151
VI. KEYSLAR BANKI
1-Keys: Texnologik jarayonlarning bajarilishi talabga javob bermasligi bilan bog‘liq
muammolar.
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
Hayvon xom ashyosidan pepsin fermenti kam miqdorda ajratib olinmoqda.Buning
sabablari aniqlanib,bartaraf etilishi zarur.
Keysning asosiy maqsadi:
1.Pepsin fermentini olish texnologiyasining bosqichlarini o‘rganish;
2.Texnologik jarayon davomida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishni o‘rganish;
O‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:
- Hayvon homashyosidan ajratib olingan biofaol moddalar asosida dori vositalarini ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
- Biofaol moddalar aralashmasidan tegishli komponentni ajratib olish bilan bog‘liq
muammoli
vazifalarni echishda nazariy bilimlarga ega bo‘ladi;
- Muammoni aniqlab, uni hal qilishda echim topishni uddalay oladi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar quyidagi bilim
va ko‘nikmalarga ega bo‘lmog‘i zarur:
Talaba bilishi kerak:
Pepsin fermentining fizik-kimyoviy xususiyatlarini;
Ishlab chiqarish texnologiyasining bosqichlarini.
Talaba amalga oshirishi kerak
:
Mavzuni mustaqil o‘rganadi;
Muammoni mohiyatini aniqlashtiradi, g‘oyalarni ilgari suradi;
Ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, mustaqil
qaror qabul qilishni
o‘rganadi;
O‘z nuqtai nazariga ega bo‘lib, mantiqiy xulosa chiqaradi;
O‘quv ma’lumotlari
bilan mustaqil ishlaydi, ma’lumotlarni taqqoslaydi,
tahlil qiladi va
umumlashtiradi.