128
I. O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta'limdagi o`rni
Ushbu fan dastruri so‘ngi 50 yil mobaynida biotexnologiya taraqqiyoti
yuksak darajaga chiqdi. Biotexnologiya rivojining hozirgi bosqichini revolyusion
deb atash mumkin. Oxirgi yillarda nuklein kislotalar strukturasi va funksiyasi,
DNK restriksiyasi fermentlari, ularning hujayradagi ahamiyati gen muxandisligi
usullari orqali aniqlandi, gibridomalar va monoklonal antitelolar olindi,
biotexnologik jarayonlarga kompyuter texnologiyalari tadbiq etila boshlandi.
Insoniyatni tashvishga solib turgan eng yirik muammolar , jumladan, oziq-ovqat,
energetika, atrof-muhitni muhofaza qilish, sog‘liqni saqlash kabilarni xal etishda
biotexnologiya o‘zining salmoqli xissasini qo‘shib kelmoqda. Biotexnologiyaning
ulkan yutuqlari jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti uchun tezkor va samarali
xizmat qilmoqda.
II. Oquv fanining maqsadi va vazifalasi
Biotexnologiya fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga biotexnologiya ob’ektlari
bilan ishlash shuningdek, ushbu ob’ektlar bilan ishlash davomida biotexnologik
usullardan oqilona foydalanish, gen muxandisligi, fermentlar muxandisligi nazariy
bilimlari yordamida farmatsevtika sanoati uchun kerakli biologik faol
substansiyalarni tabiiy, ekologik toza xolda korxona miqyosida ishlab chiqarishni
o‘rgatishdan iborat.