• TALABALAR BILIMINI BAHOLASH REYTING
  • TMI ning o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi: maksimal 2,5 ball.
  • Farmakologiya va klinik farmatsiya




    Download 2,78 Mb.
    bet28/28
    Sana30.12.2019
    Hajmi2,78 Mb.
    #6520
    TuriReferat
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28

    GLOSSARIY (LUG’AT)
    Rh – antitelolar – Rh odamlarning qoniga Rh – omili mavjud bo‘lgan eritrotsitlarni tushishi natijasida xosil bo‘ladigan antitelolar.

    Rh – konflikt – rezus – musbat eritrotsitni antirezus – agglyutinin bilan to‘qnashishi, natijada eritrotsitlarni emirilishi ro‘y beradi.

    Rh – faktor – 85% odamlarning eritrotsitlarida joylashgan, makaka – rezus maymunlarining qonidagi mavjud bir oqsil bilan bir xil agglyutinogen.

    Azot balansi-ovkat bilan birga tushib turadigan azot mikdori bilan organizmdan chikarib turiladigan azot mikdori urtasidagi farki

    Agglyutinogen – oqsil (antigen), to‘qima xujayralarida bo‘lib, guruxga mansublikni belgilaydi.

    Agglyutinatsiya – xujayralarni (bakteriyalar, eritrotsitlarni) bir – biri bilan va atrof – muxit bilan immunologik bog‘lanishi natijasida g‘uj bo‘lib yopishishi.

    Agglyutinin – guruxga mansublikni belgilovchi, biologik suyuqliklarni (plazmani) spetsifik oqsili, antitelo.

    Adgeziya – to‘qnashayotgan xujayralarni bir – biriga yopishishi.

    Akselerin – qon ivishining V omili, plazmada nofaol xolda bo‘ladi. Trombin ta’sirida faollashadi.

    Antianemik ichki omil – Me’da shilliq qavatida ishlab chiqariluvchi V12 vitaminini o‘zlashtirilishini ta’minlovchi mukopolisaxarid.

    Anabolizm- past malekulyar moddalardan yukori molekulyar moddalarni xosil bulishi.

    Antianemik tashqi omil – V12 vitamini, eritrotsitlarga gemoglobin sintezlanishini ta’minlaydi.

    Antigemorragik K vitamini – bu vitamin ishtirokida jigarda protrombin xosil bo‘ladi.

    Antigemofilik globulinlar – qon ivishida ishtirok etadigan, bir gurux plazma omillari (VII,IX,X).

    Antigenlar – odam va xayvon organizmiga kirishi natijasida spetsifik antitelolar ishlab chiqarilishiga olib keluvchi oqsil va boshqa tabiatli moddalar.

    Antikoagulyantlar (qon ivishini ingibitorlari) – qon ivishiga to‘sqinlik qiluvchi moddalar.

    Antitelolar – qon yoki to‘qimalarda yot moddalar (antigenlar) paydo bo‘lishiga javoban organizmda ishlab chiqariluvchi spetsifik oqsillar.

    Antitrombinlar – trombin xosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi bir gurux (plazma, xujayra va to‘qima) omillari.

    Antifibrinolizinlar – fibrinni parchalanishiga to‘sqinlik qiluvchi, organizm qon ivish tizimining omillari.

    Vitamin K avitaminozi – organizmda K vitamini etishmovchiligi natijasida qonda protrombin miqdorini kamayishi.

    Gemagglyusinatsiya – suyuqlikda muallaq xoldagi eritrotsitlarni yopishib, cho‘kmaga tushishi.

    Geparin – qon ivishiga to‘sqinlik qiluvchi tabiiy antikoagulyant. Jigarda, o‘pka to‘qimasida va boshqa to‘qimalarda xosil bo‘ladi.

    Glikoliz - glyukozani kislorodsiz sharoitda parchalanishi.

    Glyukoneogenez- uglevod bulmagan moddalardan glyukozani sintezlanishi.

    Guruxli to‘qima kelishmovchiligi – antigen tarkibi bo‘yicha organizm to‘qimalari kelishmovchiligi, transplantatni saqlanib qolishiga to‘sqinlik qiladi.

    Katabolizm - yukori molekulyar moddalarni past molekulyar moddalargacha parchalanishi.

    Koagulogramma – gemokoagulograf yoki tromboelastograf asbobi yordamida yozib olinadigan qon ivish jarayoni dinamikasi egri chizig‘i.

    Qon guruxi – qonning tarkibida agglyutinogenlar va agglyutininlar mavjudligi yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘lgan qonning xarakteristikasi.

    Qon guruxlari tizimi – turli antigenlar (AVO, Rh va boshqalar) mavjudligiga qarab bo‘lingan qon guruxlari yig‘indisi.

    Qon deposi – vaqtincha qon aylanishidan chiqarilgan qon saqlanishi mumkin bo‘lgan organlar (taloq, jigar, teri osti to‘qimasi, o‘pkalar).

    Qon zardobi – plazmaning fibrinogensiz suyuq qismi.

    Qon ivish vaqti – oynaga tomizilgan qon tomchisini ivishigacha ketgan vaqt (normada 3 – 7 min).

    Qon ivishi – murakkab fermentativ jarayon bo‘lib, eruvchan fibrinogendan erimaydigan fibrin xosil bo‘lishi natijasida laxta xosil bo‘lishi.

    Qon ivishi omillari – qon ivish jarayonida ishtirok etadigan moddalar.

    Qon ivishini qon plastinkalari omillari – trombotsitlardan ajraladigan va qon ivishida ishtirok etadigan moddalar.

    Qon ivishini kontakt omili – kontakt Xageman (XII) plazma omili; plazmani shikastlangan tomirlar va to‘qimalar yuzasi bilan to‘qnashishi natijasida faollashadi. Qon ivishi I fazasi barcha reaksiyalarini boshlovchi omil.

    Qon ivishining plazma omillari – qon ivishida ishtirok etadigan plazmaning ferment va boshqa moddalari yig‘indisi.

    Qon yo‘qotish – qonning tomirlardan chiqib ketishi natijasida organizmda qon xajmini kamayishi.

    Qon ketish vaqti – Qon oqimi to‘xtashigacha ketgan vaqt.

    Qon laxtasi – qon ivishi maxsuloti. Jemsimon, plastik, yaltiroq silliq yuzali tuzilma. Mikroskopik nozik, bir – biri bilan chigalsimon o‘ralashgan xujayra elementlaridan tashkil topgan.

    Qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar – tarkibi jixatidan qon plazmasiga yaqin su’niy eritmalar.

    Qonning yopishqoqligi – bir zarrachani ikkinchisiga nisbatan xarakatlanayotganida oqimga to‘sqinlik qilish xossasi.

    Kristmas omili – Qon protrombinazasi xosil bo‘lishida ishtirok etuvchi qon ivishini antigemofilik omillaridan biri.

    Plazma o‘rnini bosuvchi eritmalar – tarkibi va xossalari qon plazmasiga yaqin bo‘lgan su’niy eritmalar (poliglyukin, reopoliglyukin, gemodez).

    Protrombin – plazmada mavjud va trombinni o‘tmishdoshi bo‘lgan glikoproteid.

    Retraktozim (trombosteniya) – trombotsitlardagi qon laxtasini retraksizmini (zichlashishi) ta’minlovchi omil.

    Retsipient – organ va to‘qima ko‘chirib o‘tkazilayotgan yoki qon quyilayotgan odam.

    Tromb – qon tomiri devorida xosil bo‘ladigan qon laxtasi.

    Trombin – protrombin oqsilidan xosil bo‘ladigan qon ivish tizimining bir fermenti.

    Fibrin – fibrinogen oqsilini erimaydigan qismi.

    Fibrinni stabillovchi omil (fibrinaza) – qon ivishining XIII omili, eruvchan shakldagi fibrinni erimaydigan xolatga o‘tishini ta’minlaydi.

    Fibrinogen – trombin ta’sirida fibringa aylanadigan qon plazmasi oqsili.

    Endergonik reaksiyalar – energiya yutilishi bilan kechadigan reaksiyalar.

    Ekzergonik reaksiyalar - energiya ajralishi bilan kechadigan reaksiyalar.

    REFERAT MAVZULARI







    Referat mavzulari

    Referatga oid topshirish, tavsiyalar

    1.

    Gomeotaz. Adaptatsiya.

    Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar, devoriy ko‘rgazmalar

    2.

    Xujayraning fizik – kimyoviy tarkibi. Oqsillar. Uglevodlar. Yog‘lar.

    Internet ma’lumotlari, refe-at, slayd-lar, plakat

    3.

    Embrional elementlari. Urug‘lanish, maydalanish. Gastrulyasiya. Embrional rivojlanishi.

    Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar

    4.

    Yurak faoliyatining tovushli belgilari.

    Internet ma’lu-motlari, referat, slaydlar, Krassvord

    5.

    I.P.Pavlov va Basovning xazm soxasidagi ishlari.

    Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar

    6.

    Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar ning qonga so‘rilish mexanizmlari.


    Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar

    7.

    Moddalar almashinuvi va Energiya almashinuvi.


    Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar, vaziyatli masalalar

    8.

    Ichki sekretsiya bezlarini tekshirish usullari. Epifiz.


    Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar

    9.

    Mushaklar va nerv tolalari Sinaps/


    Internet ma’lumotlari, referat, slayd-ar

    10.

    Asab tizimida kompensator moslashuvlar. Asab tizimini trofik funksiyasi.

    Internet ma’lu-motlari, referat, slaydlar, taqdimot

    11.

    Taktil va xarorat retsepsiyasi. Og‘riq retsepsiyasi, visseroretsepsiya. Propiroretseptorlar




    Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar, taqdimot

    12.

    Oliy asab faoliyati xaqida. I.P.Pavlovning ta’limoti.




    Internet ma’lumotlari, referat, slaydlar, taqdimot

    Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati


    ASOSIY ADABIYOTLAR VA O‘QUV QO‘LLANMALAR:
    1.Artur K. Gayton Djon E. Xoll –Tibbiyot fiziologiyasi

    Moskva Logosferl – 2008 g.



    2. Loginov A.V Fiziologiya s osnovami anatomii cheloveka M., izd – vo «Meditsina», 1983 g.

    3. Loginov A.T. Fiziologiya bilan odam anatomiyasi asoslari. T. «Meditsina» nashriyoti, 1985 y

    4. Maloshtan L.N.Fiziologiya s osnovami anatomii cheloveka Xarkov., izd – vo “Zolotыe stranitsы”, 2002 g.

    5. Loginov A.V. Fiziologiya bilan odam anatomiyasi asoslari T., «Fan» nashriyoti, 2006 y

    6. Musaev. X.N. Fiziologiya, anatomiyasi asoslari fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanma. T., “KOLORIT GROUP” MCHJ nashriyoti. 2007 y.

    7. Bagdasarova E.S. Tekstы leksiy po dissipline «Fiziologiya s osnovami anatomii». T., OOO “KOLORIT GROUP” nashriyoti 2008 y.

    8. Bagdasarova E.S., Mirtursunova S.Z. Uchebno – metodicheskoe posobie k prakticheskim zanyatiyam po fiziologii s osnovami anatomii. T., OOO “KOLORIT GROUP” nashriyoti 2008 y.
    QO‘SHIMCHA ADABIYOTLAR.
    1. Rajabov A.J., Bobojonova SH. “Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan” fanidan

    o‘quv – uslubiy qo‘llanma “EMERALD GROUP” MCHJ. Toshkent - 2016 y.

    2. Bobojonova SH. Mirtursunova S.Z “Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan”

    fanidan o‘quv – uslubiy qo‘llanma “EMERALD GROUP” MCHJ.

    Toshkent - 2015 y.

    3. Musaev X.N., Mirtursunova S.Z., Salibaeva S.A., Xakimova M.S., Rajabov

    A.“Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan” fanidan o‘quv – uslubiy qo‘llanma

    KOLORIT GROUP” XK. Toshkent 2008 y.

    4. Kositskiy . G.I Fiziologiya cheloveka. M., izd – vo “Meditsina”, 1987g

    5. Korobkov A. .ATLAS po normalnoy fiziologii. M., izd – vo “Meditsina”.

    1987 g

    6. Sterki P. Osnovы fiziologii. M., izd – vo “Mir1994g.
    Internet


    1. http://www.ziyonet.uz

    2. http://www.wikipedia.ru

    3. http://www.shemist.som

    4. http://www.himiki.ru

    5. http://www.organicchem.com

    6. http://www.rutrecker.org


    Tayanch so’zlar
    sitos-xujayra

    oss-suyak

    mio-muskul

    gemo- qon

    gemostaz- qonning to‘xtashi

    intima-ichki

    media-o‘rta

    kor-yurak

    termodinamika-qonning

    pulmon-o‘pka

    gaster-oshqozon

    enter-ichak

    kolon-yo‘g‘on ichak

    rektum-to‘g‘ri ichak

    xepar-jigar

    lipid-yog‘

    termo-issiqlik

    ren-taloq

    ekskretsiya-ajralish

    xormeo-garmon nefron-buyrak

    uterue-bachadon

    gravidarium-xomildorlik

    ovaridarium-tuxumdon

    tuba uterus-bachadon nayi

    Annotatsiya
    Fiziologiya anatomiya asoslari fanidan o‘quv uslubiy majmua Farmatsiya fakulteti Farmatsiya va Kasbiy ta’lim, Sanoat farmatsiyasi fakulteti Sanoat farmatsiyasi, Biotexnologiya va Metrologiya yo‘nalishilari uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boruvchi o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan

    Fiziologiya anatomiya asoslari fani bo‘yicha ishchi dastur, ma’ruzalar matni, fanning texnologik model, fanning texnologiyak xaritasi, tarqatma materiallari tayanch konspektlari, glossariy umumiy savollar, oraliq nazorat savollari, yakuniy nazorat savollari va ON va YAN biletlari xam tuzilgan. Zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, farmatsiya kasbiy ta’lim va klinik farmatsiyayo‘nalishi uchun ma’ruzalarmavzulari va ularning qisqacha mazmunlariyoritilgan. Undan tashqari mustaqil ishlarni tashkil etishning shakli va mazmunimustaqil ishlar rejasiberilgan.



    Bu o‘quv –uslubiy majmua reja asosida ishlashga va talabalarga malakali bilim berishda yordam beradi .

    MUALLIFLAR HAQIDA MALUMOTLAR.





    Saidov S.A. – Farmakologiya va klinik

    farmatsiya kafedrasining mudiri, tibbiyot

    fanlari doktori.


    Bagdasarova E.S. - Farmakologiya va klinik

    farmatsiya kafedrasining dotsenti,b.f.n







    Rajapov A.J. - Farmakologiya va klinik

    farmatsiya kafedrasining katta

    o‘qituvchisi

    Foydali maslaxatlar
    Ko‘zlaringizni yuming, mushtingizni qattiq tugmagan holda yumuq ko‘zlarni aylana harakatlar bilan 2-3 daqiqa massaj qiling. Bu mashq ko‘z atrofidagi mushaklarni bo‘shashtirib, qon aylanishini yaxshilaydi, natijada ko‘z atrofidagi qoramtir aylanalar yo‘qoladi.

    Hayron bo‘ling

    Ko‘zlaringizni hayron bo‘lgandek, katta oching. Keyin ko‘zlaringizni qattiq yuming. So‘ng yana ko‘zingizni katta oching va yana mahkam yuming. Ko‘zlaringiz namlanguncha, tez-tez yumib, oching. SHu bo‘shashgan holatda 2-3 daqiqa turing. Bu mashq yuzning yuqori qismi mushaklarini mashq qildirib, ko‘zning ko‘rish qobiliyatini asraydi.



    Lunjingizni shishiring

    CHuqur nafas olib, bir necha lahzaga lunjingizni shishiring. Keyin lunjingizdan havoni chiqaring. Bu mashqni 8-10 marta bajaring. Bu mashq yonoqlar muskulini mustahkamlaydi. Bunga amin bo‘lish uchun saksofonchilarning yonog‘iga e’tibor bering.



    Qulog‘ingizni torting

    Quloq solinchagini 30 soniya pastga, 30 soniya yuqoriga torting, keyin esa uni soat strelkasi yo‘nalishida 30 soniya, keyin teskari tomonga 30 soniya davomida aylantiring. Bu mashq miyaga qon kelishini yaxshi ta’minlab, odamni tetiklashtiradi.



    Stressdan xalos bo‘ling

    Barmoqlaringizni qoshingiz ustiga qo‘yib, iloji boricha ikki tomonga torting. 3-4 daqiqa davomida shu mashqni takrorlang. Bu mashq qattiq tushkunlikka tushgan mahalingiz sizni stressdan xalos qiladi, bo‘shashtiradi.



    Xotirani mustahkamlaydi

    Ba’zi bir tadqiqotlar ko‘k choy miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Ko‘k choy ichgandan keyin inson echimi qiyin bo‘lgan misol va masalalarni ham birpasda echib tashylaydi. Ko‘k choy Alsgeymer (xotirani yo‘qotish) kasalligi rivojlanishining ham oldini oladi. Ko‘y choy tarkibidagi kofein markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, insonni tetiklashtiradi. Moddalar ta’siri qahvaga qaraganda choyda uzoqroq saqlanadi.



    Qon bosimini pasaytiradi

    Vrachlarning ta’kidlashicha, qon bosimi past bo‘lgan odamlar, homilador ayollar kam miqdorda ko‘k choy iste’mol qilishlari lozim. Qon bosimini tushirish uchun dori ichgan bemorlar, doridan keyin ko‘k choy ichmay turganlari ma’qul, chunki ikki piyola ko‘k choy dorining ta’sirini kuchsizlantirib qo‘yishi mumkin.



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

    TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI

    FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMATSIYA KAFEDRASI

    “Tasdiqlayman”

    O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

    f.f.n. S.U.Aliev

    ________________________

    «____»______________2016 y




    Fiziologiya fanidan
    TALABALAR BILIMINI BAHOLASH REYTING



    MEZONI

    Toshkent – 2016

    Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 26 avgustdagi 1981–1 sonli «Oliy talim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baxolashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish xaqida» buyrug‘iga asosan ishlab chiqildi.

    Ushbu Nizom farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi yig‘ilishida “___” iyun 2016 yil muhokama qilindi va tasdiqlandi.

    Majlis bayoni №

    Ushbu Nizom Tashkent farmatsevtika instituti Markazit uslubiy kengashi yig‘ilishida «___» _________ 2016 yil muhokama qilindi va tasdiqlandi.

    Majlis bayoni № ___

    Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida

    Fiziologiya fanidan

    «Farmatsiya va Sanoat farmatsiya» fakulteti 1-kurs talabalarining bilimini baholash mezoni
    Mazkur mezon O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-son bilan davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligini «Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchilar kiritish haqida» 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug‘i asosida tuzildi.

    Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirishini baholash semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: joriy baholash (JB), oraliq baholash (OB), talabaning mustaqil ishi (TMI), yakuniy baholash (YAB).

    Muayyan fan bo‘yicha talabaning semestr (yil) davomida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:




    Baholash turi

    Maksimal ball

    Saralash bali

    1

    Auditoriyadagi o‘quv

    mashg‘ulotida baholash



    45

    24,75

    2

    Talabaning mustaqil ishi

    5

    2,75

    3

    Oraliq baholash

    20

    11,0

    4

    YAkuniy baholash

    30

    16,5




    JAMI

    100

    55,0

    Talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:

    JORIY BAHOLASH (JB) - talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. JB fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida og‘zaki so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish shakllarida o‘tkaziladi. klinik farmatsiya fanidan joriy baholash 100 balli reyting tizimiga binoan muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida faol qatnashishi uchun quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 20% (1 ball) - vazifasini bajarilishi uchun beriladi, 60% (3 ball) - nazariy materiallarni muxokamasida faol qatnashishiga beriladi, 20% (1 ball) - kuzatilgan natijalar, chiqarilgan xulosalar bilan amaliy ishni bayonini to‘ldirish va ishni himoya qilish uchun beriladi. JB da maksimal ball – 5 ball.

    Mashg‘ulot darslarida № 1, 2, 4, 6, 8, 12, 14, 16, 18 talabalar joriy baxolanmaydi. 9 ta JB o‘tkaziladi, umumiy JB da maksimal ball 45.






    Ballar

    Baho

    Talabaning bilim darajasi

    1

    5

    A’lo


    Xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlash olish; mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‘lish.

    2

    4

    YAxshi

    Mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‘lish.

    3

    3

    Qoniqarli

    Mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo‘lish.

    4

    2

    Qoniqarsiz

    Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik; bilmaslik.


    TALABALARNING MUSTAQIL ISHI (TMI) klinik farmatsiya fani dasturiga mos ravishda tashkil etilgan. TMI referat, slayd, adabiy manbalarni to‘plash va sistemalashtirish, test savollari tuzish, prezentatsiyalar, vaziyatli masalalar, videoroliklar bo‘yicha mo‘ljallangan. TMI bo‘yicha hisobot kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shakl tartibda topshiriladi va talabalarga semestr boshida etkaziladi. Semestr davomida ikkita mustaqil ish referat shaklida qabul qilinadi: har biri 2,5 ball bilan baholanadi, jami - 5 ballni tashkil qilinadi. TMI ga qo‘yilgan baho (ball) talabaning semestr davomida to‘plagan baholari (JB) ga qo‘shiladi.

    Mustaqil ish bo‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 54% va undan kam ball to‘plagan talaba fan bo‘yicha yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi.

    Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro‘yxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi.

    TMI ning o‘zlashtirishi quyidagicha baholanadi: maksimal 2,5 ball.





    Ballar

    Baho

    2,15-2,5

    A’lo

    1,77-2,12

    YAxshi

    1,37-1,75

    Qoniqarli

    1,35

    Qoniqarsiz

    ORALIQ BAHOLASH (OB) - semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash uchun, OB nazorat kafedra majlisi qaroriga binoan kombinatsiya (ogzaki va yozma) usulida amalga oshiriladi. Klinik farmatsiya fanidan OB semestr davomida bir marta o‘tkazilidi. OB soni o‘kuv faniga ajratilgan umumiy soatlar xajmidan kelib chiqqan holda o‘tkaziladi. OB baholashdan 55% va undan ortiq olgan talaba YAB baholashga kiritiladi. OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va balli koeffitsientsiz qayd etiladi.

    OB da maksimal ball 20.




    Ballar

    Baho

    17,2-20,0

    a’lo

    17,0-14,2

    yaxshi

    14,0-11,0

    qoniqarli

    0-10,8

    qoniqarsiz


    YAKUNIY BAHOLASH (YAB) – semestr yakunida fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun o‘quv mashg‘ulotlar tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi. YAkuniy baholashga mazkur semestrni muvaffaqiyatli yakunlagan hamda joriy, oraliq baholashlarni va talabalarni mustaqil ishidan ijobiy ya’ni 55% va undan yuqori ballarga ega bo‘lgan talabalar qo‘yiladi.

    Klinik farmayiya fanidan yakuniy baholash fakultet Ilmiy kengashni qaroriga binoan yozma shaklda o‘tkaziladi. YAB da maksimal ball 30.




    Ballar

    Baho

    25,8-30,0

    a’lo

    21,3-25,5

    yaxshi

    16,5-21,0

    qoniqarli

    0-16,2

    qoniqarsiz

    O‘quv rejasiga binoan klinik farmatsiya fani bir semestrda rejalashtirilgani uchun fan bo‘yicha talabaning umumiy bali semestrda olgan joriy, oraliq, mustaqil ish va yakuniy baholashlar to‘plami orqali baholanadi.

    JB, OB va YAB turlarida fanni o‘zlashtiri olmagan (54% dan kam ball to‘plagan) yoki uzrli sabab bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‘tishga ruxsat beriladi: qoldirgan amaliy mashg‘ulot kelgusi darsga qadar guruh o‘qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi, 3 ta mashg‘ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi, qayta topshirish jaridasida qayd qilinadi; har bir qoldirgan ma’ruza mashg‘uloti uchun agar u qayta topshirilsa, JB da to‘plagan ballar yig‘indisidan 5%, agar qayta topshirilmasa 10% balldan olib tashlanadi; OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi; semestr yakunida fan bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talabaning o‘zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi; akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o‘zlashtirishi uchun bir oy muddat beriladi, shu muddat davomida o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyaga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

    Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, appelyasiya komissiyasiga murojaat etishlari mumkin. Appelyasiya komissiyasi 3 a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda rektor buyrug‘i bilan tashkil etiladi. Talabalar appelyasiya komissiyasiga fan bo‘yicha YAB natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun davomida ariza bilan murojat qilishlari mumkin. Appelyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini beradi.

    O‘quv rejasida muayyan semestr (o‘quv yili) ga belgilangan fanlarning barchasi saralash balidan yuqori ball to‘plagan talabalar rektorning buyrug‘i bilan kursdan kursga o‘tkaziladi.
    Namuna:


    Xaftalar

    soni


    Baxolash

    turi

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    11

    12

    13

    14

    15

    16

    17

    ON



    18

    YAB



    jami

    JN

    +

    +

    5

    +

    5

    +

    5

    +

    5

    5

    5

    +

    5

    +

    5

    +

    5

    +

    45

    TMI



















    2,5










    2,5






















    5

    ON

















































    20




    20

    YAB




















































    30

    30

    JAMI







    5




    5




    5







    5

    5




    5




    5




    20

    30

    100

    Fanlardan reyting nazorati bo‘yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost) fan tugagan kundan 1 kun muddatda kafedrada 2 nusxada to‘ldiriladi va mas’ul xodim, kafedra mudiri tomonidan imzolanib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi.

    Talabaning fan bo‘yicha baholash turlarida to‘plagan ballari reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi

    Fan bo‘yicha reyting daftarchasini rasmiylashtirish tartibi:




    Fan nomi

    Umumiy o‘quv soat

    Uzlashtirish kursatkichi

    Rey ting

    O‘qituvchining F.I.SH

    Sana

    Imzo

    1

    Fiziologiya

    108

    86

    93

    Saidov.S.A.

    15.06.2013 y



    Talabaning fan bo‘yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi;

    Rf = V*O'

    100

    bu erda: V - semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘kuv yuklamasi (soatlarda);

    O' - fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).
    Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi “Reyting daftarchasi”da qayd etilmaydi.

    Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‘yicha talabaning JB, OB hamda YAB turlarida ko‘rsatilgan o‘zlashtirish reyting ko‘rsatgichlarining monitoringi olib boriladi. O‘zlashtirish natijalari kafedralar tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi.




    Kafedra mudiri: S.A.Saidov.

    FIZIOLOGIYAVA ANATOMIYA ASOSLARI” fani bo`yicha katta o‘qituvchi A.J.Rajapovning



    2016/2017 o`quv yili uchun mo`ljallangan

    SILLABUSI


    Fanning qisqacha tavsifi

    OTMning nomi va joylashgan manzili:

    Toshkent farmatsevtika instituti

    Oybek ko`chasi, 45

    Kafedra:

    Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


    “farmatsiya” fakulteti tarkibida


    Ta’lim sohasi va yo`nalishi:

    5510500 – Farmatsiya

    5111000 – Kasb ta’limi



    Bakalavriat bosqichining farmatsiya va kasbiy ta’lim yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan


    Fanni (kursni) olib boradigan o`qituvchi to`g`risida ma’lumot:

    Katta o‘qituvchi Rajapov Alisher Jumabaevich


    e-mail:

    alisherrajapov @ mail.ru



    Dars mashg`ulotlarini o`tkazishning vaqti va joyi:

    O`quv bo`limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida institut o`quv binolarida

    10-xona,11-xona



    Kursning boshlanishi va davom etish muddati:

    Bakalavriat ta’lim yo`nalishi o`quv rejasiga muvofiq birinchi semestrda

    Individual grafik asosida professor-o`qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti:

    Haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14.00 dan 18.00 gacha

    Fanga ajratilgan o`quv soatlarining o`quv turlari bo`yicha taqsimoti

    Auditoriya soatlari

    Mustaqil ta’lim:

    74(61)

    Ma’ruza:

    36

    Laborato-riya

    72

    Fanning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi (prerekvizitlari):

    “Odam anatomiyasi”, “ patologik fiziologiya”, “ anorganik kimyo”, “Organik kimyo”, “analitik kimyo ”, “fizkolloid kimyo”, “farmakologiya” “Birinchi tibbiy yordam”


    Foydalaniladigan xjrijiy adabiyotlar ro‘yxati



    1. Artur K. Gayton Djon E. Xoll –Tibbiyot fiziologiyasi

    Moskva Logosferl – 2008 g.



    2. Loginov A.V Fiziologiya s osnovami anatomii cheloveka M., izd – vo «Meditsina», 1983 g.

    3. Loginov A.T. Fiziologiya bilan odam anatomiyasi asoslari. T. «Meditsina» nashriyoti, 1985 y

    4. Maloshtan L.N.Fiziologiya s osnovami anatomii cheloveka Xarkov., izd – vo “Zolotыe stranitsы”, 2002 g.

    5. Loginov A.V. Fiziologiya bilan odam anatomiyasi asoslari T., «Fan» nashriyoti, 2006 y


    Download 2,78 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




    Download 2,78 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farmakologiya va klinik farmatsiya

    Download 2,78 Mb.