• Dam olish kunim”mavzusida tayyorlagan ochiq
  • Shakllantirilayotgan kompetensiyalar: – kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy. Amalga oshirish usuli
  • IV.Darsning jihozi: 5-sinf o‘zbek tili darsligi, noutbook, plakatlar, tarqatma materiallar, kartochkalar, testlar, texnika vositasi . 1. Dars rejasi
  • Uy vazifasini so‘rash va baholash.
  • “Zehningizni sinab ko`ring”
  • Foydalanish uchun so‘zlar
  • 1 - mashq.
  • Yangi mavzuni mustahkamlash Drsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag’batlantiriladi va baholadi. Uyga vazifa.
  • Farg’ona viloyat Beshariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining




    Download 2,01 Mb.
    Sana26.05.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #254205
    Bog'liq
    5-sinf O`zbek tili Dam olish kunim



    Farg’ona viloyat Beshariq tumani
    maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining O‘zbek tili(davlat tili) fani o‘qituvchisi Ergasheva Qumrixon
    Usmanovnaning 5 - sinf uchun

    Dars ishlanmasi
    Dam olish kunim”mavzusida
    tayyorlagan ochiq

    Fan: O‘zbek tili Sinf: - 5


    Dars mavzusi: “Dam olish kunim”.
    a) Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga “Dam olish kunim” mavzusi yuzasidan tushuncha berish.
    b) Tarbiyaviy maqsad:
    - O‘quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
    c) Rivojlantiruvchi maqsad:
    - O‘quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirish. Mustaqqil amaliy ishlarni bajara olishini rivojlantirish: Mavzuni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak.
    Bilimlar: Mavzuni o‘quvchilar tomonidan qisqa vaqt ichida o‘zlashtirishga erishish, o‘quvchilarga fanga qiziqish uyg’otish, o‘quvchilar faolligini oshirish,yakka tartibda mustaqi lishlashga o‘rgatish.
    Ko‘nikmalar: Yangi bilimlarni egallaydilar, mustaqil ishlashni, o‘z-o‘zini nazorat qilishni o‘rganadi, mavzugai oid yangiliklardan xabardor bo‘ladi. Aniq va erkin fikr bildirishga intiladi.
    Malakalar: Qo‘yilgan muammolar bilan mustaqil ishlashni o‘rganadi. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar to‘playdi, ularni o‘rganadi. Mavzu yuzasidan mustaqil ish bajaradi.
    Shakllantirilayotgan kompetensiyalar:
    – kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy.
    Amalga oshirish usuli:
    – guruhlarda va juftliklarda ishlash
    III.Darsning uslubi: “Zehningizni sinab ko`ring” metodi, “Juftini top!” metodi, “Kim javob beradi?”, “O‘rnimni top!”, “Chalkashtiruvchi” metod, “Qadamlar” va “O`rningni top!” metodlar.
    IV.Darsning jihozi: 
    5-sinf o‘zbek tili darsligi, noutbook, plakatlar, tarqatma materiallar, kartochkalar, testlar, texnika vositasi .
    1. Dars rejasi:
    1) Tashkiliy qism
    a) salomlashish, davomatni aniqlash va sinf xonasi tozaligini nazorat qilish;
    b) guruhlar va guruh sardorlari bilan tanishish
    2) Asosiy qism
    a) o‘tilgan mavzuni so‘rash;
    b) yangi darsning bayoni;
    v) amaliy ish;
    3) Xulosa
    a) g‘olib guruhni aniqlash
    b) faol ishtirok etgan o‘quvchilarni baholash; v) uyga vazifa

    1.Tashkiliy qism 5 daqiqa
    2.O‘tilgan mavzuni takrorlash 10 daqiqa
    3.Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa
    4.Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
    5.Uyga vazifa. 5 daqiqa

    Tashkiliy qism


    1. Salomlashish

    2. Davomotni aniqlash

    3. Navbatchi ishini tekshirish

    4. Siyosiy daqiqa

    Uy vazifasini so‘rash va baholash. “Dam olish kuni nima uchun kerak?”
    mavzusida 4 -5 gapdan iborat bog'lanishli matn tuzing.
    O ‘tilgan mavzuni takrorlash.
    Yangi mavzu bayoni
    1 - topshiriq. Mini testni bajaring. Berilgan gaplarni qaysi mavzularga tegishli ekanligini jadvalda belgilang. “Zehningizni sinab ko`ring” metodi


    1- mashq. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
    O`rnimni top!” metodi
    1. U ... kelyapti. 2. Aziz ... xat oldi. 3. ... erta qaytdi. 4. Ahmad ... chiqmadi. 5. ... o‘tib uyga kirdik. 6. Piyodalar ... yurish kerak.
    Foydalanish uchun so‘zlar: akasidan, o‘qishdan, maktabdan, uydan, ko‘chadan, yo‘lagidan.
    2 - topshiriq. So‘zlarni to‘g‘ri joylashtirib, gaplar tuzing. “Chalkashtiruvchi” metod
    1. Darsdan, keldim, uyga, so‘ng.
    2. Maktabdan, kirdim, dorixonaga, chiqib.
    3. O‘qituvchidan, so‘radim, ruxsat.
    4. Men, ko‘prikdan, o‘tdik, va, singlim.
    1 - mashq. O‘zingiz tuzgan “Dam olish kunim” rejasi asosida yozma matn tuzing. Matnda ishtirok etgan kelishik qo‘shimchalarini namunadagidek izohlang.
    Namuna: Onamga (jo‘nalish kelishigi) uy ishlarida (o‘rinpayt kelishigi) yordam berdim.

    Qadamlar” metodi, o`quvchilar bu metod orqali chaqqonligi va bilimi bilan qanchalik ko`p qadam tashlay olishini o`yin orqali namoyon qiladi, bu o`yin bitta o`quvchi bilan ham, yoki guruh bilan ham o`tkazsa bo`ladi.




    3- mashq. Berilgan gaplardagi kelishikda kelgan so‘zlarga so‘roq bering, ularni alohida ko‘chirib yozing.
    1. Bugun otam ishdan bir soat erta qaytdi.
    2. Akmalga “O‘zbek xalq ertaklari“ kitobini sovg‘a qildim.
    3. Darsdan so‘ng sport to‘garagiga boraman.
    4. Opamni onam bilan kutib oldik.
    5. Uy vazifasini bajarib bo‘lgandan keyin uchrashamiz.
    Yangi mavzuni mustahkamlash


    Drsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag’batlantiriladi va baholadi.
    Uyga vazifa. Partadoshingiz bilan kechirim so‘rashga oid javoblar ishtirokida ssenariy yozing va sahnalashtiring.
    Download 2,01 Mb.




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg’ona viloyat Beshariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining

    Download 2,01 Mb.