118
1. Biogazni o'rgangan olimlar.
2. Biogaz tarkibi va sifati.
3. Rivojlanayotgan davlatlarda biogaz.
4. Biogazni qo'llanilishi.
5. Biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlash printsipi.
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
“
Biotexnologiya
asoslari
” bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi
shu fanni
o’rganishjarayoniningtarkibiyqismibo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’lata’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar,
misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi,
adabiyotlarni
konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi.
119
Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni
o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari
reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va
adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni
topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash
va ilmiy
izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan
foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar
talabalarning darsda olgan
bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas. Uy
vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan,
konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza
darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.