“Zilol” xududida GPON daraxtsimon tarmog‘ini qurishda optik budjetni hisobi




Download 5,58 Mb.
bet11/16
Sana05.06.2024
Hajmi5,58 Mb.
#260528
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Individual loyiha2

3.2. “Zilol” xududida GPON daraxtsimon tarmog‘ini qurishda optik budjetni hisobi.


Ushbu xududda 226-ATS dan “Zilol” maxallasida, xususan “Qurulish” ko‘chasida joylashgan oxirgi xonadongacha bo‘lgan masofa yoki optik aloqa linisining uzunligi aynan tarmoqdagi optik budjet miqdoriga bog‘liq. Optik kirish tarmoqlarini asosiy cheklovchi omillardan biri bu optik byudjed bo‘lib, optik budjet bu ATS dagi OLT (optik liniya terminali) ga ulanish nuqtasidan to eng uzoq masofada joylashgan abonent qurilmasi ONT gacha bo‘lgan optik toladagi maksimal so‘nishning qiymatidir. Yoki boshqacha qilib aytganda ushbu uchastkadagi ruxsat etilgan maksimal so‘nish qiymati bo‘lib, ushbu uchastka uzunligi bundan ortiq bo‘lganda so‘nish qiymati optik budjetdan ortib ketadi va ulanish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. Optik budjetning to‘liq hisoblangan qiymati aktiv qurilmalar, optik tolali kabel va tarmoq komponentalarining texnik ma’lumotlariga asosan amalga oshiriladi.
Optik budjetni hisoblashda bitta OLT-ONT lar orasidagi kanal uchun hisoblashlarni amalga oshirish yetarlidir (3.7-rasm). Optik budjetning xos hisoblashlari tarmoq texnologiyasi va uning arxitekturasiga bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarni hisobga olgan xolda amalga oshirilishi lozim. Bunday yo‘qotishlarning manbalari quyidagilar[10]:

  • Optik toladagi so‘nishlar (kilometriga hisoblanadi), bu optik tolaning uzunligi va so‘nish koeffitsiyenti orqali izoxlanadi (jadval);

  • Ajralmaydigan ulanishlar (montaj qilingan ulanishlar). Bunday yo‘qotishlar butun bir liniyadagi montaj bo‘lagn tugunlar soni va har bir ulanishdagi so‘nish miqdori bilan ifodalanadi. Bunda bitta ulanishdagi yo‘qotish meyori 0,05-0,1 dB gacha qiymatlarni tashkil etadi;

  • Ajraladigan ulanishlar hisobiga yo‘qotishlar (konnektorlar, yoki optik ulagichlar). Bunday yo‘qotishlarning umumiy qiymati xar bir konnektordagi yo‘qotishlar va butun liniya uzunligidagi konnektorlar yordamida ulanishlar soniga bog‘liq xolda aniqlanadi. Bitta ajraladigan ulanishdagi yo‘qotishning meyoriy qiymati 0,2-0,3 dB gacha qiymatlarni tashkil etishi mumkin;

  • tarmoqlagichlar (splitterlar) asosiy yo‘qotishlar manbai hisoblanib, tarmoqlagichga kiruvchi quvvat bin necha chiqish portlariga teng taqsimlanadi. Tarmoqlagichlarning yo‘qotishlari tarmoqlash soniga bog‘liq (ya’ni chiqish portlari soniga) va 1:2 turdagi splitter uchun yo‘qotishlar taxminan 3 dB ni tashkil qiladi va chiqish portlarining soni har ikki marta oshganda yo‘qotishning qiymati 3 dB ga ortadi. Bu yo‘qotishlar ikkala yo‘nalishdagi (OLT dan ONT ga tomon uzatilayotgan va aksincha ONT dan OLT ga taomon uzatilayotgan) signallar uchun ham qabul qilinadi.

  • Ekspluatatsion zaxira, linayadagi shikastlanishlarni hisobga olgan xolda ta’minlanishi lozim bo‘lgan qo‘shimcha quvvat. Shuningdek bu ekspluatatsion zaxira uzatish sharoitining yomonlashuvi va tarmoqning kelajakdagi rivojlanishini nazarda tutgan xolda ham ta’minlanishi lozim. Bunday ekspluatatsion zaxiraning qiymati 2...4 dB ni tashkil etib uning maksimal qiymati 6 dB, tavsiya qilingan qiymati esa 3 dB bo‘lishi mumkin.

GPON tarmog‘i uchastkasidagi barcha yo‘qotishlarning yig‘indisi mazmunan so‘nishning energetik potensialini anglatadi (3.7-rasm).



3.7 –rasm. So‘nishning energetik budjeti

ONT ning kirishidagi quvvat turlicha bo‘lishi mumkin., vaxolanki abonentlar asosiy stansiyadan turli masofada joylashishlari mumkin. Ya’ni optik signal quvvatiga klaster rayonigacha bo‘lgan magistral kabelning uzunligi va undagi yo‘qotishlar manbalari ta’sir qiladi.


Endi ma’lum bir ATS da joylashga OLT dan ma’lum uzoqlikda joylashgan abonentning ONT qurilmasi orasidagi optik liniya uchun so‘ninishning energetik budjetini hisoblaymiz. hisoblashlar shartli ravishda berilgan qiymatlar asosida amalga oshiriladi. 3.8-rasm GPON tarmoq uchastkasini yo‘qotishlar manbaalari bilan illyustratsiyasini ifodalaydi.

3.8 – rasm. GPON tarmoq uchastkasi, ya’ni biror ATS dagi OLT dan abonent ONT sigacha bo‘lgan uchastka

GPON tarmoq uchastkasidagi OLT dan ma’lum uzoqlikda joylashgan aboyentning ONT qurilmasi orasidagi optik liniya uchun so‘ninishning energetik budjetini hisoblash maqsadiga shartli ravishda berilgan dastlabki ma’lumotlar:



  • Daraxtsimon liniya uchun optik tolali aloqa liniyasi uzunligi:

Li = 3,697 km;

  • Optik toladagi so‘nish koeffitsiyenti: α = 0,35 dB/km;

  • Optik splitterlar soni: N1/4 = 1, N1/8 = 1; N1/2=1.

  • Ajraladigan ulanishlar soni: Np = 8;

  • Ajralmaydigan, mantaj qilingan ulanishlar soni: Ns = 8;

  • Ekspluatatsion zaxira: Ae.z = 3 dB;

  • Ishchi to‘lqin uzunligi λ=1310 nm.

Quyidagi 3.2-jadvalda GPON daraxtsimon tarmog‘ida qo‘llaniluvchi optik komponentlar tomonidan kiritiladigan yo‘qotishlarning o‘rtacha qiymati keltirilgan.
Jadqal-3.2




Download 5,58 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 5,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Zilol” xududida GPON daraxtsimon tarmog‘ini qurishda optik budjetni hisobi

Download 5,58 Mb.