• Ichki sekretsiya. Ichki sekretsiya bezlari tuzilishi va vazifalari
  • ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKSIYALARINI TEKSHIRISH USULLARI
  • O”sish gormoni kam va ortikcha ishlanganda organizmda ruy beruv-chi uzgarishlar.
  • Farmakologiya va klinik farmatsiya




    Download 2,78 Mb.
    bet22/28
    Sana30.12.2019
    Hajmi2,78 Mb.
    #6520
    TuriReferat
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
    Mavzu: 12 Ichki sekretsiya. Ichki sekretsiya bezlari tuzilishi va vazifalari- 2 soat.
    Savollar:

    1. Ichki sekretsiya bezlarining umumiy fiziologiyasi

    2. Gormonlarning umumiy xossalari va ularning klassifikatsiyasi.

    3. Ichki sekretsiya bezlarini tekshirish usullari.

    4. Gipotalamo-gipofizar sistema.

    Organlar, tukimalar va xujayralarning uzaro gumoral boglanishida ularning ba’zilari aloxdda muxim rol uynaydi, chunki ular modda almashinuviga, organ va tukimalarning funksiyasiga spetsifik ta’sir etuvchi moddalarni ishlab chikaradi. Bu moddalar gormonlar deb (grekcha «horman»

    • Qo’zgatish suzidan), ularni ishlab chikaruvchi organlar esa endokrin bezlar, yoki ichki sekretsiya bezlari deb ataladi. Ularning shunday atalganiga sabab shuki, tashki sekretsiya bezlariga karama- karshi ularok chikarish yullari bulmaydi va uzi xosil kiladigan moddalarni tugridan-tugri konga kuyadi.

    Gormonlarning bir necha spetsifik xossasi bor: 1. Xar bir gormon muayyan organ va funksiyalarga ta’sir etib, ularda spetsifik uzgarishlarni yuzaga chikaradi. 2. Gormonlar biologik jixatdan yuksak aktiv buladi. Masalan, 1 g adrenalin (buyrak usti bezlari gormoni) 10 mln. bakaning ajratib olingan yuragining ishini kuchaytira oladi, boshkacha aytganda, adrenalin yurakka 1*10‘7 g mikdorda ta’sir etadi. Bir gramm insulin (me’da osti bezining Langergans orolchalaridan chikadigan gormon) 125000 kuyon konidagi shakar mikdorini kamaytira oladi. 3. Gormonlar distant (uzokdan turib) ta’sir kursata oladi. Gormonlar kaysi organlarda xosil bulsa, usha organlarga ta’sir etmay, balki mazkur bezlardan uzovdagi organlarga ta’sir etadi. 4. Gormonlar molekulasi nisbatan kichik buladi, shuning uchun ular organ va tukimalarni kondan ajratib turuvchi kapillyarlar endoteliysidan, shuningdek xujayra membranalari (pardalari) dan uta oladi. 5. Gormonlar tukimalarda birmuncha tez parchalanadi. Modomiki shunday ekan, gormonlar konda etarli mikdorda bulishi, ular uzokrok yoki uzluksiz ta’sir etishi uchun muayyan bezdan doim chikib turishi zarur. 6. Kupchilik gormonlarning turga oid spetsifik xossalari yuk. SHunday bulgach, koramol, chuchka va boshka xayvonlardan olingan gormonal preparatlarni klinikada kullanish mumkin. Birok oksil yoki polipeptid tuzilishiga ega bulgan ba’zi gormonlar xayvonlarning xar xil turlarida biroz fark kiladi.

    Keyingi un yillarda aksari gormonlarning tuzilishi urganilgan, ular laboratoriyalarda kimyoviy yul bilan olingan, ba’zi gormonlarning organizmda sintezlanish boskichlari, ular konga utgach ximiyaviy uzgarishlarning boskichlari urganildi.

    Gormonlar ferment emas yoki fermentlarni aktivlovchi Modda xam emas, ular xujayrasiz muxitdagi kimyoviy uzgarishlarga ta’sir etmaydi. Gormonlar fakat xujayralarda yoki ularning strukturalarida ruy beruvchi protsesslarga ta’sir etadi. Masalan, kalkonsimon bez gormoni tiroksin — mitoxondriylardagi ximiyaviy protsesslarga ta’sir etib, ulardagi oksidlanish protsesslarini kuchaytiradi. Me’da osti bezining gormoni insulin — xujayra membranalarining glyukozaga nisbatan utkazuvchanligini oshiradi. Gipofizning antidiuretik gormoni buyrakdagi yiguvchi naylar devorining suvga nisbatan utkazuvchanligini oshiradi.

    Gormonlarning ishlanib chikishi organizmning axvoliga va tashki muxit sharoitiga boglik. Gormonlar tomonidan boshkariladigan pro-sesslarning kanday borishi shu gormonlarning xosil bulish tezligini idora etuvchi muxim faktordir.

    O”zaro boglanishning щaytar bogpanish prinsipы» degan formash shunda namoyon bulishini kurish mumkin. Regulyator (boshkaruvchi) bilan boshkariluvchi protsess orasida ikki tomonlama boglanish bor. Regulyator boshkariluvchi protsessga ta’sir etibgina kolmaydi, balki bopщarilayotgan protsess xolatining uzgarishi xam regulyator xolatiga xam ta’sir etadi.

    Ichki sekretsiya bezlarining xujayralaridan ishlanib chikkan moddalar organizmda moddalar almashinuvining muayyan protsesslarini uzgartiradi. Bu uzgarishlar ma’lum mikdorga etgach gormon xosil bulishi va chikishi tuxtaydi. Konda shakar kamayib kolganda insulin (kondagi shakar konsentratsiyasini kamaytiruvchi gormon) xrsil bulishi susayadi; konda natriy yoki kalsiy ionlarining konsentratsiyasi oshib ketganda aldosteron (kondagi Na+ ionlari konsentratsiyasini oshiradigan gormon) yoki paratgormon (kondagi Sa++ ionlari konsentratsiyasini oshiradigan gormon) sekretsiyasi susayadi.

    Gormon ishlanib chikishi murakkab nerv-gumoral yul bilan bosh-kariladi. Fiziologik protsesslar xolati yoki kon bilan tukimalardagi ma’lum moddalar mikdorining uzgarishlari organ va tukimalardagi maxsus nerv oxirlari orkali yoki oralik miya — gipotalamus yadrolaridagi ma’lum x,ujayralar bilan seziladi. Bu yadrolar organizmdagi moddalar almashinuvini va ichki mux,it xolatini boshkaradi. Gipotalamus yadrolari ichki sekretsiya bezlaridan ba’zilariga nerv impulsi yuborib yoki biologik jixatdan aktiv moddalar chikarib (bular gipofizda ba’zi gormonlarning xosil bulishiga yordam beradi), endokrin bezlar faoliyatiga ta’sir kursatadi.

    Gipofizning oldingi buladigan chikadigan gormonlar boshka endokrin bezlar (kalkonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari) faoliyatini boshkara oladi.

    Gipotalamus yadrolaridan tashkari, markaziy nerv sistemasining boshka bulimlari xam ichki sekretsiya bezlarining funksiyasiga ta’sir kursata oladi.

    Shunday kilib, gormonlar mustakil regulyatorlar (boshkaruvchilar) emas. Gormonlarning xosil bulishi va konga utishi — organizm funksiyalarining nerv-gumoral yul bilan boshkarilishidagi yagona zanjirning zvenolaridir.

    Gormonal regulyasiya (gormonlar ta’sirida boshkarilish)ning uziga xos bir kancha xususiyatlari borligidan gormonlarning xosil bulishi va ta’sir etishi xakidagi ta’limot fiziologiyaning mustakil bulimi xisoblanadi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi xakidagi ta’limot bilan birga fiziologiyaning shu bulimi endokrinologiya deb ataladi.

    ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKSIYALARINI TEKSHIRISH USULLARI



    Ichki sekretsiya bezlarining funksiyalarini urganish uchun odatda kuyidagi usullar Kullaniladi.

    1. Ayrim ichki sekretsiya bezini kisman va butunlay olib tashlash- dan keyingi uzgarishlarni yoki shu bezga birorta ximiyaviy moddaning

    ta’sirini urganish. Metiltiouratsil (kalkonsimon bez gormoni — tiroksin sintezini susaytiradi), metapiron (buyrak usti bezlari

    pustlogida gidrokortizon sintezini susaytiradi), alloksan (me’da osti bezining insulin chikaruvchi Langergans orolchalaridagi betaxujayralarning degeneratsiyasiga sabab buladi) shunday moddalardandir.

    Muayyan gormonlarning xosil bulishini shu kabi usulda boshkarish mumkin.

    1. Biron endokrin bezdan olingan ekstraktlarni yoki ximiyaviy jixatdan toza gormonlarni normal xayvonga yoki ichki sekretsiya bezi olib tashlangan xayvonga yuborish yoki usha bez tukimasini organizm­ga kuchirib utkazish.

    2. Birorta endokrin bezi zararlangan yoki olib tashlangan orga­nizmga ikkinchi organizmni ulash (parabioz). Bunda bezni olib tashlash okibatlarining ikkinchi (soglom) organizm bezidan chikayotgan gormonlar xisobiga kompensatsiyalanishi protsesslari urganiladi.

    3. Bezga kiruvchi va bezdan chikuvchi konning fiziologik aktivli- gini takkoslash.

    4. Biron endokrin bezi sust yoki ortikcha ishlaydigan bemorlar- ni va ularni davolash maksadida kilingan operatsiya okibatlarini

    tekshirish.

    Gormonning ximiyaviy tuzilishi ma’lum yoki noma’lum ekaniga karab, organlarning ekstraktlari yoki kondagi gormonlar mikdori turli usullarda aniklanadi. Gormonning ximiyaviy tuzilishi ma’lum bulsa, mikdori ogirlik birligida kursatiladi. Gormonning ximiyaviy tuzilishi noma’lum bulsa, mikdori shartli biologik birliklarda ifodalanadi.

    Bir biologik birlik deb ma’lum xayvonda spetsifik fiziologik uzgarishlar xosil kilish uchun zarur bulgan gormon mikdorini aytishadi. 1 g yoki 1 ml preparat tarkibida biologik birlik kancha kup bulsa, uning aktivligi ushancha yukori buladi.

    Gipofiz ichki sekretsiyasi

    Gipofiz uch bulak: oldingi, oralik va orka bulaklardan tuzilgan murakkab ichki sekretsiya

    bezidir.

    Gipofiz oldingi bulagining tuzilishi

    Oldingi bulak, yoki adenogipofiz uch xil: asosiy, yoki xromofob (barcha xujayralarning 55—60%), xromofil, yoki atsidofil (30—35%) va bazofil (5—10%) xujayralardan iborat: xromofob xujayralar gormon xosil kilmay, xromofil xujayralarni xosil kilsa kerak. Bazofil xujayralar adrenokortikotrop, tireotrop va gonadotrop (follikulni stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi) gormonlar ishlab chikaradi.; Atsidofil xujayralardan usish gormoni va prolaktin ishlanib chikadi. Oldingi bulakning xamma gormonlari oksil moddalar xisoblanadi.Usish gormoni

    Usish gormoni (somatotrop gormon, yoki somatotropin) yosh xdyvon-larning usishiga ta’sir etadi. Usish gormonining anik ximiyaviy tuzilishi xozircha noma’lum. Odamda bu gormon molekulasi 240 aminokislotadan tuzilgan bitta peptid zanjiridan iborat (molekulyar ogirligi kariyb 27000). Bukalarda usish gormoniniig molekulasi 369 aminokislota koldiklaridan tuzilgan

    1. peptid zanjiridan iborat (molekulyar ogirligi kariyb 46000). Somatotropin organizmning bir kancha metabolik protsesslariga ta’sir etadi. U gavdaning barcha xujayralarida oksil sintezini kuchaytiradi va xujayralardagi ribonuklein kislota (RNK) mikdorini oshiradi. Kondagi aminokislotalar kamayadi va siydik bilan azot kamrok chikadi. Somatotrop gormonning 1 xujayralarda oksil sintezini kuchaytirish mexanizmlari xozircha kam urganilgan. Somatotropin shunday ta’sir etishi uchun uglevodlar va insulin zarurligi ma’lum. Me’da osti bezi olib tashlangan xayvonlarda, shuningdek uglevodlardan maxrum kilingan xayvonlarda usish gormonining ta’siri susayadi. Bu gormon yosh xayvonlar organizmiga yuborilsa, insulin sekretsiyasi kuchayadi. Etilgan xayvonlarda esa insulin sekretsiyasi kuchaymaydi, me’da osti bezining Langergans orolchalari degeneratsiyalanib, diabet boshlanadi. Usish gormoni organizmga kiritilganda yog depolaridan yog chikishi kuchayib, energiya almashinuvida yoglardan kuprok foydalannladi. Natijada yoglar kuprok sarflanadi, shuningdek konda atseton va keton tanalar kupayib siydik bilan chikib ketadi. Somatotrop gormon organizmning butun umrida uzluksiz chikib turadi. Somatotropin xosil bulish intensivligining boshkarilishiga ta’sir etuvchi faktorlar xanuz ma’lum emas.

    O”sish gormoni kam va ortikcha ishlanganda organizmda ruy beruv-chi uzgarishlar. Usish gormoni etarli ishlab chikarilmaganda organizmning yoshiga karab turli uzgarishlar paydo buladi. Gudak bolalarning usishi keskin ravishda tuxtaydi. Ayni vaktda odam umrbod pakana bulib koladi (gipofizar pakanalik). Bunday kishilarning gavda tuzilishi nisbatan proporsional; ammo, kul-oyok panjalari kichkina, barmoklari ingichka buladi, skeletning suyaklanishi kechikadi, jinsiy organlar rivojlanmaganligicha koladi, ikkilamchi jinsiy belgilar ravshan bilinmaydi, sochi (juni) bolalarniki singari mayinligi va yaltirokligi bilan fark kiladi. Bunday bemorlar yukumli va boshka kasalliklarni ogir utkazadi va kupincha yoshligida ulib ketadi. Gipofizar pakana bulgan erkaklarda impotensiya (ya’ni jinsiy alokaga yaramaslik) kayd kilinadi, ayollar esa tur- maydigan (steril) buladi. Gudaklik davrida usish gormoni xaddan tashkari kup ishlansa gigantizm avj oladi, bunda odamning buyi 240—250 sm ga, vazni esa 150 kg ga etadi. Voyaga etgan odamda usish gormoni-ortikcha ishlansa, buy umuman usmaydy, chunki u°ib bulgan ammo gavdaning usish kobiliyatini saklab kolgan a’zolari: kul-oyok barmoklari va panjalari, burun va pastki jag, til, kukrak va korin bushligidagi organlar usadi. Bu kasallik akromegaliya deb ataladi (grekcha «akron» va «megalos»ning tom ma’nosi — «katta burtiklar») (113-rasm). Gipofizar gigantlardagi kabi, akromegaliya bulgan bemorlarda xam gipofiz oldingi bulagining gormonlari tomonidan boshkariladigan ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi buziladi, jumladan jinsiy bezlarning ichki sekretsiya funksiyasi etarli bulmaydi. Akromegaliyada me’da osti bezining in-sulin ishlab chikaradigan insulyar tukimasi etarli ishlamay, kandli diabet vujudga keladi. Gipofiz oldingi bulagining atsidofil xujayralardan tuzilgan usmasi odatda akromegaliyaga sabab buladi.

    Gonadotrop gormonlar

    Gipofiz oldingi bulagining atsidofil xujayralaridan ishlanib chikadigan prolaktin (yoki lyuteotrop gormon) molekulyar ogirligi 25 000 - 30 000 ga teng bulgan proteindir. Bu gormon xazm yullarining fermentlari ta’sirida parchalanadi, shu sababli uni teri ostiga yoki venaga yuborish zarur. Sut bezlariga estrogen va progesteron ta’sir etgandan sung ularda sut xosil bulishini prolaktin kuchaytiradi. Bundan tashkari, prolaktin sarik tananing rivojlanishiga stimul beradi. Bolasini emizayotgan urgochi kalamushlarning gipofizi olib tashlansa, laktatsiya (ya’ni sut ajralishi) tuxtaydi. Urgochi xayvonlar organizmiga prolaktin yuborilganda bolasini emizayotgan xayvonlarda sut ajralishi kuchayish bilangina kolmaydi, voyaga etgan, ammo tugmagan (bola emizmayotgan) xayvonlarda xam picha sut ajralishiga sabab buladi. Etilgan urgochi xayvonlar xatto ular bichilgan takdirda xam prolaktin sut ajralishga sabab buladi. Erkak xayvonlar organizmiga prolaktin yuborib, ularda xam sut ajralishini kuzatish mumkin. Birok buning uchun oldin bir kadar vakt davomida estrogen va progesteron yuborib turish zarur, chunki erkak xayvonlarning sut bezlari rudimentar xolatda buladi, ularning bez tukimasi sun’iy yul bilan rivojlantirilmasa, sut chikarmaydi. Xdyvonlar xatto voyaga etguncha ularga prolaktin kiritilsa, onalik instinkti paydo buladi. Prolaktin ta’sirida tukimalar glyukozani kamrok uzlashtiradi, shu tufayli kondagi glyukoza kupayadi, prolaktin shu jixatdan somatotropinga uxshash, lekin undan kura bushrok ta’sir etadi. Prolaktin sekretsiyasini gipotalamus markazlari refleks yuli bilan stimullaydi. Bola emizish vaktida sut bezlari surgichlaridagi retseptorlar ta’sirlanadi, shu tufayli gipotalamus yadrolari kuzgaladi, bu esa gipofiz funksiyasiga gumoral (neyrosekretsiya) yul bilan ta’sir etadi.

    Gipofizning oldingi bulagidagi atsidofil xujayralardan prolaktin ishlanib chiksa, shu bulakning bazofil xujayralari boshka ikkita gonadotrop gormon - follikulni stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi gormonlarni ishlab chikaradi. Turli xayvonlarning gipofizidan shu ikki gormonning preparatlari olingan, bular esa molekulyar ogirligi kariyb 30 OOO ga teng bulgan glyukoproteidlardir. Amilaza ta’sirida bu preparatlar uz aktivligini yukotadi. Gormonlarning aktiv gruppasi tarkibida polisaxarid borligi shundan kurinib turipti. Follikulni stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi gormonlar ta’sirida kelib chikadigan fiziologik uzgarishlar yukorida kuzdan kechirildi. Bu uzgarishlarning sababi shuki, follikulni stimullovchi va lyuteinlashtiruvchi gormonlar erkak va urgochi xayvonlarning jinsiy bezlariga ta’sir etib, pubertat bezning rivojlanishini va follikullar etilishini, shuningdek, ularda jinsiy gormonlar xosil bulishini stimullaydi. Gipofizning gonadotrop gormonlari bichilgan xayvonlar organizmiga yuborilganda, voyaga etmagan xayvonlarda kuzatiladigan xarakterli fiziologik uzgarishlar ruy bermaydi. Voyaga etmagan xayvonlar organizmiga gonadotrop gormonlar muntazam ravishda yuborib turilganda ularning tezrok voyaga etishi, ayni vaktda jinsiy organlarning kattalashuvi va ikkilamchi jinsiy belgilarning barvakt yuzaga chikishi shu gormonlarning jinsiy bezlarga ta’sir etish natijasi ekanligi shundan anglashilib turipti. Kursatilgan uzgarishlarning bevosita sababi gipofiz gonadotropinlari emas, balki jinsiy bezlarda xosil buluvchi gormonlar ta’siridir. Normal erkak xayvonlardagina emas, bichilgan erkak xayvonlarda xam follikulni stimullovchi gormon ta’sirida prostata bezining usib ketishi — bu gormonning bevosita stimullovchi ta’sir etish natijasidir. Gonadotrop gormonlarning ajralib chikish intensivligi jinsiy alokaning reflektor ta’siriga, urugdon va tuxumdon jinsiy gormonlarining gumoral ta’siriga, shuningdek tashki muxitning turli faktorlariga boglik. Odamning ruxiy kechinmalari gonadotrop gormonlarning xosil bulishiga ta’sir etadi. Masalan, bombardimonchi aviatsiyaning xujumlaridan yoki kamok lageriga kamalishdan kelib chikkan kurkuv xissi gonadotrop gormonlar chikishini keskin darajada buzib, xayz kurish sikllarining tuxtab kolishiga sabab bulganligi ikkinchi jaxon urushi vaktida kayd kilingan edi.

    Tireotrop gormon (tireotropin)



    Gipofiz oldingi bulagining bazofil xujayralaridan ishlanib chikadigan tireotrop gormon (yoki tireotropin) glyukoproteiddir (molekulyar ogirligi 26000—30000). Bu gormon kalkonsimon bezdan gormonlar chikishini stimullaydi. Bu stimulyasiya mexanizmlari kup xil. Tireotropin proteaza aktivligini oshirib, kalkonsimon bezda tireoglobulin parchalanishini kuchaytiradi, natijada konga tiroksin bilan triyodtironin kuplab chikadi. Tireotropin kalkonsimon bezda yod tuplanishiga imkon beradi; bundan tashkari, kalkonsimon bezdagi sekretor xujayralar sonini va aktivligini oshiradi. Tireotrop gormon xayvonlarga yuborilsa, kalkonsimon bez usib ketadi, gipofiz olib tashlanganda esa yosh xayvonlarning kalkonsimon bezi tula rivojlanmaydi, etilgan xayvonlarning kalkonsimon bezi esa kichrayadi va kisman atrofiyalanadi. Gipofizi olib tashlangan xayvonlarda asosiy almashinuv va oksillar almashinuvi susayadi. Tiroksin yuborish, gipofiz kuchirib utkazish yoki tireotrop gormon yuborib, asosiy almashinuvni va oksillar almashinuvini yana kutarish mumkin. Organizmga tiroksin kiritish asosiy almashinuvni va oksillar almashinuvini normallashtiradi, chunki xayvonning atrofiyalangan kalkonsimon bezida tiroksinning kam ishlanishi shu yul bilan koplanadi, gipofizni kuchirib utkazish va tireotrop gormon yuborish esa bu gormon yukligida atrofiyalangan kalkonsimon bez tukimasini ustirib, almashinuvni normaga keltiradi.

    Xayvon organizmiga uzok vakt davomida xar kuni etarli mikdorda tireotrop gormon kiritib turilsa, unda odamning Bazedov kasalligidagiga uxshash simptomlar paydo buladi. Tireotropin oz-ozdan doimo ajralib turadi. Tireotropin sekre-siyasini gipotalamus kuzgotadi, gipotalamusning nerv xujayralaridan chikadigan fiziologik aktiv moddalar gipofiz oldingi bulagining ichki sekretsiyasini kuzgotadi. Tireotropinning kancha ajralib chikishi kondagi kalkonsimon bez gormonlarining mikdoriga boglik. Konda kalkonsimon bez gormonlari etarli bulsa, tireotropin sekretsiyasi susayadi va, aksincha, konda kalkonsimon bez gormonlari etarli mikdorda bulmasa, tireotropin sekretsiyasi stimullanadi. SHunday kilib, bu erda teskari boglanish mexanizmi ishlab turadi. Organizm sovuganda tireotropin sekretsiyasi kuchayib, kalkonsimon bez gormonlari kuprok xosil buladi, natijada issiklik xosil bulishi kuchayadi. Organizmga sovuk takror ta’sir etsa shartli refleks paydo bulishi sababli, sovushdan oldin buladigan signallar ta’sirida xdm tireotropin sekretsiyasi stimullanishi mumkin. Bosh miya pustlogi tireotrop gormon sekretsiyasiga ta’sir kursata olishi shundan anglashilib turipti. Organizmni chiniktirishda, ya’ni uni mashk kildirib sovukka chidamini oshirishda buning axamiyati bor.


    Download 2,78 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




    Download 2,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farmakologiya va klinik farmatsiya

    Download 2,78 Mb.