• Ishning nazariy qismi
  •  Vodorod hosil qiluvchi yoki molekulyar azotni qaytarish uchun fotobiotexnik sistema  yaratish




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/134
    Sana07.06.2024
    Hajmi4,16 Mb.
    #261246
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134
    Bog'liq
    biotex

     

    Vodorod hosil qiluvchi yoki molekulyar azotni qaytarish uchun fotobiotexnik sistema 
    yaratish;
     

    Fotobioniklarning keng rivojlanishi, shuningdek, quyosh energiyasini zahiralovchi va 
    qayta hosil qiluvchi sun’iy tizim yaratish, shu jumladan, suvda quyosh spektridan to‘liq foydalanib 
    kislorod va vodorodning suv fotolizi
     
     
    Nazorat uchun savollar: 
    1.
    Energiya biokonversiyasi 
    2.
    Quyosh energiyasidan foydalanish 
    3.
    Energiya hosil qilish texnologiyasi yo’nalishlari 
    AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI 
    MASHG‘ULOT№ 1
    Mavzu: Farmasevtik biotexnologiya rivojlanish tarixi. Uning yo’nalishlari.
    Mashg'ulot shakli:
    «Canoat farmatsiya» yo‘nalishlari talabalari uchun amaliy mashg‘uloti.
     
    Mashg'ulot uslubi:
    « Trening muloqot» pedogogik texnologiyasi 
    Mashg‘ulot maqsadi:
    talabalarga biotehnologiya, uning zamonaviy yo'nalishlari va 
    farmatsiyadagi roli haqida ma'lumot berish 
    Mavzuning ahamiyati: 
    biologik tehnologiyalar halq ho'jaligining barcha sohalariga shu 
    jumladan farmatsiyaga ham jadal sur'atlar bilan kirib bormoqda 
    Ishning nazariy qismi 
     
    Zamonaviy biotehnologiya sanoati-bu bir-biri bilan uzviy bog'langan biofizik
    biokimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarning murakkab kompleksi. Bunday tehnologik 
    jarayonlarda sanoat va biologiya birlashadi.
    Biotehnologiya-hayvon, o'simlik va mikroorganizm hujayralarining metabolizmi va 
    biologik imkoniyatidan mahsus moddalar olishda foydalanish. Farmatsevtik biotehnologiya 
    asosini vaktsinalar, gormonlar, fermentlar, interferonlar, antibiotiklar, aminokislotalar, 
    vitaminlar, alkaloidlar, polisaharidlar va boshqa biologik faol moddalar ishlab chiqarish tashkil 
    etadi.
    Insonlar qadimda pivo va sut mahsulotlari tayyorlashda biz hozirgi kunda 
    «biotehnologiya» deb atayotgan jarayonlardan foydalanishgan. 
    XX asrning 60-yillaridan boshlab tirik organizmlar, biologik sistemalar va biologik 
    jarayonlar yordamida tijorat mahsulotlari olish borasida qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Ana 
    shu davrda biotehnologiya bu turdagi tadqiqotlar bilan chambarchas bog'landi. Bu esa 


    61 
    biotehnologiyaning mikrobologiya, biokimyo va boshqa muhandislik fanlaridan tashkil topgan 
    mustahkam poydevori yaratilishiga sabab bo'ldi. So'nggi 30 yil davomida biotehnologiya jadal 
    suratlarda rivojlandi. Ko'lab ilmiy g'oyalar amaliyotga joriy etildi. Natijada biotehnologiyaning 
    yangi 
    yo'nalishlari 
    vujudga 
    keldi; 
    tibbiy 
    biotehnologiya, 
    immunobiotehnologiya, 
    biogeotehnologiya, muhandislik enzimologiyasi shular jumlasidandir.
    Tibbiyot biotehnologi yasi yordamida davolash va profilaktika maqsadida 
    ishlatiladigan moddalar yoki vositalar (antibiotiklar, vitaminlar, fermentlar, aminokislotalar, 
    polisaharidlar va h.k.) ishlab chiqariladi. Tabiiyki, bunday mahsulotlar ishlab chiqarishda sanoat 
    jarayonlari bioob'ektlar orqali tashkil etiladi. 
    Immunobiotehnologi ya - vaktsinalar, immunoglobulinlar, immunomodulyatorlar, 
    immunomediatorlar, monoklonal antitelolar kabi mahsulotlarni o'zida birlashtiradi. Shuningdek, 
    immunoferment tahlil va immunobloting
    11
    ham immunobiotehnologiyaga tegishli sohalardandir.
    Muhandislik enzimologiyasi - biotehnologiyaning bu yo'nalishi fermentlar yoki 
    ferment sistemalarning katalitik funktsiyasi yordamida mahsulot olishga asoslanadi. 
    Muhandislik enzimologiyasida bioob'ekt- ferment (yoki ferment kompleksi). Amaliyotda odatda 
    immobilizatsiyalangan fermentlar (ba'zida immobilizatsiyalangan hujayralar) ishlatiladi. 
    Immobilizatsiya natijasida fermentlarning barqarorligi va fermentativ faolligi ortadi. 
    Ma'lumki hujayradagi barcha reaktsiyalar fermentlar tomonidan katalizlanadi. Muhandis 
    enzimologning vazifasi-fermentlarning katalitik hususiyatidan foydalanib, biotehnologik 
    jarayonlarda foydalanish mumkin bo'lgan biokatalizator konstruktsiyasini yaratish.
    Ilmiy adabiyotlarda biotehnologik jarayonlarni turli nomlarini uchratish mumkin. 
    Masalan, «Hujayra biotehnologiyasi», «Iqtisodiy mikrobiologiya», «Fermentatsiya va 
    bioinjeneriya», «Sanoat mikrobiologiyasi», «Qishloq ho'jaligi biotehnologiyasi», «Biokimyoviy 
    muhandislik» va h.k. Bundan tashqari har bir individual mahsulotning (hoh hayvon, hoh 
    o'simlik, hoh mikrob hujayrasidan ajratilgan bo'lsin) biotehnologiyasi haqida alohida gapirish va 
    yozish mumkin. Misol uchun,
    Panax ginzeng
    -jen'shen o'simligi, 
    Rauwolfia serpentina
    – 
    ilonsimon rauvolfiya o'simligi, 
    Actinomyces spp .
    – aktinomitsetlar va h.k.
    Shuning uchun biotehnologiyani tadqiqot ob'ektiga ko'ra turlarga ajratish maqsadga 
    muvofiq bo'ladi; mikroorganizmlar biotehnologiyasi (mikrobiotehnologiya), o'simliklar 
    biotehnologiyasi (fitobiotehnologiya), hayvonlar va odam biotehnologiyasi (zoobiotehnologiya).

    Download 4,16 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134




    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Vodorod hosil qiluvchi yoki molekulyar azotni qaytarish uchun fotobiotexnik sistema  yaratish

    Download 4,16 Mb.
    Pdf ko'rish