57
qozon yoki elektrogeneratorga uzatiladi. Reaktor germetik berk bo'lgani
uchun ishlayotganida
ichiga havo kirmaydi.
Ba'zi bir hom ashyo turlari mahsus tehnologiya asosida bijg'itiladi. Misol uchun,
spirtli
barda kimyoviy qo'shimchalar qo'shib qayta ishlanadi. Melassali bardaga ishqor bilan ishlov
beriladi. Bu tipdagi hom ashyoni kimyoviy moddalarsiz ham bijg'itish mumkin.
Lekin buning
uchun ular boshqa turdagi organik hom ashyo, masalan, go'ng, silos kabilar bilan aralashtirlishi
shart.
Bijg'ish jarayoniga ta'sir qiluvchi faktorlar:
temperatura;
namlik;
rN muhit;
uglerod, azot va fosforni nisbati C:N:P;
hom ashyo zarrachalari yuzasining kattaligi;
substratni reaktorga yuklash chastotasi;
jarayonni sekinlashtiruvchi moddalar;
jarayonni tezlashtiruvchi qo'shimchalar
Temperatura
Metanogen (metan hosil qiluvchi) bakteriyalar 0-70ºS haroratda yashaydi.
Harorat
70ºSdan oshsa ular halok bo'ladi. Lekin 90ºS yashaydigan shtammlar ham bor. Sovuq haroratda
ham tirik qolishi mumkin, ammo ko'paya olmaydi.
Hom ashyo zarrachalari yuzasining kattaligi
Biogaz ishlab chiqarishda hom ashyoni maydalilik darajasi muhim rol' o'ynaydi. Hom
ashyo qanchalik mayda hamda tolasimon bo'lsa, baktaeriyalar bilan ta'sirlashish yuzasi shuncha
katta bo'ladi. Bu esa hom ashyoni tezroq va osonroq parchlanishiga sabab bo'ladi.
Bundan
tashqari biomassa osonroq aralashtiriladi. Maydalangan hom ashyo tezroq bijg'iydi, biogaz
ko'proq ajraladi. Hozirda ezilgan dondan 15 kun ichida biogaz olishga erishildi.