58
Nazorat savollari:
1
. Biogaz va uning tarihi.
2. Biogazni o'rgangan olimlar.
3. Biogaz tarkibi va sifati.
4. Rivojlanayotgan davlatlarda biogaz.
5. Biogazni qo'llanilishi.
6. Biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlash printsipi.
Ma’ruza rejasi
1.Ekologik vaziyatni biotexnologik
usulda xal qilish
2. Quyosh energiyasidan foydalanish
3.
Energiya biokonversiyasi
TAYANCH SO’ZLAR: Ekologik vaziyat, energiya biokonversiyasi, energiya turlari,
fotobionik
Hozirgi vaqtda biotexnologiyaning yangi yo‘nalishi shakllanmoqda. Bu yo‘nalishni
- energiya
biokonversiyasi deb atash mumkin.
Energiyaning biokonversiyasi deganda biologik mahsulotlar va qonuniyatlar asosida bir
energiya turini boshqa biriga transformatsiya qilish (aylantirish) xususiyatlari tushiniladi.
Ayni vaqtda biologik tizimlarda energiya hosil qilish texnologiyasini
yaratish tadqiqotlari bir
necha yo‘nalishlarda faol rivojlanmoqda:
1.
Quyosh energiyasidan ekologik toza va turg‘un yoqilg‘i energiyasini hosil qilish;
2.
Sellyuloza saqlovchi xom-ashyolardan yuqori kolloriyali yoqilg‘i olish, chiqindilar va
oqovalardan
spirtlar, metan, vodorod, uglevodorodlar ishlab chiqarish usullarini rivojlantirish;
3.
Bevosita yoqilg‘i energiyasidan elektr energiyasi hosil qilish. Har doim tirik hujayralarda
stabil elektron molekulalar ionlar majmuasidan samarali konversiya vujudga kelib turadi, masalan:
anaerob nafas olishda elektron-transportli zanjir;