• Mashgulot uslubi: Mavzu bo’yicha muloqot treningi Mashg‘ulot maqsadi
  • Farmatsevtik biotexnologiya




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134
    Bog'liq
    biotex

    Nazorat uchun savollar 
    1. Biotehnologiya nima? 
    2. Evropa biotehnologlar federatsiyasi haqida gapiring. 
    3. Biotehnologiyaning rivojlanish davrlari. 
    4. Biotehnologiyaning yo'nalishlari. 
    5. Farmatsevtikada biotehnologiya va uning rivojlanish istiqbollari 
    6. Qanday biotehnologik korhonalarni bilasiz? Ular haqida ma'lumot bering. 
    7. Biotehnologiyaning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
    8. Bizning Respublika biotehnologiyani rivojlantirish uchun qanday potentsialga ega? 
    9. «Biotehnologiya» atamasini fanga ilk bora kim kiritgan? 
     
    MASHG‘ULOT№2 
    MAVZU:Virus, bakteriya, zamburug’, bakteriya, o’simlik va hayvon hujayralari

    Bakteriya viruslarining tabiatini o’rganish 
    Mashg'ulot shakli: 
    «Biotexnologiya» yo‘nalishlari talabalari uchun amaliy mashg‘uloti.
     
    11
    Immnublotting
    – laboratoriya sharoitida qon zardobini tahlil qilish usuli. Tahlilda VICHga nisbatan antigen bor-
    yo'qligi teshiriladi. Immunoblotting immunoferment analizdan ham aniqroq usul hisoblanadi.


    62 
    Mashg'ulot uslubi:
    Mavzu bo’yicha muloqot treningi 
    Mashg‘ulot maqsadi: 
    talabalarga biotehnologiyaning ob'ektlari bo'lgan virus, bakteriya, 
    zamburug‘, o‘simlik va hayvon hujayralari haqida ma'lumot berish 
    Mavzuning ahamiyati: 
    fanning tadqiqot ob'ektlari haqida dastlabki ma'lumotni olish mavzular 
    orasidagi uzviylikni ta'minlaydi 
    Ishning nazariy qismi 
     
    Viruslar
    . Viruslar eng mayda organizmlar bo’lib, ularning o’lchami 20— 
    Ular juda mayda, hatto bakteriyalar ham o’taolmaydigan filtrlardan o’ta olganligi uchun 
    filtrlanuvchi viruslar 
    xam deyiladi. Viruslarni o’rganuvchi fan virusologiya deb 
    ataladi.Viruslarni 1892-yilda rus botanigi D.I. Ivanovskiy kashf qilgan. Viruslar o’zining 
    parazitizmi bilan boshqa organizmlardan ajralib turadi.O’simliklar, hayvonlar, bakteriyalar va 
    xatto zamburug'larda parazitlik qiluvchi viruslar aniqlangan.
    Virusning tuzilishi deyilganda uning strukturaviy bloklardan iborat spetsifik 
    «qurilishi» yoki arxitektonikasi (yunoncha 
    archi
    -boshlang'ich, dastlabki, 
    tecton
    -usta, master) 
    nazarda tutiladi. Organizmdan tashqarida virus kristall ko’rinishda bo’ladi va u 
    virion
    deyiladi. Har bir virion toza xolda bir-biri bilan kovalent bog'lanmagan nuklein kislota va 
    oqsildan iborat. Virion-intakt (lotincha 
    intactus
    -tegilmagan, shikastlanmagan), yuqish 
    xossasiga ega virus. 
    Nuklein kislotalar-viruslarning irsiyat moddalari. Tarkibidagi nuklein kislota tipiga ko’ra 
    viruslar 2 xil: DNK saqlovchi va RNK saqlovchi viruslarga bo’linadi. RNK saqlovchi 
    viruslarga o’simlik viruslari, DNK saqlovchi viruslarga esa bakteriya, hayvon, odam viruslari 
    kiradi.
    Virionning nuklein kislotasi (genomi) atrofida hosil bo’lgan oqsil qobiq 
    kapsid
    deb 
    ataladi. Virion shakli (formasi) uning kapsidi bilan belgilanadi.Kapsid nuklein kislota bilan 
    birga nukleokapsidni hosil qiladi. 
    Murakkab tuzilgan viruslar qo’shimcha oqsil yoki lipoproteid qobiqlardan tuzilgan 
    bo’ladi. Ba'zan qobiq tarkibida ayrim uglevodlar va fermentlar ham uchraydi. Gripp, gerpes 
    viruslari murakkab tuzilgan viruslarga misol bo’la oladi. 
    Umurtqali hayvonlar viruslari 17ta oilaga, umurtqasizlar viruslari 7ta oilaga, bakteriyalar 
    viruslari 10ta oilaga bo’linadi. O’simlik viruslarining 20ta turi va zamburug'lar viruslarining 5ta 
    turi mavjud. Bu raqamlar keyinchalik o’zgarishi mumkin. Chunki bugungi kunga kelib avval 
    fanga ma'lum bo’lmagan yangi viruslar xam aniqlanmoqda (masalan, OITS). 
     
     
     
    1-rasm. Bakteriofag T2. 1-boshchasini berkituvchi 
    kapsomerlar, 2-yoqasi, 3-bo’yinchasi, 4-sterjen',
    5-g'ilof, 6-ipchalari, 7-ikosaedr shaklidagi boshchasi.

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish