• Biogaz tarihi
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    Nazorat uchun savollar: 
     
    1.
    Antibiotiklar sintezlovchi produtsent mikroorganizmlar
     
    2.
    Gibrid antibiotiklar sintezi
     
    3.
    Bakteriyalar sintez qiladigan antibiotiklar 
    4.
    Aktinomitsetlar sintez qiladigan antibiotiklar 
    5.
    Zamburug‘lar sintez qiladigan antibiotiklar 
     
     
    13 MAVZU Biosensorlar. Noan’anaviy usulda 
    energiya olish. Bioenergetik resurslar. 
     
     
     
    Reja: 
    1. Biogazni o'rgangan olimlar. 
    2. Biogaz tarkibi va sifati. 
    3. Rivojlanayotgan davlatlarda biogaz. 
    4. Biogazni qo'llanilishi. 
    5. Biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlash printsipi. 
     
     


    54 
    TAYANCH SO’ZLAR: Biogaz, 
    Biometan, tabiiy gaz, metan hosil qiluvchilar, qoramol 
    go'ngi,
    Biogaz biomassaning vodorodli yoki metanli bijg'ish jarayoni natijasida hosil bo'ladi. Bijg'ish 
    jarayoni 3 turdagi bakteriyalar ishtirokida sodir bo'ladi. Bir turdagi bakteriya o'zidan 
    avvalgisidan qolgan moddalar almashinuvi mahsuloti bilan oziqlanadi. 1-tur bakteriyalar – 
    gidrolizlovchilar, 2-tur bakteriyalar – kislota hosil qiluvchilar, 3- tur bakteriyalar – metan hosil 
    qiluvchilar. Biogaz ishlab chiqarishda ana shu uchchala turdagi bakteriyalarning barchasi 
    qatnashadi. Biogaz har doim ham metan bo'lavermaydi. Ba'zi bakteriyalar vodorod ham sintez 
    qilishi mumkin. Hosil bo'lgan energiyaning bu turi biovodorod deyiladi.
    Biogaz tarihi 
    Insoniyat biogazdan foydalanishni juda qadimdan yo'lga qo'ygan. Eramizdan avvalgi 
    birinchi mingyillikda hozirgi germaniya hududida ibtidoiy biogaz qurilmalari bo'lgan. El'ba 
    daryosi yoqasidagi botqoqliklarda yashagan alemanlar suvga botgan daraht to'nkalarini 
    ajdarholar deb o'ylashgan. Botqoqda hosil bo'lgan gazlarni ajdarhoning nafasidan chiqayapti deb 
    o'ylaganlar. Alemanlar «g'azabnok ajdarhoni jahlidan tushirish» uchun botqoqqa qurbonliklar, 
    oziq-ovqat tashlaganlar. Ular teridan chodir tikib, u bilan botqoqlikni ustini berkitganlar hamda 
    teri quvurlar yordamida yashaydigan joylariga olib borganlar va uni yoqib egulik tayyorlaganlar. 
    Egulik tayyorlashning boshqa yo'li bo'lmagan. Chunki botqoqliklarda quruq o'tin topish ancha 
    mushkul ish edi. 
    XVII asrda bel'giyalik olim Yan Baptist Van Gel'mont parchalanayotgan biomassadan 
    alangalanuvchi gaz ajralib chiqayotganini aniqladi.
    55-rasm.. Yan Baptist Van Gel'mont. Kimyogar, vrach va fiziolog 
    (1580-1644).
    Alessandro Vol'ta (Italiya) 1776 yil parchalangan biomassa miqdori 
    bilan ajralib chiqqan gazning miqdori orasida bog'liqlik borligini 
    topdi. 1808 yil angliyalik ser Hemfri Devi biogaz tarkibida metan 
    borligini aniqladi. Eng birinchi hujjatlashtirilgan biogaz qurilmasi 
    1859 yil Hindistonning Bombey shahrida qurilgan. Biogaz 1895 yil 
    Buyuk Britaniyada ko'chalarni yoritish uchun ishlatilgan. 1930 yil 
    biogaz ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi bakteriyalar kashf etildi.

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish