilayotgan OLT qurilmasiga 8 portli V1600G qurilmasini keltirish mumkin. Uning umumiy ko‘rinishi va portlarining vazifalari quyidagi 3.10-rasmda tasvirlangan.
V1600G seriyali GPON OLT qurilmalari - bu 19 dyumli shakfka o‘rnatiladiga bo‘lib, kichik o‘lamga ega va ammo yuqori texnik xarakteristikalarga ega. Mazkur turdagi OLT qurilmalari aholi chiz joylashmagan aholi xonadonlarda joylashgan xududlarda optik GPON tarmog‘ini qurish uchun qo‘llaniladi. Ushbu qurilmaning yordamida Triple-Play ilovalari, VPN, IP kameralar, korporativ LAN va AKT dasturlari uchun foydalanish mumkin.
3.10-rasm. V1600G seriyali GPON OLT qurilmasi va uning portlari
Splitters - bu GEPON \ GPON liniyasidagi optik kabelning tarmoqlanish joylarida o‘rnatiladigan passiv optik tarmoqlagichardir. Splitterda yuqori oqim tarmog‘iga ulanish uchun 1 yoki 2 ulagich (ortiqcha optik "daraxt" bo‘lsa) va quyi oqimdagi ajratgichlar va / yoki mijoz uskunalarini ulash uchun 2, 4, 8, 16, 32, 64 va boshqalar ulagichlar mavjud. O‘rnatishga qarab, splitter yopiq yoki tashqi o‘rnatish uchun korpusga ega. Splitter CATV xizmati uchun 1310nm, 1490nm, 1550nm to‘lqin uzunlikdagi bo‘linishni yoki xPON tarmog‘ida CATV signali bo‘lmasa, 1310nm, 1490nm to‘lqin uzunlikdagi bo‘linishni qo‘llab-quvvatlaydi. FTTH tarmog‘ini GPON texnologiyasi asososida qurishda biz loyixamizda 1x16 turdagi tarmoqlagichlar foydalanamiz (3.11-rasm).
3.11-rasm. GPON texnologiyasi asososida FTTH tarmog‘ini qurishda qo‘llaniluvchi 1x16 turdagi tarmoqlagich
Bundan tashqari GPON asosida FTTH tarmog‘ini qurishda optik kabellarni tanlash asosiy vazifadir. Quyidagi 3.12-rasmda GPON tarmog‘ida qo‘llayotgan kabel tasvirlangan. Ushbu kabel optik xavo aloqa liniyalarini qurishda qo‘llaniladi. Aloqa liniyasi ustunlarida, elektr uzatish liniyalarida va binolar orasida yotqazish uchun qo‘llaniladi. Kafbelni ustunlarga maxkamlash klipsalar yordamida amalga oishirladi. Bu kabel tarkibidagi tolalar soni 6 tadan 24 tagacha bo‘lishi mumkin. Kabelni osishda tayanchlar orasidagi masofa maksima 150 metrni tashkil qiladi.
3.12-rasm. GPON tarmog‘ini qurishda qo‘llaniluvchi optik kabel.
3.13-rasm. GPON tarmog‘ida qo‘llaniluvchi OK-FOSC-FTTH-8 markali optik taqsimlash muftasi.
GPON Tarmoqlarida optik kabellarning o‘zaro ulanishlari, bir optik kabel tarkibidagi tolalarni turli optik kabellarga ajratish uchun ham optik mufat kabi jixozlardan foydalaniladi. Vazifasiga ko‘ra optik kabel muftalari tarkibidagi tolalar soni bir xil bo‘lgan optik kabellarni o‘zaro ulangan joyini tashqi ta’sirlardan ximoyalash maqsadda qo‘llaniluvchi to‘g‘ri muftalarga yoki bir kabel tarkibidagi tolalarni bir necha optik kabellarga ajratilishi zarratida bir kabelni bir necha kabelga ulash uchun qo‘llaniladigan optik muftalar qo‘llaniladi.
OK-FOSC-FTTH-8 markali optik taqsimlash muftasi maxsus FTTH, FTTB va FTTx kirish tarmoqlarida qo‘llanishi uchun ishlab chiqilgan. Ushbu bufta tez va oson montaj qilinishi va tashqari yoik inshoat ichida qllash uchun ishlab chiqarilgan.
Bu mufta orqali 8 ta tolali abonent drob kabellarini o‘zaro ulash mumkin.
3.14-rasm. Farg’ona tumani “Zilol” maxallasi “Qurulish” ko‘chasida GPON tarmog‘ini loyixasi Tepasidagi rasm bilan birga o‘zgartiriladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan optik tarmoq komponentlari yordamida Farg’ona tumani “Zilol” maxallasi xududida joylashgan “Qurulish” ko‘chasi aholisining xonodonlariga GPON texnologiyasi asosida FTTH tarmog‘ini qurish mumkun bo‘ladi. Ishlab chiqilgan loyixaning amalga oshirilishi 3.14-rasmda tasvirlangan.
Ishlab chiqilgan loyixa asisda “Zilol” maxallasi “Qurulish” ko‘chasi aholisi uchun GPON texnologiyasidan foydalanib optik abonent kirish tarmog‘ini qurilishi natijasida mazkur aholi uchun ko‘plab telekommunikatsiya xizmatlarini sifatli xolatda yetkazib berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Xususan 130 nm to‘lqin uzunligidan foydalangan xolda ATS dan abonentga tomon quyi oqim shakllantiriladi, 1490 nm nm to‘lqin uzunligida abonentlardan ATS ga tomon yuqori oqim hosil qilinadi va bu to‘lqinlardan foydalangan xolda abonentlarga telefoniya xizmatini, yuqori tezlikli internet xizmatini, faksimil xizmatini, yuqori sifatli IP TV xizmatlarini taqdim etish imkoniyati paydo bo‘ladi.
|